Plagioklazlarning kimyoviy tarkibi
(% hisobida, A.G.Betextin bo`yicha)
25-jadval
Tarkibi
|
¹0
|
¹25
|
¹50
|
¹75
|
¹100
|
Na2O
|
10,76
|
8,84
|
5,89
|
2,92
|
-
|
CaO
|
-
|
5,03
|
10,05
|
15,08
|
36,62
|
Al2O3
|
19,40
|
23,70
|
28,01
|
32,33
|
36,62
|
SiO2
|
68,81
|
62,43
|
56,05
|
49,67
|
43,28
|
Plagioklazlar triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinokoidal, tabletkasimon, yoki tabletkacha-prizmatik qiyofaga ega. Odatda murakkab polisintetik qo`shaloq kristallari keng tarqalgan, oddiy qo`shaloq kristallari kam.
Rangi xilma-xil, oq, kulrang, ba`zan yashilroq, ko`kimtir, ba’zan qoraroq, shishadek yaltiraydi, qattiqligi 6-6,5 ulanish tekisligi (001) va (010) bo`yicha mukammal, ularning solishtirma og`irligi albitda 2,61 va anortitda 2,77. Ular magmatik jinslarda keng tarqalgan jins hosil qiluvchi mineral deyiladi. Bulardan tashqari, kristallik slaneslar va rogoviklar tarkibida piroksen, amfibol va sludalar bilan bir assotsiatsiyada uchraydi.
Kaliy-natriyli dala shpatlari
Kaliy-natriy dala shpatlari nordon, o`rta va ishqorli magmatik jinslar uchun mansub minerallar hisoblanadi. Ximiyaviy tarkibiga binoan kaliyli, dala shpatlari (ortoklaz, mikroklin) K[AlSi3O8] va natriyli alьbit Na[AlSi3O8]larning bir-birlari bilan turli munosabatdagi qattiq izomorf aralashmalarini hosil qiladi. Kaliyli dala shpatlari ichki tuzilishiga ko`ra monoklin-sanidin, ortoklaz va triklin-mikroklin va anortoklaz qatorlarini hosil qiladi.
Ortoklaz – tarkibida K2O- 16,9%, Al2O3 – 18,4%, SiO2- 64,7% hamda biroz Na2O, BaO uchraydi. Monoklin singoniyali, ko`rinishi monoklin-prizmatik, kristallar qiyofasi prizmatik hollarda mavjud. Tabiatda shishadek yaltiroq, shaffof, ba`zan och pushti. Qo`ng`ir-sariq ranglarda topiladi. Uning qattiqligi 6-6,5, ulanish tekisligi (001) va (010) bo`yicha mukammal.
Mikroklin kimyoviy tarkibi ortoklazga o`xshash. Triklin singoniyali, simmetriya ko`rinishi pinakoidal. Mayda, o`rta va yirik donador kristallari nordon intruziv jinslarda va ularning pegmatitlarida yirik agregatlar holida topiladi. Odatda rangsiz, shaffof, ammo, yashil turi amazonit deyiladi. Uning qattiqligi 6-6,5, solishtirma og`irligi 6-6,5. Ortoklazga o`xshash nordon va ishqorli intruziv jinslar va pegmatitlar uchun mansub mineral hisoblanadi.
Felshpatitlar
Bu guruhga kiradigan minerallar kremniy oksidiga to`yinmagan, kaliy va natriyga boy bo`lgan magmalardan yuzaga keladi. Bu guruhga nefelin, leysit, analsim, nozein, gayuin va sodalitlar kiradi (26-jadval).
Nefelin – Na,K[AlSi3O8]. Nomi yunoncha «nefeli» bulut so`zidan kelib chiqqan. U HCl da osonlik bilan parchalanib, bulutsimon kremniy oksidi hosil qiladi. Nefelin geksagonal singoniyali, simmetriya ko`rinishi geksagonal-piramidal, ishqorli magmatik jinslarda xol-xol bo`lib yuzaga keladi. U rangsiz, odatda kul rang, sarg`ish, yashilroq tuslarda topiladi, shaffof, shishadek, yaltiraydi, singan joylari yog`langandek ko`rinadi. Solishtirma og`irligi 2,6 qattiqligi 5-6 ancha mo`rt. Nefelin deyarli kremnezyomga kambag`al jinslarda-nefelinli – sienitlarda va ularning pegmatitlarida keng tarqalgan. Intruziv jinslarda ishqorli piroksenlar va amfibollar bilan bir paragenetik assotsiatsiyalarda uchraydi.
Leytsit K[AlSi2O6] – yunoncha «leykos» och rangli degan ma`noni anglatadi. Tarkibida K2O 21,5%, Al2O3 23,5%, SiO2 – 55%, biroz Na2O, Ca, H2O ishtirok etadi. Uning singan joylari shishadek, yog`langandek yaltiraydi. Qattiqligi 5-6, mo`rt. Solishtirma og`irligi 2,5 gacha. Leycit vulqon jinslar uchun mansub mineral. U ishqorli piroksenlar egirin, egirin-avgitlar bilan birga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |