IZOHLI LUG‘AT
AVTOMATLASHTIRISH (PSIXOLOGIYADA) - mashq qilish orqali turli-malakalarini shakllantirish jarayoni.
AVTOMATIZM - ixtiyorsiz yoki anglamagan holda oshiriladigan amallar.
YETAKCHI FAOLIYAT - faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bunda ma’lum davr ichida shaxsning sifat jihatidan o‘zgarishi shakllanadi. Masalan, bog‘cha yoshi davridagi o‘yin faoliyati.
ISH-HARAKAT (AMALLAR) - faoliyatning nisbatan tugallangan elementi bo‘lib, anglangan ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan (tashqi yoki ichki aqliy) amallardir.
FAOLIYAT - insongagina xos, ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli paydo bo‘ladigan va tashqi olam bilan kishining o‘z-o‘zini bilishiga, uni qayta qurishga yo‘naltirilgan faolligidir.
O‘YIN - faoliyat turlaridan biri bo‘lib, bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning ish harakatlarini, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni aks ettirishda ifodalanadigan va tevarak-atrofdagi borliqni bilishga qaratilgan faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |