Asos intruziv jinslar bilan bog`liq konlar -ilmenit-titanomagnetit minerallar assotsiatsiyalari
Ilmenit, titanomagnetit minerallari gabbro, norit, piroksenit, anortozitlar orasida turli shakllarda-linzasimon, uyasimon, ba`zan tomirsimon ko`rinishda uchraydi. Titanomagnetit, ba`zan ilmenit, magnetitlar oralarida izomorf aralashma hosil qiladi. Yuqori haroratda izomorf qatorini tashkil qilgan bu minerallar harorat sekin-asta pasayishi bilan alohida ilmenit va magnetitlarga ajraladi. P. Ramder olib borgan eksperimental ishlarning natijasida ma`lum bo`lishicha 800° atrofida ilmenit va magnetit aralashgan holda, 600-700°С haroratda ilmenit va magnetitlarga ajraladi.
Ushbu peridotit-gabbro formatsiyalarida mineral tarkibi quyidagicha: olivin (Fo50-40)-piroksen-ilmenit-magnetit-plagioklaz (30-jadval). Peridotit-gabbro formatsiyalariga bog`liq ayrim konlarning qisqa bayoni beriladi. Bushveld (J. Afrika) koni gabbro-noritlar orasida joylashgan bo`lib, egallagan maydonining uzunligi 20-25 km, qalinligi-0,5-0,6 m. Ma`dan tarkibida Fe-50-60%, Ti-16-20%, Cr2O3-30-33%, platina miqdori 1t jinsda-10-15 g.
Peridotit-gabbro formatsiyalariga bog`liq
konlarda titan miqdori (% hisobida)
30-jadval
Formatsiya turlari
|
TiO2 miqdori
|
Konlar
|
Peridotit-gabbrolardagi ilmenit-titanomagnetit
|
12-18
|
Kusinsk, Kachkanar, Medvedovsk (Ural), Bushveld (J.Afrika)
|
Gabbro-anortozitdagi ilьmenit-magnetit
|
7-20
|
Tegoaus (AQSH), Telness (Norvegiya)
|
Anortozitdagi ilmenit-gematit
|
20-25
|
Lak-Tio, Puidjelan (Kanada)
|
Kusinsk koni (J.Ural) gabbrolar orasida ma`dan ikkita bo`lakka bo`linadi. Ularning uzunligi 2-3 km ni, qalinligi o`rtacha 3 m ni tashkil etadi. Ma`dan tarkibida magnetit 60-70%, ilmenit-20-30%. Lak-Tio (Kanada) anortozitlar oralarida linzasimon va uyasimon ko`rinishda joylashgan bo`lib, maydoni 2,5x1,5 km atrofida. Ushbu konga xos xususiyatlardan biri-ma`danlarning intruziv jinslarda bir tekis tarqalganligi ushbu konning tektonik sharoitda yuzaga kelganligini ko`rsatadi. Bu konni hosil qilgan peridotit-gabbro formatsiyalarida kristallanish differensiyasi oqibatida intruzivning pastki qismi dunit, peridotit, yuqori tomoni gabbro, anortozit orqali qizil granitlarga o`tadi. Ma`dan anortozitlar oralarida joylashgan ilьmenit tarkibida TiO2-25-32%, Fe2O3-40-45%. Ushbu elementlarning zahirasi 120-150 mln. tonnani tashkil etadi. Peridotit-gabbro formatsiyalari bilan bog`liq bo`lgan ilmenit-titanomagnetit konlarida ma`dan-larning tarqalishi xol-xol (xoldor), ayrimda uyasimon, ba`zan tomirsimon shakllarda uchraydi. Ilmenit, magnetitlardan tashqari pirit, xalkopirit, pirrotin uchraydi. Ma`dan minerallarning silikat minerallardan keyin hosil bo`lganligini ko`rsatadigan belgi sideronitli tuzilish (struktura) hosil qiladi, ya`ni piroksen va plagioklazlarning oralarida yuqorida ko`rsatilgan ma`dan minerallar sement vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |