Nefelinli sienitlar bilan bog`liq apatit konlarning hosil bo`lishi
Ishqorli magmatik jinslar yer yuzida bir tekis tarqalmagan. Ularning eng ko`pi-Markaziy Kola yarim orolida joylashgan. Bu o`lkada 20 dan ortiq intruziv jismlar bo`lib, eng yiriklari Xibin va Lovazer. Ushbu ishqorli intruzivlar bilan dunyodagi eng yirik nefelin-apatit-sfen konlari yuzaga kelgan.
Xibin intruzivi Imandra va Umbozer ko`llari oralarida joylashgan. U lakkolit shaklida, ochiq halqasimon ko`rinishda. Bu massiv proterozoy granito-gneyslarning ichida joylashgan. Xibin intruzivi to`rt xil jinslardan iborat va ularning hosil bo`lishi quyidagi ketma-ketlikka ega: xibinitlar, iyolit-urtit, rischorrit va fayalitlar. Bulardan xibinitlar intruzivning cho`kindi jinslar bilan tutushgan joylarda joylashgan. Uning tarkibi: dala shpatlari-40-45% va rangli minerallar (egirin-avgit, arfvedsonit) 15%. Ikkinchi darajali minerallar-sfen, evdialit, apatit, titanomagnetit. Rischorritlar yirik donador kulrang, ba`zan yashil rangli. Unda nefelin miqdori 50% gacha bo`ladi. Ikkinchi darajali mineral-evdialit, sfen, ba`zan rinkolit bo`ladi. Apatit va sfen konlarining aksariyat qismi rischorrit va iyolit-urtit oralarida joylashgan. Apatit va sfen konlari zanjirsimon bo`lib, quyidagi alohida konlardan iborat-Risvumchorr, Yuksior, Kukisvumchor, Kuelьpor. Ushbu konlarni tekshirish natijalaridan ma`lumki, apatit konlari urtit-iolitning ustki qismida bo`lib, rischorritlar bilan qoplanadi.
Apatit–sfen konlari linzasimon shakllarda uchraydi. Ularning ayrimlari-Kukisvimchorr-Yuksior bir necha linzadan iborat. Ularning uzunligi 4-5 km va qalinligi 200-400 m ni tashkil etadi. Apatit konlarida egirin, titanomagnetit, evdialitlar uchraydi. Apatit miqdori 50-75% ni tashkil etadi. Apatit konlarining yuzaga kelishi to`g`risida fikrlar ko`p. Keyingi maxsus izlanishlarning natijasi bo`yicha Xibin intruzivi ichida joylashgan barcha linzasimon konlar magmatogen yo`l bilan urtit-iyolit formaciyalari evaziga hosil bo`lgan. Konni tashkil qiluvchi ayrim minerallarning bayoni keltiriladi.
Apatit-shakarsimon oq va qumoq-qumoq, ba`zan kulrang, yashil, hatto qora. Yashil va qora rangli apatit tanalarida mayda, tolasimon egirin va titanomagnetit joylashadi. Tarkibi bo`yicha ftor-apatit. Ayrimda kalьciy o`rnida stronciy bo`lishi mumkin.
Nefelin-yog`langandek seziladi. U izomet-rik, ayrimda cho`zinchoq apatitlar bilan aralashib yotadi. Nefelin egirin evaziga yashilroq ko`rinadi. Sfen-qo`ng`ir, ba`zan qizg`ish, ninasimon, ba`zan prizmatik ko`rinishda. Rangining o`zgarishi izomorf qo`shimchalarga bog`liq.
Egirin-ninadek ingichka, ayrimda cho`zinchoq prizma xolda uchraydi.
Evdialit-malina rangiga o`xshash, cho`zinchoq, ba`zan tolasimon.
Kalishpat optik xususiyatlariga binoan ortoklaz va miroklinlardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |