Ish vaqtiga qo’shimcha to’lovlar asosiy ish haqiga qo’shimcha turli to’lovlar: shaxsiy va jamoa mukofotlari tizimlari bo’yicha turli ustamalar, ishdan tashqari vaqtdagi ish uchun, smenali ish uchun, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun, ishdagi majburiy tanaffuslar uchun, ba’zan mehnat staji, zararli va xavfli ish sharoiti, hamda boshqa qator sabablarga ko’ra beriladigan qo’shimcha to’lovlardan iboratdir.
Mehnatga haqto’lashning ko’pgina tizimlarida asosiy ish haqiga qushimcha to’lovlar sifatida mehnat unumdorligi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun mukofotlar beriladi.
Qo’shimcha to’lovlar me’yoriy (yoki shartnomaviy belgilab qo’yilgan) hamda ixtiyoriy (ish beruvchi tomonidan beriladigan) shaklida ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |