Siderit – FeCO3 yunoncha «sideros» temir demakdir. Tarkibida – FeO – 62,1%, SO2 – 37,9%. Trigonal singoniyali, yaxshi kristallangan, donador, ba`zan yashirin kristallangan, shu`lasimon shakllarda uchraydi. Ba`zan yirik kristallari (1,5-2 sm) andezitlarda topilgan (Mulatalavavidi Vengriya). Sideritning rangi no`xatdek sariq, sariq-qo`ng`ir bo`ladi, yaltirashi shishadek, ayrimda sadafdek, mo`rt, qattiqligi – 4, solishtirma og`irligi – 3,9. Siderit gidrotermal jarayonlarda yuzaga kelgan polimetall konlarida katta uyumlarini hosil qiladi ((Kornuoll, Angliya, Dreyberg, Germaniya). Sideritning eng yirik uyumlari ekzogen (xemogen) jarayonlarda paydo bo`ladi (Kerch koni Kavkaz, Jayram, Qozog`iston). Siderit temir olishda asosiy manbalardan biri hisoblanadi.
Smitsonit – ZnCO3 Tarkibida ZnO – 64,8%, SO2 – 35,2%, bulardan tashqari – Fe, Mg, Mn, ba`zan So va Sa – 7,5% ni tashkil etadi. Yaxshi kristallari kam uchraydi. Odatda tuproqsimon yoki zich yashirin kristall agregatlari uchraydi. Smitsonit – oq rangli, rangsiz, ba`zan sariq, qo`ng`ir, yashil va havo ranglarda uchratish mumkin. Shishasimon yaltiroq va yog`langandek, ba`zan sadafdek yaltiraydi. Uning qattiqligi – 4,5-5,0, solishtirma og`irligi – 4,5, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha. Smitsonit ohaktoshlar orasida uchraydigan qo`rg`oshin – rux polimetall konlarining ostki qismida uchraydi. Smitsonitning yirik uyumlari kon sifatida aniqlangan (Kerchinsk, Rossiya; Qoratog`, J.Qozog`iston). Smitsonit ma`danlari rux olinadigan manba hisoblanadi.
Serussit – PbCO3. Yunoncha «cerussa» oq bo`yoq demakdir.Tarkibida – PbO – 83,5%, SO2 – 16,5%. Mexanik aralashma holida SrO – 3,2% gacha, ZnO – 4,5% gacha va boshqalar uchraydi. U rombik singoniyali, tabletkasimon, plastinkasimon, ba`zan nayzasimon ko`rinishda bo`ladi. Serussit – oq, qordek oq, yarim shaffof, ba`zan kulrang, tutunsimondan qoragacha. Uning qattiqligi – 3-3,5, solishtirma og`irligi – 3,8, mo`rt, ulanish tekisligi mukammal. Serussit polimetall konlarning oksidlanish zonalarida yuzaga keladi (Broken-xill, Avstraliya, Mindouli, Kongo, Bisbi – AQSH). Gidrotermal jarayonda yuzaga kelgan –selestin, barit, kalsit va sulfidlar bilan uchraydi. Serussit gipergen sharoitda galenit va anglezit hisobiga paydo bo`ladi. Serussitning yirik uyumlari qo`rg`oshin olishda manbaa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |