Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан



Download 6,45 Mb.
bet325/489
Sana31.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#235803
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   489
Bog'liq
Yangi Umumiy Majmua

K eys namunalari

Keysning maqsadi: Sezgi organlarini bir-biridan farqlarini anglash borasida nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarga bog’lab amaliy malakalarni rivojlantirish.

Vaziyat

Bolalar jismoniy tarbiya darsida tosh ko’tarish mashqini bajarishar, o’qituvchi ularni bajargan mashqlariga qarab baholab borar edi. Bolalar jurnal bo’yicha famiyama-mamilya galma-gal topshiqlarni bajarishar edi. Madinaning gali kelganda u, toshni ko’tara olmasligini aytdi. SHu payt Bahodir (og’ir atletika to’garagiga qatnaydi) degan Madinaning sinfdoshi toshni sinf bo’yicha eng ko’targani, agar kera bo’sa o’zining natijasini unga yozdirib qo’yishini va o’zi yana topshiriqni boshqatdan bajarishini aytdi. SHunda o’qituvchi odamlar bajaradigan faoliyati, yashash tarzi va hatto jinsiga qarab muskullari turlicha rivojlangan bo’lishi, muskul sezgining farqlash chegarasi turlicha bo’lishini ta’kidladi va buni bir usul bilan isbotlash mumkinligini aytdi. Bolalar bunga qizib qolganliklarini va ushbu tajribani o’zlarida sinab ko’rishlarini o’qituvchidan iltimos qildilar. SHunda o’quvchilar jismoniy tarbiya o’qituvchisini topshirig’iga ko’ra kimyo kabinetiga kirib kimyo o’qituvchisidan 1 grammdan 1 kilogrammgacha bo’lgan xar xil qadoq tosh va metall plastinkalarni olib chiqdilar. So’ng, tajribani boshladilar. O’qituvchini ko’rsatmasiga binoan Bahodirni ko’zi bog’lab qo’yildi va u o’ng va chap qo’liga bittadan qadoq toshni olib, ularning vaznini chamalay boshladi. So’ng asosiy tajriba boshlandi. Bahodirning o’ng qo’liga to’rt yuz grammlik qadoq toshi qo’yildi va u qadoq tosh taqqoslash uchun o’zgarmas me’yor bo’lib xizmat qiladigan bo’ldi, chap qo’liga turli qadoq toshlar qo’yilib sekin-asta (1,2,3 va hokazo grammga) orttirib borildi. Toshlarning qay biri og’irlashganini Bahodirdan damba-dam so’rab turildi. Muayyan vaqtgacha Bahodir ikkala qo’lidagi qadoq toshlarning vazndagi o’zgarishini sezmadi. Nixoyat, u chap qo’lidagi tosh o’ng qo’lidagiga nisbatan og’irlashganini aytadi. Tajribani shu yeriga kelganda Bahodirning o’ng qo’lida to’rt yuz gramm, chap qo’lida sakkiz yuz gramm tosh bor edi. Tajriba shu yerda to’htatildi. So’ng Madinani ko’zi bog’lanib tajriba unda ham o’tkazila boshlandi. Nixoyat, u ham chap qo’lidagi tosh o’ng qo’lidagiga nisbatan og’irlashganini aytdi. Tajribani shu yeriga kelganda Madinaning o’ng qo’lida ikki yuz gramm, chap qo’lida ikki yuz ellik gramm tosh bor edi. Tajriba shu yerda to’htatildi. O’qituvchi Bahodirning og’ir atletika bilan shug’ullanishi muskullarining yengil narsani uncha sezmasligiga shu sababligi, Madinaning sport to’garaklariga bormasligi, faqat o’qish bilan shug’ullanishi va shu sababli yengil narsalarni ham juda yahshi sezishini aytib o’tdi. Bu ko’rsatkich xar hil odamda boshqa-boshqa chiqishi tabiiyligi. CHunki odamlarning yoshi, tajribasi, xatto shug’ullanadigan ish faoliyati bilan bog’liq holda sezgirlik chegarasi ham turlicha bo’lishi, o’zgarib turishini ta’kidladi.

1. Biz yuqorida sezgining guruhlarini qaysi biri haqida so’z yuritdik?

2. Ushbu sezgi turi tanamizning qaysi organlirida joylashgan?

3. Nima uchun tajribadagi ko’rsatkich Madinada boshqa-yu, Bahodirda boshqa chiqdi?

4. Ushbu sezgini psixolik va fiziologik tomonlarini tushuntirib bering.


Keysning maqsadi: Sezgi organlarini bir-biridan farqlarini anglash borasida nazariy bilimlarni hayotiy vaziyatlarga bog’lab amaliy malakalarni rivojlantirish.
Vaziyat

Bir kun maktabga SHabnam quyidagi yangilikni olib keldi. Unga ko’ra qulog’i kar, ko’zi ko’r Diffektologiya institutining sobiq dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi Olga Skoraxodova ham konsert, kino va teatrlarga borib orqasini sahnaga qaratib o’tirib ularni sog’ kishilar qanday idrok qilsa u ham shunday idrok qilgan, undan ijobiy tuyg’ular hosil qilib, maroq bilan tinglagan. Uning oldiga bir qancha ro’znoma (gazeta)lar qo’yib, ular qanday gazeta deb so’ralganda u ro’znomalarni barmoqlari bilan paypaslab ularni nomini aytib bergan ekan. Bolalar bunga juda qizib qoldilar va maktab psixologi Otabek oldiga bordilar. Undan ushbu holatni qanchalik haqiqat ekanligini bilishni hoxladilar. Otabek ushbu ma’lumot to’g’riligi va bizda ham xodisaning ayrim ko’rinishlari mavjudligini aytib berdi. Hamda buni isbotlash uchun tajriba o’tkazib ko’rish mumkinligi ta’kidladi. Bolalar rozi bo’lishdi. Maktab psixologi Otabekning ko’rsatmasiga ko’ra o’quvchilar unchalik katta bo’lmagan oddiy buyum (predmet): kalit, rezina, bo’r, to’g’nog’ich, ilmatugma kabilarni topib keldilar. Tadqiqot ikki qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda ixtiyoriy talabgor SHabnam sinfdoshlariga orqa o’girib (teskari turib), qaramay turishni taklif qilindi va dastlab uning barmoqlari ortiga, keyin kaftiga - barmoqlari uchiga kalit, rezina yoki ilmatugmani Otabek qo’di. Xar safar SHabnamga qarab: «Ushbu buyum haqida nima deyishingiz mumkin?», - degan savolni berib borildi. SHabnam tomonidan berilgan javoblarni butun sinf yozib boradi.

Tadqiqotning ikkinchi qismida maktab psixologi Otabek, SHabnamga predmetni ushlab ko’rishni taklif qildi va birinchi qismda o’tkazilgan tajriba jarayonidagi savolga javob berishni so’radi. SHabnamning bergan javoblarini bu safar ham butun sinf yozib bordi.



SHabnam maktabga olib kelgan yangiligi qanday xodisa haqida edi?

Maktab psixologi Otabek SHabnamda tajriba o’tkazish orqali nimani isbotlashga urinib ko’rdi?

Uning odam psixologiyasi bilan qanday bog’liqligi bor?

Ushbu hodisa boshqa sezgilardan nimasi bilan farq qiladi?

Sensibilizatsiya yoki sezgilarning kompensatorlik hodisasini sog’ odamlarda ham kuchaytirish umkinmi


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   321   322   323   324   325   326   327   328   ...   489




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish