Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан



Download 8,6 Mb.
bet59/309
Sana30.12.2021
Hajmi8,6 Mb.
#195279
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   309
Bog'liq
ОМК ум псих1

7. MAVZU: EMOTSIONAL XOLATLAR.

REJA

  1. Xolat psixik xodisa sifatida va uning xarakteristikasi.

  2. Psixik xolat turlari. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish va uni boshqarish.

  3. Frustratsiya va bezovtalik emotsional holat sifatida.

A
7.1. Xolat psixik xodisa sifatida va uning xarakteristikasi.
maliy hayotda emotsiyalar sifatida, odatda, insonning turli-tuman javob reaksiyalari – ehtirosning to‘lqinli portlashlaridan tortib, to kayfiyatning nozik tuslarini tushunamiz. Psixologiyada emotsiyalar deb kechinmalar shaklidagi inson hayotiy faoliyati uchun tashqi va ichki vaziyatlarni baholash va shaxsiy ahamiyatni aks ettiradigan psixik jarayonlarga aytiladi. Hissiyotlar – yorqin sub’ektiv tusga ega bo‘lgan iski va tashqi seskantiruvchilarning ta’siriga nisbatan inson va hayvonlar javob reaksiyalari. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlarning ahamiyatli belgisi ularning sub’ektivligidir. Hissiyotlar evolyusiyaning moslashuvchi «mahsuloti» sifatida, odatdagi vaziyatlarda organizm hulq-atvorining biologik jihatdan umumlashtirilgan usullari sifatida yuzaga kelganlar.
[1]

Hissiyotlar ehtiyojlar bilan ularning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq. Hissiyotlar ikki valentli – ular yoki ijobiy, yoki salbiy bo‘ladi. Hissiyotlar – organizmning muhit bilan o‘zaro ta’sirining mutanosibligi darajasini bevosita baholash mexanizmi. Ehtiyojlar o‘rnidagi hissiyotlar harakatga yo‘naltiriladi. Ko‘plab hissiyotli ifodalarda boshlang‘ich hissiyotlarning to‘rt xili: shodlik (zavqlanish), qo‘rqinch, g‘azab va hayratlanish ajratiladi.

Hislar – bu inson ongida uning yuksak ehtiyojlarining qondirilishi yoki qondirilmasligida paydo bo‘ladigan voqelikka nisbatan munosabatining aks etishi.

Hissiyot va tuyg‘ular o‘rtasida umumiylik ko‘p, lekin farqlar ham mavjuddir. Xuddi shunday, hissiyotlar – bu kengroq tushuncha, hislar emotsional kechinmalarning ifodalanishlaridan biri. Hissiyotlar – birlamchi, hislar esa – paydo bo‘lishi, kelib chiqishi jihatidan ikkilamchi. Hissiyotlar yo‘nalishli reaksiya xususiyatiga ega bo‘lgani uchun, ular ko‘pincha, noaniq va etarlicha anglanmagan bo‘ladilar, sezgilar esa, ko‘p hollarda aniq va jism bilan bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar biologik jarayonlar bilan, sezgilar esa – ijtimoiy soha bilan bog‘liq bo‘ladilar. Bundan tashqari, anglanmaydigan soha bilan bog‘langan, sezgilar esa ongimizda maksimal darajada namoyon bo‘lgandirlar. Inson sezgilari doimo tashqi ifodalarga ega bo‘ladilar, hissiyotlar esa ega bo‘lmaydilar. Va nihoyat, hissiyotlar ko‘proq vaziyatga bog‘liq va qisqa muddatli bo‘ladilar, sezgilar esa davomliroq va yorqin ifodalangan predmetli xarakterga ega. Ular odamning ma’lum ob’ektlarga nisbatan barqaror munosabatini aks ettiradilar. Sezgilar insonning madaniy-tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘lganlar va rivoj topganlar. 53[3]

Hissiyotlar va tuyg‘ular sezgi, idrok, tasavvur, inson bilishi va faoliyati tashqarida mavjud bo‘lmaydilar. Hissiyotlar va sezgilar ob’ekt va sub’ektning juda murakkab bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida yuzaga kelib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jismlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladilar. Hissiyotlar va sezgilarning o‘ziga xosligi insonning ehtiyojlari, motivlari, intilishlari, tilaklari, iroda, xarakter xususiyatlari bilan belgilanadi. Hissiyotlar va sezgilar tabiatini tushunish ularni inson hayotiy faoliyatida ko‘rib chiqishni taqazo etadi. Emotsional holatlar paydo bo‘lishining asosini insonning ehtiyojlari va motivlari tashkil etadi. Ularni qondirish maqsadni ko‘zlash, hayotiy masalarni hal etishni taqazo etadi. Ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan, ko‘zlangan maqsadlarga erishish amalga oshiriladigan real hayotiy sharoitlar emotsional kechinmalarning turli tumanligiga sabab bo‘ladi. Hissiyotlar ko‘pchilik ko‘rsatkichlari, ya’ni, sifati (ijobiy va salbiy), jadalligi (kuchli va kuchsiz), davomiyligi (qisqa muddatli va barqaror), anglanganligi, chuqurligi, irsiy manbasi, murakkabligi, bajaradigan vazifalari, organizmga ko‘rasatadigan ta’siriga qarab farqlanadi.[2]

Hissiyotlar turlicha vazifalarni bajaradilar. Ularning boshqaruvchi, aks ettiruvchi, daraklovchi, undovchi (rag‘batlantiruvchi), mustahkamlovchi, o‘tkazuvchi, moslashuvchi, kommunikativ, hosil qiluvchi, ifodalovchi vazifalari shular jumlasidandir.

Hissiyotlar va sezgilar organizm holati va inson hulq-atvorini boshqarish vazifasini bajaradilar. Xuddi shuningdek, yaxshi so‘z jon ozig‘i deydilar. Bunda, avvalambor, muhim o‘rin tutgan insonning boshqa odamning emotsional holatiga verbal ta’siri ko‘zda tutilgan bo‘ladi. Bunda hissiyotlar va sezgilarning boshqaruvchi vazifasi namoyon bo‘ladi. Aks ettiruvchi vazifasi voqealarning umumiy baholanishi ifodalandi, sezgilar butun organizmning qamrab olgani uchun, ular ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning foydasi yoki zararini aniqlashga va zararli ta’sir aniqlangunicha ta’sirlanish imkonini beradi. Masalan, yo‘lni kesib o‘tayotgan odam undagi vaziyatga ko‘ra turli darajadagi qo‘rqinchni boshidan kechiradi. Bundan kelib chiqadiki, hissiyotlar va sezgilarning aks ettirish vazifasi insonga atrof-olamda to‘g‘ri yo‘nalish olish va jismlar, hodisalarni ularning istalganligi nuqtai nazaridan baholash imkonini yaratadi. Xabarlovchi vazifasi yuzaga keladigan kechinmalar insonga undagi ehtiyojlarni qondirish jarayonining kechishi , yo‘lida qanday to‘siqlarga uchrashi, birinchi navbatda nimalarga e’tibor qaratishi lozimligi va h.k.lar haqida xabar berishdan iborat. Hissiyotlar va sezgilarning baholovchi yoki aks ettiruvchi vazifasi bevosita undovchi vazifasi bilan bog‘liq. S.L. Rubinshteyn ko‘rsatib o‘tganidek, «... hissiyot o‘zida jismga yoki unga teskari yo‘naltirilgan ehtiros, tilak, intilishni mujassamlashtiradi». SHunday qilib, hissiyotlar va sezgilar yuzaga kelgan ehtiyojni qondirishga erishish yok inson oldida turgan vazifala hal etiladigan yo‘lni izlash yo‘nalishni aniqlashga yordam beradi.

Mustahkamlovchi vazifa hissiyotlar va sezgilarning o‘qitishda bevosita ishtirok etishidan iborat. Kuchli emotsional ta’sirlanishga sabab bo‘ladigan ahamiyatga molik voqealar uzoq vaqt xotirada saqlanib qoladi. Hissiyotlar va sezgilarning o‘tkazuvchi vazifasi motivlar raqobatida, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi, buning natijasida kuchli ehtiyoj aniqlanadi. Xuddi shunday, inson uchun tabiiy bo‘lgan o‘zini muhofaza qilish instinkti va ma’lum etika me’yorlariga rioya qilish ijtimoiy ehtiyoji o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar o‘z mohiyatiga ko‘ra, qo‘rquv va mas’uliyat hissi o‘rtasidagi kurashda joriy etiladi. Moslashuvchi vazifasi hissiyotlar tufayli jonli mavjudotlar o‘zlari uchun dolzarb bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishda u yoki bu sharoitlarning ahamiyatliligini ko‘rsatishlaridan iborat. Ch.Darvin fikriga ko‘ra, hissiyotlar moslashtiruvchi vosita sifatida yuzaga kelgan. O‘z vaqtida paydo bo‘lgan sezgi tufayli organizm atrof-muhitga samarali tarzda moslashib olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, sezgilarning kommunikativ vazifasi ham mavjud. Mimika va pantomimika harakatlari insonga o‘z kechinmalarini boshqalarga etkazib berishga, o‘zlarining atrof-olam jism va hodisalariga bo‘lgan munosabatlari haqida ma’lumot berish imkoniyatini tug‘diradilar. Mimika, tana holatlari, imo-ishoralar, ma’noli xo‘rsinishlar, tovush ohangining o‘zgarishi «insoniy hislar tili», hissiyotlardan xabar beruvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sezgilarning barcha ifodalanishlarini ham oson aniqlab bo‘lmaydi. Dahshat (57%), so‘ngra nafrat (48%) va ajablanish (34%) kabi hislarni oson aniqlab olish mumkin. Kommunikativ vazifada atrofdagilarga ta’sir ko‘rsatish vazifasini ham ajratish mumkin.

Hissiyotlarning umumlashtiruvchi vazifasi vaqt va fazoda bir-biriga yaqin bo‘lgan alohida voqea va dalillarni birlashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, hissiyotlar ekspressiv vazifani bajaradilar. Ko‘p hollarda ular periferik xususiyatga ega bo‘lgan organik o‘zgarishlar (qizarish, oqarish, nafasning tezlashishi, erakning tez-tez urishi va boshqalar) bilan birgalikda kechadi, ifodali harakatlar (mimika va pantomimikada, vokallashtirish)da ifodalanadi. Kundalik hayotda ifodali harakatlar orqali biz, odatda, atrofdagi odamlarning emotsional holati, kayfiyatidagi o‘zgarishlarni etarlicha aniq idrok qilamiz va baholaymiz.54[3]

Hissiyotlar insonlar hayotida o‘ta muhim o‘rinni egallaydilar. Xuddi shunday, hozirgi kunda hissiyotlarning organizm hayotiy faoliyati xususiyatlari bilan aloqasini hech kim inkor etmaydi. Ma’lumki, hissiyotlar ta’sirida qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, ichki va tashqi sekretsiya bezlari va boshqa organlarining faoliyati o‘zgaradi. Kechinmalarning ortiqcha jadalligi va davomiyligi organizmda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Hissiyotlar – bu juda murakkab psixik hodisalar. Ahamiyatga ega bo‘lgan hissiyotlarga quyidagi emotsional holatlar turlarini kiritish mumkin: hissiyot affektlari, kayfiyatlar, ehtiroslar, stresslar, frustratsiyalar, hissiyotlarning emotsional toni, emotsional munosabat.

Affekt – sub’ekt uchun dolzarb bo‘lgan hayotiy sharoitlarining keskin va kutilmaganda o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda paydo bo‘ladigan va aniq ifodalangan harakatli visseral (ichki organik) namoyon bo‘lish birga kuzatiladigan kuchli va nisbatan qisqa muddatli emotsional holat. Affektiv holat ongli faoliyatning tormozlanganligi bilan ifodalanadi, sub’ekt hulq-atvorini ongli nazoratining izdan chiqishida namoyon bo‘ladi. Affekt real sharoitlarda sub’ektning xavfli, ko‘p hollarda kutilmaganda paydo bo‘lgan vaziyatlardan mutanosib holda chiqib ketish yo‘lini topa olmaslik layoqatsizligida rivojlanadi. Affektga misol tariqasida kuchli g‘azab, achchig‘lanish, dahshat, shiddatli quvonch, chuqur qayg‘u, umidsizlik kabilarni keltirish mumkin. Affektning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu emotsional ta’sirlanishning engib bo‘lmas darajada odamga qandaydir faoliyatning bajarish zaruriyatini bog‘lashdan iborat, lekin bunda odamda voqelik hissi yo‘qoladi.[2]

Emotsional holatning keyingi turi – bu emotsiyalarning o‘zi. Emotsiyalar affektlardan davomiyligi bilan farq qiladi. Ularning boshqa alohida qirrasi faqat joriy voqealarga emas, balki, taxminiy yoki yodga olinadiganlarga nisbatan ham ta’sirlanish hisoblanadi.

Emotsiyalarning mohiyatini tushunish uchun tashqi muhitning jism va hodisalarining ko‘pchiligi his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatib, ularda murakkab, ko‘p qirrali emotsional hissiyotlar va sezgilar va bir vaqtning o‘zida ham zavqlanish, ham qoniqmaslikda ifodalanadi, sezgilarni keltirib chiqarishlari mumkin. Bundan tashqari, ko‘pchilik vaziyatlarda, bir tomondan, qandaydir zo‘riqish sezgilari, ikkinchi tomondan, hal etish, yoki engil tortish yuzaga keladi. Faoliyatning keskin damlarida, qaror qabul qilishning mas’uliyatli daqiqalarida qiyinchiliklarni bartarf etishda biz zo‘riqishni his etamiz. U yaqqol ko‘zga tashlanadigan faol xususiyatga ega bo‘lib, faoliyat ob’ektiga e’tiboning kuchayishi, aqliy va jsmoniy kuch to‘plash, harakatga chanqoqlik, bizni o‘rab oladigan alohida hayajon bilan birgalikda kechadi. [2]

Emotsional jarayonlarning boshqa xildagi iodalanishi qo‘zg‘alish va tinchlanish hisoblanadi. Qo‘zg‘algan emotsional holat, odatda, faol xususiyatga ega bo‘lib, faoliyat yoki unga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq. Tinchlanish faoliyatning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lsada, undan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Harakat faolligiga ta’sir ko‘rsatishga qarab, emotsiyalar stenik va astenik turlarga bo‘linadi. Stenik emotsiyalar va sezgilar faol harakatga undaydi, inson kuchlarini to‘playdi. Xuddi shunday, quvonch va ilhomlanish hislari insonni energiyaviy faoliyatga rag‘batlantiradi. Astenik emotsiyalar insonni bo‘shashtiradi, faolligini pasaytiradi, faoliyatni to‘xtatadi.

Kayfiyat – bu u yoki bu emotsiyalarning barqaror kechinmasi. Uzoq davom etuvchi, hulq-atvorni bezovchi emotsional holat. Uni individning shaxsiy tomonlarini, asosiy hayotiy hissiyotlarini, ishiga nisbatan muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik, qulay yoki noqulay sharoit, odamlar munosabatlaridagi madaniyat darajasi, ichki holat kabilarni qamrab oluvchi ta’sirlar keltirib chiqaradi. Kayfiyatda hissiyotlar va sezgilarning rag‘batlantiruvchi vazifasi, ularning inson faoliyatiga ta’siri namoyon bo‘ladi. Kayfiyat ijobiy yoki salbiy, ma’lum jadallik, ifodalanish, zo‘riqish va barqarorlikka ega bo‘lishi mumkin. [1]

Emotsiyalar va sezgilar ta’siridagi psixik faollikning eng yuqori darajasi ko‘tarinkilik, eng quyisi – apatiya deb ataladi. Psixik faoliyatning salbiy ta’sirlar tomonidan sezilarsiz darajada o‘zgarishi izdan chiqish holatidir. Insonning emotsional barqarorligi turli emotsiogen ta’sirlarga nisbatan hulq-atvorining turg‘unligida ifodalanadi. Qiyinchiliklarga nisbatan barqarorlik, boshqa odamlar hulq-atvoriga nisbatan bardoshlilik tolerantlik ( lot. – bardosh) deb ataladi.

Inson fikrlari va harakatlari yo‘nalishini belgilab beruvchi barqaror, chuqur va kuchli his ehtiros deb ataladi. Ehtiroslarning asosiy belgisi ularning amaliy natijaga ega bo‘lishi, irodaviy va emotsional holatlarning yagonaligidir. Ehtiros insonni hislar ob’ekti haqida astoydil o‘ylashga, ular asosidagi ehtiyojlarning qondirilishini to‘laqonli va yaqqol tasavvur etishga, bu qondirilish yo‘lida haqiqiy yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘siq va qiyinchiliklarni xayol qilish va har tomonlama o‘ylashga majbur qiladi. Ehtiroslar turg‘unligi, vaqt bo‘yicha insonga egalik qilish davomiyligi bilan xarakterlanadi. SHaxsning olamga nisbatan chuqur tanlangan munosabatining ifadalanishi sifatida ehtiroslar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.

Turli sezgilar (hidlar, ranglar, tovushlar va h.k.) biz uchun yoqimli, neytral yoki yoqimsiz bo‘ladi. Hissiy ton. Hissiyot ko‘pincha faqat hissiy tus sifatidagi ruhiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni tariqasida namoyon bo‘ladi. YOqimli suhbatdosh, kulguli voqea, yoqimsiz hid, zerikarli kitob, ko‘ngildagi mashg‘ulot, hushchaqchaq sayohat, og‘ir ish kabilar. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiy holatlar stenik (yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, kuch degan ma’noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quvvat, qanoat bag‘ishlaydi. Emotsional javob – jismli muhitdagi joriy o‘zgarishlarga nisbatan operativ emotsional ta’sirlanish. Go‘zal manzarani ko‘rib qoldingiz – emotsional javob yuzaga keldi. Bu javob insonning emotsional qo‘zg‘aluvchanligi, emotsional tonusi bilan belgilanadi. Emotsional javobning turlaridan biri sintoniya – boshqa odamlar emotsional holatini birga qayg‘urish – insonningmuhim ijtimoiy sifati hisoblanadi. Nizoli asosidagi emotsional holatlarga stress, frustratsiya, affekt kiradi.


Download 8,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   309




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish