Bitiruv malakaviy ishining hajmini kafedra belgilaydi.
3.5.7. Ta’lim dasturini amalga oshirish
5141900–Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat
ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar
tayyorlashning ta’lim dasturi mazkur yo’nalish bo’yicha akkreditatsiyalangan oliy ta’lim
muassasalarida rivojlanayotgan ta’lim texnologiyalaridan, axborot texnologiyalaridan va ta’limning
zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib tayyorlashda amalga oshiriladi.
Ta’lim maboynida talaba ikkitadan kam bo’lmagan Davlat attestatsiyasi (gumanitar va ijtimoiy-
iqtisodiy fanlardan va xorijiy tildan) topshiradi va bitiruv malakaviy ishni bajaradi. Davlat attestatsiyasi
o’quv jarayoni tugashi bilanoq tegishli integrallashgan kurs bo’yicha o’tkaziladi.
Malakaviy amaliyot ta’lim muassasalarida, zamonaviy korxonalar, tashkilotlar va ilmiy
tekshirish institutlarilarda o’tkaziladi.
4. Bakalavrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholash
4.1.
Bakalvariat yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashning sifatini nazorat qilish quyidagilarni
qamrab oladi:
ichki nazorat:
oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni
boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi
nizom asosida o’tkaziladi;
yakuniy davlat nazorati:
u davlat ta’lim standartlariga muvofiq ravishda fanlar bo’yicha yakuniy
Davlat attestatsiyalari hamda bitiruv malakaviy ishi himoyasini o’z ichiga oladi;
davlat-jamoatchilik nazorati:
oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi, jamoat
tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
tashqi nazorat:
belgilangan tartibda Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat
qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari attestatsiyalar boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Tayyorlangan kadrlar sifatini baholash kadrlar iste’molchilari tomonidan mehnat faoliyati
jarayonida amalga oshiriladi.
4.2.
Oliy ta’lim muassasalarining majburiyatlari:
•
oliy ta’lim muassasalari davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi to’g’risidagi Nizomga muvofiq
ushbu standart talablariga rioya qilish va bakalavr tayyorlash sifatini ta’minlash;
•
professor-o’qituvchilar tarkibi va o’quv-yordamchi xodimlar saviyasining malaka talablariga
mos kelishini ta’minlash;
•
har bir fanni o’quv dasturiga muvofiq ravishda zarur o’quv-metodik adabiyotlar hamda
mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar materiali bilan ta’minlash;
•
o’quv jarayonini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: