MINERALLAR TASNIFI
Minerallar fizik - kimyoviy jarayonlar natijasida yer yuzi va ichki qismida vujudga keladi. Har bir mineral faqat o`ziga xos kristallik tuzilishiga ega bo`lgan aniq tabiiy birikmadan iborat va kimyoviy elementlardan tuzilgan.
Minerallar tasnifini tuzishda asosan kimyoviy ichki tuzilishi principiga amal qilinadi. Minerallarning kimyoviy birikmalari turiga qarab sinflarga va guruhlarga ajratiladi. Xullas, ma`lum bo`lgan minerallarning hammasi kimyoviy tarkibi va kristall tuzilishiga qarab sinflarga bo`linadi (19-jadvalga qarang).
1. Sof tug`ma elementlar sinfi. Bu elementlar soni 30 dan ortiq, ko`pchilik qismini metallar tashkil etadi. Sof elementlarning yer qobig`idagi miqdori - 0,1%.
Metall xillariga oltin, kumush, mis, platina va nometall turlariga oltingugurt, grafit, olmos kiradi.
2. Sulfidlar va sulfotuzlar sinfi. Bu guruhga kiruvchi 40 dan ortiq metallar oltingugurt, selen, tellur, margimush va surmalar bilan birikmalar hosil qilib, og`irlik miqdori Yer qobig`ining 0,15% ga teng. Bu guruhiga oid minerallarning eng muhimlari: xalkozin – CuS2, argentit –Ag2S, galenit - PbS, sfalerit - ZnS, grinokit - CdS, kinovar - HgS, nikelin - NiS, pentlandit - (FeNi)9S8, xalkopirit – CuFeS2, auripigment-As2 S2 , realgar -AsS, antimonit-Sb2S3, vismutin –Bi2S3, molitbdenit-MoS2, pirit – FeS2, kobaltin-SoAsS, arsenopirit - FeAsS va boshqalar.
3. Galoid birikmalar sinfiga ftoridlar va xloridlar, bromidlar kiradi. Bularning ko`pchiligi ion bog`lanishli birikmalar hosil qilib, kimyoviy nuqtayi nazardan qaraganda HF, HCl, HBr va HJ kislotalarining tuzlaridan iborat. Bu guruhga mansub minerallar ftoridlar - fluorit – CaF2 xloridlar - galit- NaCl silvin -KCL, kerargirit - AgCL va karnallit - MgCl KCL 6H2 O
4. Oksidlar sinfi. Kislorod bilan 40 ga yaqin elementlar turli xil birikmalar hosil qiladi. Yer po`stidagi oksidlarning umumiy og`irligi 17% ni tashkil etadi. Bundan 12,0% kremnezyom oksidi, 3,9% temir oksidi va gidroksidi va qolgan qismida aluminiy, marganes, titan va xrom oksidlari va gidroksidlari tashkil qiladi. Bu guruhga kiradigan minerallar sodda va murakkab oksidlar va gidroksidlar deyiladi. Tabiatda keng tarqalganlariga: kuprit - CuO, korund – Al2O3, gematit – Fe2 O3, ilmenit – FeTiO3 , megnetit - FeO Fe2 O3 , shpinel – MgAl2 O4 , xrizoberill – BeAl2 O4 , rutil – TiO2, kassiterit – SnO2 , priluzit – MnO2 , uranit, kvars – SiO2 va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |