OLTINGUGURT VA SHUNGA O`XSHASH BIRIKMALAR
SULFID MINERALLARI
Xalkozin - Cu2S
Argentit - Ag2S
Kovelin - CuS
Shtromeyirit- (Ag,Cu)2S
Xalkopirit - CuFeS2
Gessit - Ag2 Te
Kubanit - CuFe2 S3
Diskrozit - Ag3Sb
Bornit - Cu5 FeS4
Domeykit - Cu3As
Prustit - Ag3AsS3
Pirargirit - Ag3SbS3
Stefanit - Ag5SbS4
Polibazit - (Ag,Cu)16Sb2S11
Kalaverit - AuTe2
Sfalerit - ZnS
Silvanit - AuAgTe4
Vursit - ZnS
Nagiagit - AuPb6(S,Te)14
Kinovar - HgS
Grinokit - CdS
Metasinabarit - HgS
Galenit - PbS
Stanin - SnCu2FeS4
Djemsanit - Pb2Sb2S5
Silindrit - Sn1Pb3Sb2S14
Bulanjerit - Pb5Sb4S11
Frankeit - Sn3Pb5Sb2S14
Burnonit - CuPbSbS3
Aykinit - PbCuBiS3
Vismutin - Bi2S3
Tetradimit - Bi2(Fe,S)3
Realgar - AsS
Molibdenit - MoS2
Auripigment - As2S3
Tungstenit - WS2
Antimonit - Sb2S3
Alabandin - MnS
Pirit - FeS2
Kobaltin - CoAsS
Markazit - FeS2
Ilmenit - FeTiO3
Lellingit - FeAs2
Sperrelit - PtAs2
Oltingugurtli va shunga o`xshash birikmalar Yer po`stida keng tarqalgan birikmalar hisoblanadi. Bu guruh minerallari ximiyaviy birikmalarning turlariga qarab - oltingugurtli, selenli, tellurli, margimushli va surmali turlarga bo`linadi. Ushbu guruh minerallari sanoatda juda katta ahamiyatga ega va turli xil konlar hosil qiladi. Oltingugurt bilan birikma hosil qiluvchi minerallar soni 40 ortiq va ularning aksariyati metall hisoblanadi.
Rentgenometrik ma`lumotlariga binoan sulfidlar va shunga o`xshash birikmalarni ion birikmalar qatoriga va ikkinchidan sof tug`ma elementlar qatoriga qo`shish mumkin. Qutblanish hodisasi kristall strukturalarda qarama-qarshi zaryadlangan qo`shni ionlar elektronlarini qisman birlashishga olib keladi.
Xalkozin – Cu2S. Nomi yunoncha "xalkos" mis so`zini anglatadi. U ba`zan mis yaltirog`i ham deyiladi. Xalkozin uch modifikatsiyada uchraydi, bulardan biri quyi haroratda bo`lib, 91o dan past haroratda turg`un bo`lib, rombik singoniyada kristallanadi. Qolgan ikkitasi yuqori haroratda (91o dan yuqorida) yuzaga kelib, geksagonal va kubik shakllarda kristallanadi. Tabiiy xalkozin ko`pincha quyi haroratda hosil bo`lgan rombik (β - xalkozin) va xalkozin aralashmasidan tashkil topgan.
Xalkozin tarkibida - Cu - 79,9% va S - 20,1%, bundan tashqari Ag, As, Fe, Co, Ni aralashmalari bo`ladi. Singoniyasi - rombik. Xalkozinning yaxshi kristallari kam uchraydi, ammo ko`pincha qalin tabletkasimon, kalta ustunlar hosil qiladi. Ayrim hollarda geksagonal qiyofada bo`ladi. Tabiatda yaxlit, mayda donali bo`lib - bornit, xalkopirit ba`zan sfalerit, galenit, kovelinlarning o`rniga pesvdomorfozalar shaklida xol-xol bo`lib uchraydi. Xalkozinning rangi - qo`rg`oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3, solishtirma og`irligi 5,5-5,8, elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Xalkozin HNO3 da erib, oltingugurt ajraladi.
Xalkozin gidrotermal va ayniqsa ekzogen jarayonda paydo bo`ladi. Xalkozin nurash zonalarida bardosh bera olmaydi va parchalanib kuprit, malaxit va azurit kabi mis oksidlariga aylanadi. Xalkozin misga eng boy sulьfid bo`lib, mis qazib olishda katta ahamiyatga ega. Xalьkozin ma`danining yaxlit massalari Sh.Uraldagi Turinsk konida uchraydi. Uncha boy bo`lmagan xol-xol xalkozin ma`danlari Qo`ng`irot (Balxash ko`li) Qozog`iston va Olmaliq mis konlarida aniqlangan.
Argentit – Ag2S. Nomi yunoncha "argentum" kumush so`zidan kelib chiqqan. Argentitning ikki modifikaciyasi mavjud, bulardan biri - yuqori haroratli (179o C dan yuqori) kubik modifikaciyali - argintit va 2) past haroratli (179o C past) rombik singoniyali - akantit.
Argentit tarkibida - Ag - 87,1%, S - 12,9%, bundan tashqari aralashma sifatida mis, qo`rg`oshin, surma uchraydi. Argentit - rombik singoniyali, rangi qo`rg`oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi, pichoqda yaxshi kesiladi. Tabiatda kub, ba`zan oktaedr ko`rinishlarda bo`ladi. Qattiqligi -2-2,5, mo`rt mineral. Ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi - 7,2-7,4. Argentitning aksariyati gidrotermal jarayonida paydo bo`ladi. Odatda tarkibida kumush bo`lgan boshqa minerallar bilan birga kumush oladigan manbaa hisoblanadi.
Galenit - PbS. Nomi yunoncha "Galena" qo`rg`oshin ma`dani so`zidan kelib chiqqan. Tarkibida Pb - 86,6% va S - 5-13,4%, aralashma tariqasida Cu, Zn, Bi, Fe, As, Sb uchraydi. U kubik singoniyada kristallanadi. Rangi qo`rg`oshindek kulrang, metall kabi yaltiraydi. Qattiqligi 2-3, u ancha mo`rt mineral, ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal. Solishtirma og`irligi 7,4-7,6. U kuchsiz elektr o`tkazadi.
Galenit asosan gidrotermal jarayonda vujudga keladi. Tashqi ko`rinishi bilan galenit antimonit Sb2S33, bulanjerit Pb5[Sb2S4]2 S3 va burnonit - CuPb[SbS3] larga juda o`xshash, ularning farqi: antimonit - cho`zinchoq - zirapchasimon kristall hosil qiladi. Bulanjerit esa, shulasimon, tolasimon ko`rinishda. Burnonit - cho`zinchoq stolbasimon shakli. Nurash jarayonida oksidlanib serussitga – PbCO3 va anglezit – PbSO4 aylanadi. Galenit qo`rg`oshin olishda muhim asosiy manba hisoblanadi. Respublikamizda polimetall deb ataluvchi gidrotermal konlar yetarli darajada, ular Uchkulach (Sh.Nurota) va Olmaliq konlaridir.
Sfalerit - ZnS. Nomi yunoncha "Sfaleros" - aldamchi degan ma’noni bildiradi. Tabiatda birnecha xillari mavjud: Kleyofon - oq rangli (deyarli aralashmalari yo`q), marmatit - qora rangli (temirga boy). Poshibramit (kadmiyga boy). Ularning tarkibida Zn - 67,1%, S - 32,9%. Aralashma sifatida - Fe - 20%, Mn - 8%, Cd - 2,5-9,2%, Cu- 2,5% gacha. Sfalerit kubik singoniyada kristallanadi. Yaxshi shakllari kam uchraydi, ammo ba`zi bo`shliqlarda yuzaga kelib to`g`ri tetraedr qiyofasida uchraydi. Yaxlit donali kristallaridan iborat ulanish tekisligi yaxlit ko`rinib turadi. Ba`zan kristallarning yiriklari ham uchraydi. Rossiyaning Chita viloyatidagi Klichkin konida sfaleritning 10 sm kristali bo`lsa, AQSHning Jopein konida 1 t og`irlikda tetraedr va rombododekaedr ko`rinishida topilgan. Rangi qora yoki jigarrang olmos kabi yaltiraydi. Qattiqligi 3-4, ancha mo`rt, u elektr o`tkazmaydi. Suyultirilgan HNO3 da eriydi va oltingugurt ajralib chiqadi. Sfalerit ko`pincha galenit va mis sulfidlari bilan birga uchraydi.
Sfalerit ekzogen sharoitida deyarli yuzaga kelmaydi. Olinadigan ruxning qariyb yarimi polimetall konlardan olinib, ushbu konlarda sfaleritning miqdori galenitnikidan yuqori bo`ladi. Sfalerit rux olish uchun asosiy manba, ammo qo`shimcha ravishda kadmiy va galliy elementlari ajratib olinadi.
Grinokit – CdS. Kadmiy aldamchisi deyiladi va kamdan-kam uchraydi. Tarkibida – 77% kadmiy bor. Geksagonal singoniyada kristallanadi va bochkaga o`xshash yoki o`tkir piramida shakllarida bo`ladi. Ba`zan kukun, gard, tuproqsimon holatlarda topiladi. Uning rangi sariq, qizg`ish-sariq, to`q qizg`ish-sariq, yaltirashi olmosdek, qattiqligi 3-3,5. U mo`rt mineral, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi – 4,9-5,0. U kislotalarda eriyotganda H2S hidini chiqaradi. Kadmiyning salmoqli konlari yo`q. Grinokit polimetall konlarning oksidlanish zonalarida aniqlangan, bular - Qizil-Espe (Qozog`iston), (Sibilevsk koni J.Ural), Arshibram koni Chexoslovakiya, Pensilvaniya (AQSh).
Kinovar – HgS (nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda qizil smola, kinovar «ajdarho qoni» deyiladi). Simob sulfidi ikki modifikaciyada – kinovar va metacinabarit. Tarkibida Hg – 86,2%, S – 13,8%. Singoniyasi – trigonal, uning qalin tabletkasimon va romboedr kristallari uchraydi, ba`zan noto`g`ri shaklli, xol-xolli donalar holida, ba`zan kukinsimon gardlar, yupqa po`stloq tariqalarida bo`ladi. Rangi qizil, ba`zan qo`rg`oshindek kulrang bo`lib tovlanadi. U kuchli yarim metall kabi yaltiraydi. Uning qattiqligi – 2-2,5 mo`rt mineral. Ulanish tekisligi ba`zi yo`nalishi bo`yicha mukammal, solishtirma og`irligi 8, u elektrni yomon o`tkazadi. Kinovar va metasenobarit–past haroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga keladi. Ba`zan vulkan jinslari natijasida ham ro`yobga keladi. Kinovar hosil qiluvchi teletermallardagi tog` jinslari kvarslashadi (jesperoidlar yuzaga keladi), sericitlashadi, kaolinlashadi va seolitlashadi.
Kinovar konlarida quyidagi yetakchi ma`dan minerallari – kinovar, metasenabarit, antimonit, realgar, auripigment, aynama ma`dan (bleklaya ruda) hamda kvarts mayda donalardan xalsedongacha, ba`zan fluorit, barit va karbonatlar birga uchraydi.
Dunyoda eng yirik konlari Almaden (Syudad-Real) Ispaniyada mavjud. Ushbu kondan 200 yildan ortiq simob olinmoqda, ma`lumotlarga qaraganda zaxirasi yana 100 yilga yetadi. Ukrainadagi Nikitovsk, Haydarkon qirg`iziston va Respublikamizning Turkiston tog`larining shimoliy etaklarida (Qorasuv, mix va boshqalar) topilgan. Kinovar simob olinadigan birdan-bir manba hisoblanadi. Simob oltinni amalьgamalashda, kimyoviy tayyorlashda, fizik asboblarda va portlovchi simob Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.
Realgar – AsS tarkibida As – 70% va S – 29,2% bo`ladi. Nomi arab so`zidan olingan realgar – «shaxta changi» ma`nosini anglatadi.
U monoklin singoniyali. Kristall tuzilishi prizmatik holda uchraydi. Odatda prizmaning cho`zinchoq o`qi bo`yicha chiziqchalar bilan qoplanadi, ba`zan donador agregatlar, ba`zan gard, po`st va tuproqsimon massalar hosil qiladi. Realgarning rangi sarg`ish-qizil, ba`zan to`q qizil, u yarim shaffov, olmosdek yaltiraydi. Realgar qattiqligi 1,5-2, ulanish tekisligi mukammal, solishtirma og`irligi 3,4-3,6. Realgar vaqt o`tishi bilan sarg`ish-qizil kukunga aylanadi. Elektr toki o`tkazmaydi. Tabiatda realgar har doim auripigment bilan birga uchraydi. Realgar konlarida uning yirik kristallari 1-2 sm kattalikda uchraydi (Luxumsk koni – Gruziya).
Do'stlaringiz bilan baham: |