Birinchi bosqich bazaviy institutlar yoki boshqa oliy o’quv yurtlaridan amaliyot uchun yuborilgan talabalar bilan ish olib borish. Personalni boshqarish xizmati xodimlari talabalar amaliyotni o’tayotgan ishlab chiqarish bo’linmalari rahbarlari bilan birgalikda qobiliyatli, rahbarlik ishiga moyilligi bor eng iqtidorli bo’lajak mutaxassislarni tanlab oladilar va ularni aniq faoliyatga tayyorlashga kirishadilar. Bu amaliyot hamda tayyorgarlikdan muvaffaqiyatli o’tgan talabalarga korxonaning tegishli bo’linmasida mehnat faoliyatini boshlash uchun tavsifnoma beriladi. Mazkur korxonada amaliyotni o’tamagan boshqa yosh mutaxassislar test sinovlaridan o’tkaziladi va ularga tegishli maslahatlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |