ish haqining mohiyati mehnatkashlar turmush vositalari jamg’armasining asosiy qismi ekanligidadir;
har bir xodim ish haqining miqdori birgina u sarflagan mehnat miqdori va sifatiga emas, balki uning real mehnat ulushi, mehnat jamoasi pirovard ish natijalariga bog’likdir;
ish haqi nafaqat mehnat bo’yicha taqsimlashning asosiy shakli, balki eng muhim moddiy rag’batdir. Chunki mehnatkash o’zining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun ish haqi olish va uning miqdori ortishidan ob’ektiv ravishda manfaatdordir. Demak, u o’z ish haqining miqdori bog’liq bo’lgan o’z mehnati va umuman jamoa mehnati samaradorligi ortishidan manfaatdordir;
ish haqi xodim mehnat samaradorligiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |