Mineral chizig’ining rangi – mayin kukun holidagi mineralning rangi ko’pincha mineral donasini rangi bilan to’g’ri kelmaydi.
Piritning rangi somonsimon sariq bo’lib, chizig’i esa qoradir.
Flyuoritning rangi yashil, binafsha bo’lib, chizig’i esa oqdir.
Gematitning rangi qora, chizig’i olachasimon qizil bo’ladi.
Mineralning chizig’ini aniqlash uchun glazur bilan qoplanmagan farfor plastinkasiga chizamiz.
Minerallarning qattiqligi. Minerallarning sirti tirnalganda chizilishiga ko'rsatgan qarshiligi minerallarning qattiqligi deb ataladi. U qattiqligi oldindan ma'lum bo'lgan mineral bilan chizib-tirnab ko'rib aniqlanadi. Qaysi mineralda tirnalgan iz qolsa, shu mineral yumshoq bo'ladi, qirgan mineral esa unga nisbatan qattiq hisoblanadi. Minerallarning shu хususiyatiga qarab, F Moos tomonidan qattiqlik shkalasi tuzilgan.
2-jadval
Minerallarning qattiqlik shkalasi
Etelon minerallar
|
№ MOOS shkalasi bo’yicha qattiqligi
|
Qattiqligini MOOS shkalasida aniqlash
|
Talk
|
Mg2 [OH]2[Si4O10]
|
1
|
qo’lga yog`dek o’nnaydi
|
Gips
|
CaSO4 2H2O
|
2
|
qog`ozga chizadi, tirnoq bilan chizsa bo`ladi
|
Kaltsit
|
CaCO3
|
3
|
Miss simni chizadi
|
Fluorit
|
CaF2
|
4
|
Miss sim va oynada chizmaydi
|
Apatit
|
Cas[RO4]3 (Cl,F,OH)
|
5
|
Oynani bilinmas chizadi
|
Ortoklaz
|
K[AlSi3O3]
|
6
|
Oynani chizadi
|
Kvarts
|
SiO2
|
7
|
Oynani oson chizadi
|
Topaz
|
Al2[SiO4]F,OH]2
|
8
|
Oynani deyarli kesadi
|
Korund
|
Al2O3
|
9
|
Oynani kesadi
|
Olmos
|
C
|
10
|
Oynani osongina kesadi
|
1 - Тalk
|
2 - Gips
|
3 - Kaltsit
|
4 - Fluorit
|
5 - Аpetit
|
|
|
|
|
|
6 - Оrtoklaz
|
7 - Кvarts
|
8 - Тopaz
|
9 - Кorund
|
10 - Olmos
|
|
|
|
|
|
Minerallarning kimyoviy tarkibi va klassifikatsiyasi
Mineral tabiatda turli-tuman fizik va kimyoviy termodinamik sharoitlarda ma'lum temperatura va bosim ostida paydo bo’ladi. Minerallarni hosil bo’lish sharoitlariga qarab ikkiga-birlamchi va ikkilamchi minerallarga bo’linadi. Magmaning sovib kristallanishidan hosil bo’lgan (kvarts, dala shpati, amfibollar va boshqa) minerallar birlamchi hisoblanadi. Tog’ jinsi hosil bo’lgandan keyin sodir bo’ladigan turli jarayonlar (kimyoviy reaksiya, nurash, issiqlik ta’siri va hakazo) tufayli hosil bo’lgan appatit, xlorit, kaolin va boshqa minerallar ikkilamchi minerallar deyiladi.
Minerallar kimyoviy tarkibi va kristall strukturasiga qarab qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.
Sof elementlar guruhi
Sul’fadlar.
Galloidli birikmalar
Oksidlar va gidrooksidlar
Karbonatlar
Sul’fatlar
Silikatlar
Fosfatlar
Vol’fromatlar
Qo’yida tog’ jinsini hosil qiluvchi minerallarning asosiy xarakterlari 1-jadvalda berilgan.
Mineral namunasi bilan ishlashda avval o’rganilayotgan mineralning qaysi guruhga mansub ekanligini aniqlab olish, so’ngra mineralning nomini uning rangi, qattiqligiga qarab topish kerak bo’ladi. Mineralning xususiyatlarini o’rganishda ularning kimyoviy tarkibiga, ichki tuzilishiga va ularda sodir bo’ladigan keyingi o’zgarishlarga e’tibor berish kerak. Buning uchun darslikdan va 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanish lozim.
Tajriba mashg’ulotlarini bajarish tartibi:
1. Sizga berilgan mineralning ko’zga yaqqol ko’rinib turadigan ikki-uch belgisini toping.
2. MOOS qattiqlik shkalasidan foydalanib, minerallning nisbiy qattiqligini aniqlang.
3. Mineralning qanday kimyoviy birikma turiga mansub ekanligini aniqlang va kimyoviy formulasini yozing.
4. Mineralning genezisi va xususiyatlarini uning xolatiga yoki nuraganligiga qarab aniqlash.
5. O’rganilayotgan mineral qanday tog’ jinslari tarkibida uchrashini belgilang.
Tekshirish natijalarini laboratoriya ishlari daftariga yozing.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Mineral deb nimaga aytiladi?
2. Minerallar tabiatda necha turi aniqlangan?
3. Minerallarning qattiiqlik shkalasini yaratgan olim?
4. Minerallarlarning qattiqlik shkalasida necha xil mineral mavjud?
5. Minerallarning sinishini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |