1. Mehnat munosabatlari har ikki taraf manfaatlarini himoya qilishi. Ya’ni jamoa shartnomasi mehnat munosabatlarining zaifroq sub’ekti hisoblangan xodimni o’z iqtisodiy holati ustuvor bo’lgan ish beruvchining bu ustunligini qo’llashdan himoya qiladi. Ikkinchi tomondan esa, u ish beruvchilarni xodimning ishlab chiqarish jarayonlarini buzib, iqtisodiy zarar etkazishi mumkin bo’lgan asossiz talablaridan himoya qiladi. Shu tariqa jamoa shartnomasi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |