Ikkinchi bosqich korxonaga ishga qabul qilingan yosh mutaxassislar bilan ishlashdir. Ularga 6 oydan 1 yilgacha sinov muddati belgilanadi. Yosh mutaxassislar bu davr mobaynida dastlabki ta’lim kursini (korxona bilan batafsil tanishish) o’taydilar. O’qitish bilan bir qatorda, yosh mutaxassislar yil davomida korxona bo’linmalarida stajirovkadan o’tishlari ham rejalashtiriladi. Yosh mutaxassislarning sinov davridagi o’qishlari va stajirovkalari atroflicha tahlil etilib, rahbarlik lavozimiga zaxira guruhiga kiritish uchun dastlabki saralash o’tkaziladi. Mutaxassis kar’erasini rivojlantirish rejalari va ular ijrosiga oid barcha ma’lumotlar xodim barcha ish hujjatlarida rasmiylashtiriladi hamda personalni boshqarish xizmati komp’yuter ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |