Uchinchi bosqichda boshqaruv quyi bosqichi rahbarlari bilan ish olib boriladi. Bu bosqichda boshqaruv quyi bosqichi uchun tanlab olingan rahbarlar (ustalar, uchastka boshliqlari)ga o’z jamoalarida ishlayotgan va test sinovidan o’tgan xodimlar ham qo’shiladilar. Ular bo’sh lavozimlarni egallaydilar, malaka oshirish kurslarida o’qitiladilar. Tayyorgarlik bosqichi yakuniga etganidan so’ng, har bir rahbarning ishlab chiqarish faoliyatini tahlil etish natijasiga ko’ra ikkinchi saralash va test sinovlari o’tkaziladi. Ikkinchi saralashdan muvaffaqiyatli o’tganlar sex boshlig’i yoki uning o’rinbosari bo’sh lavozimlariga tavsiya etiladilar. Ular bungacha mazkur lavozimlarda stajirovkalardan o’tkaziladilar yoki mazkur lavozimga zaxiraga kiritiladilar. Tayyorgarlikdan o’tgan boshqa xodimdar mehnat faoliyatini davom ettiradilar. Ularni gorizontal bo’yicha siljitish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |