Funktsional jihatdan xodimlarni boshqarish — kadrlar sohasidagi ishlar bilan bog’liq bo’lgan barcha vazifa va qarorlar (masalan, kadrlarni tanlash, malakasini oshirish, ulardan foydalanish va hokazolar) dan iborat.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti — Birlashgan Millatlar Tashkilotining mehnatga oid masalalar bilan shug’ullanuvchi ixtisoslashgan muassasasi. Ushbu tashkilotga O’zbekiston Respublikasi 1992 yildan beri a’zo.
Xarizma (lotincha — “ilohiy qobiliyat” so’zidan) — biror shaxslarning boshqalarga nisbatan alohida xususiyatlarga va ana shu xususiyatlarga muvofiq boshqarishga haqli ekanligini ifodalovchi tushuncha.
Xolding (inglizcha — “egalik” so’zidan) kompaniya — asosiy faoliyati korxonalarning aktsiyalarini o’z tasarrufiga olish orqali ularning ishini nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo’lgan kompaniya, bosh korxona.
Xodimlar — korxona, tashkilot, muassasaning yollash asosida ishlaydigan, va ishchilarning umumiy cheklangan soniga qo’shiladigan, barcha ishchilarning yig’indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |