Bayram dasturxoni tuzash sirlari



Download 85,5 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi85,5 Kb.
#570641
Bog'liq
Bayram dasturxoni tuzash sirlari


Bayram dasturxoni tuzash sirlari

Qandaydir bayram munosabati bilan dasturxon tuzashga kirishmoqchimisiz? Unda buni to‘g‘ri tashkil qilish va mehmonlarni kutib charchab qolmaslik uchun tavsiyalarimizga quloq tuting.

Taomnoma

Avvalambor taomnomani yaxshilab o‘ylab olish kerak. Unga asosiy klassik taomlardan tashqari, bir nechta noodatiy eguliklarni ham qo‘shing. Dasturxoningizdan go‘shtli yaxnalar bilan birga, baliq, tovuq va sabzavotlar ham o‘rin olsin, toki mehmonlarda tanlov bo‘lsin va hech kim och qolmasin.



Oldindan tayyorlash

Ziyofat uchun atalgan taomlarning bir qismini, chunonchi, kompotlar, pirog va tortlarni bir kun avval pishirib qo‘ying. Shuningdek, salat va garnirlar uchun tuxum va sabzavotlarni ham oldindan qaynatib oling, salatlarning o‘zini esa dasturxonga tortish oldidan tayyorlang.



Kuch va vaqtni tejang

Asosiy issiq ovqat sifatida bus-butunligicha duxovkada pishiriladigan taomlardan birini tanlaganingiz ma’qul. Shunda ham kuch va vaqtingiz tejaladi, ham mehmonlaringiz uchun oshqozonga foydali egulik tayyorlanadi.



Zaxira qiling

Konservalangan tansiq ovqatlarni zaxira qilib qo‘ying: agar ovqat mehmonlarning barchasiga ham etmay qolsa yoki rejalashtirilgan ovqatlar o‘xshamay qolsa, ular sizga qo‘l kelishi mumkin. Yoki o‘zingiz oldindan do‘lma yoki kotlet qiymasini tayyorlab, muzxonaga solib qo‘ying, ular ham “favqulodda holatlar”da sizga asqotadi.



Oson tayyorlanadigan eguliklar

Taomnomangizning kamida uchdan bir qismi oson tayyorlanadigan va tez tortiladigan eguliklardan iborat bo‘lishi kerak. Masalan, kolbasa va pishloq, go‘sht, sabzavotlardan tayyorlangan turli assortilar, buterbrodlar.



Ichimliklar — sovitgichga!

Ziyofat uyushtiriladigan kuni ertalabdan barcha salqin ichimliklarni sovitgichga solib qo‘ying, ularni biroz ortig‘i bilan sotib olgan ma’qul. Dasturxon bezashda kerak bo‘ladigan buyumlarning barchasini oldindan tayyorlab qo‘ying, qog‘oz salfetka va tish kovlagich kabi mayda-chuydalar haqida ham unutmang. Bashang dasturxon va jilolanib turgan idish-tovoqlar bayram shukuhini yuzaga keltiradi, bu sizga eguliklar tayyorlash va mezbonlik vaifalarini bajarishda kuch ato etadi.



Ziyofatingiz yaxshi o‘tsin! Mehmonlarni nafaqat ajoyib dasturxon, balki quvnoq, xushmuomala va ko‘p charchamagan mezbon mulozamati ham xursand qilsin!
Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish