Mavzu yuzasidan test topshiriqlari
1.Kreativlik insondagi mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasidir. Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan ?
A) A.Adler
B) J.Piaje
V) G.Ayzenk
2. Dj.Gilford tafakkurni nechi turga bo‘ladi ?
A) 5
B) 3
V) 2
3. Kreativlikning 5 komponentini joriy etgan olim kim ?
A) Galton
B) SHtern
V) Stenberg
4. Ijtimoiy intellekt nima ?
A) Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni engib o‘tish
B) Ijtimoiy ta’sir orqali yuzaga keladigan intellekt
V) Aqliy intellektning quyi ko‘rinishi
5. Intellektni dastlab o‘lchagan olim kim edi ?
A) A.Bine
B) Galton
V) J.Piaje
6. A.Bine va Simon qachon fransuz maktablarini tadqiq etishgan ?
A) 1930 y.
B) 1910 y.
V) 1904 y.
7. Fanga IQ atamasi ilk bor kim tomonidan kiritilgan ?
Amaliy mashg’ulotlar
A) A.Bine
B) V.SHtern
V) Stenford
8. Galton aqliy qobiliyatning asosiy omilini nima deb hisoblagan ?
A) Irsiyat
B) Atrov- muhit
V) Ta’lim
9. “Inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturning muallifi kim ?
A) Xant
B) Dj. Mak-Viker
V) Kruzo
10. Jinsiy farqlarning asosiy komponentlarida nima namoyon bo‘ladi ?
A) Ayolllarda diqqat erkaklarda tinglash qobiliyati yaxshi rivojlangan.
B) Ayollarda xotira erkaklarda matematik va fazoviy qobiliyatlar yaxshi rivojlangan.
V) Ayollarda matematik erkaklarda mantiqiy xotira yaxshi rivojlangan.
Darsning maqsadi va vazifalari: dars jarayonida o‘rganilayotgan mavzuning talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat haqida tushuncha, faoliyatning to‘zilishi, faoliyatning o‘ziga xosligi, faoliyatning introrizatsiyasi va ekstrorizatsiyasi kabi tushunchalarini yanada kengaytirib tushintirishdan iborat. Shu bilan birga bahs va munozaralar davomida talabalar qalbida faollik va inson faoliyati haqida bilimlarni shakllantirib, psixologiya faniga bo‘lgan qiziqishlarni hosil qilish va ilmiy dunyoqarashlarini yuksaltirishdan iborat.
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasida muammoning qo‘yilishi:
Ta’lim berish usullari:Og‘zaki bayon qilish, ” Klaster”, «Blits-so‘rov» aqliy hujum, texnologiyalaridan iborat.
Ta’lim berish shakllari:Nazariy mashg‘ulot, muammoli ta’lim elementlarini o‘z ichiga olgan noan’anaviy dars.
Ta’lim berish vositalari:Tarqatma materiallar,chizmalar asosida tayyorlangan slaydlar.
Talabalarni mashg`ulot bo`yicha baholash mezonlari:
1.dabiyotlar bilan ishlash va konspekt qilish -1 ball
2.Individual va guruh bilan ishlash – 1 ball
Kutiladigan natijalar:
O‘qituvchi. Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha talabalar tomonidan o‘zlashtirishga erishish. Talabalar faolligini oshirish. Talaba–yoshlar psixika va ong taraqqiyoti haqida tushuncha hosil qilish. Har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish hamda jamiyatimiz manfaatlariga mos avlodni tarbiyalash.
Talaba. Yangi bilimlarni egallaydi. Faoliyat va inson faolligi haqida tushunchalarni o‘rganadi. Dunyoqarashi kengayadi. Olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rganadi. Talaba faoliyatning to‘zilishi, faoliyatning o‘ziga xosligi, faoliyatning introrizatsiyasi va ekstrorizatsiyasi kabi tushunchalarini yanada kengaytirib o‘rganadi.
Mashg‘ulot savollariga javob berish dasturi.
Birinchi savolda: odamning hatti-harakati va uning ehtiyojlarini qondirish usullari; faoliyatning ta’rifi, maqsadi va motivi haqida tushuncha berish; faoliyat strukturasi; ish va harakatlar; harakatlarni boshqarish va uni nazorat qilish; faoliyatning intsriorizatsiyasi va eksteriorizatsiyasi, faoliyatning inson psixik taraqqiyotiga ta’siri haqida ma’lumot berish kerak.
Ikkinchi savolda: faoliyat shaxsning boshqa kishilar bilan ma’lum munosabatlar sistemasida amalga oshirilishi; faoliyatning asosiy turlaridan biri sifatida o‘yinga psixologik xarakteristika beriladi; o‘qish faoliyatining pisixologik xususiyatlari, mehnat faoliyati va uning psixologik xususiyatlari tushuntiriladi.
Uchinchi savolda: harakatlarniig avtomatlashuvi va malakalarning yo‘zaga kelish haqida tushuncha berish; malakaga ta’rif berish; malakaning to‘zilishi; harakatlarni ijro qilish usullarining o‘zgarishi; ishni bajarishda sensor, ya’ni hissiy nazorat qilish usullarining
Amaliy mashg’ulotlar
o‘zgarishi; ish-harakatni markaziy boshqarish usullarning o‘zgarishi haqida tushuncha beriladi.
To‘rtinchi savolda: Shaxsning malaka va odatlari hamda ularning hosil bo‘lishi. Faoliyatni o‘elashtirish va mashqlar, mashq egri chiziqlari haqida, ko‘nikma haqida, ko‘nikmalarning o‘zaro ta’siri, odatlar haqida tushuncha berish zarur.
O‘quv topshiriq:
O‘qituvchi «Blits-so‘rov» savollarini beradi, jadval so‘rov vaqtida to‘ldiriladi.
1- ilova
№
|
Savollar
|
Javoblar
|
1.
|
Shaxs va uning faolligi?
|
|
2.
|
Faoliyatning turlarini sanab bering?
|
|
3.
|
Jismoniy va aqliy faoliyatni tushuntirib bering
|
|
4.
|
Ko‘nikma nima?
|
|
5.
|
Inson faoliyatining o‘ziga xosligi?
|
|
6.
|
Shaxs motivlari va uning qisqasa ta’rifini ayting?
|
|
2-ilova.
“Klaster” grafigi asosida o‘quvchining faoliyat mavzusiga doir bilimlarini tizimlashtirish
1-topshiriq
Faollik
Faoliyat
Ehtiyoj
2-topshiriq.
Faoliyatning tuzilishi
Amaliy mashg’ulotlar
3-ilova
Jadvalni to‘ldiring(to‘g‘ri ketma-ketlikda)
-
№
|
Faoliyat tarkibi
|
Faoliyat turlari
|
1
|
|
|
2
|
|
|
3
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |