Minerallarning tiniqligi – minerallar plastinkachalarining nurni nechog’li yaxshi o’tkazishiga qarab tiniq, yarim tiniq, xira va tiniqmas bo’ladi. Tiniq minerallarga tog’ billuri, gips, osh tuzi, yarim tiniq minerallarga opal, xalsedon minerallari, yupqa plastinkalaridan nur o’tadigan, shunda ham tagidagi jismlar bilinar bilinmas ko’rinadigan xira minerallarga dala shpatlari va hech nur o’tkazmaydigan, tiniqmas minerallarga pirit, gematit, magnetit, va boshqa minerallar misol bo’ladi.
Minerallarning yaltiroqligi. Minerallarning sirti yorug’lik nurini ma’lum darajada qaytaradi. Ba’zi minerallarning sirti xira, boshqa minerallarning sirti esa yaltiroq bo’ladi. Minerallarda shishasimon metalsimon, sadafsimon va och kulrang tusdagi yaltiroqlik ko’proq tarqalgan.
Mineralning yaltiroqligi uning sindirish ko`rsatikichga (p) bog`liqdir u qo’yidagicha bo`linadi:
metaldek - pirit, galenit;
yarim metaldek - magnetik, il'menit;
metaldek yaltiramaydigan;
A) olmosdek – kassiterit, sfalerit;
B) sadafdek – talk, slyuda;
V) shishadek – dala shpatlari, kaltsit;
G) yog’dek – nefelin, kvarts (sinishida).
Mineral donalaridan tashkil topgan agregatlarning yaltiroqligi donalarning joylanish formasiga va uning katta – kichikligiga bog’liqdir va u qo’yidagicha bo’ladi:
ipakdek-gips, selenit, asbest;
mumdek-serpentin, xaltsedan;
Minerallarning sinishi. Minerallarni sindirganda hosil bo’lgan tekis yoki notekis yuza minerallarning sinish xossasi deb ataladi va qo’yidagi sinish turlariga bo’linadi chig’anaqsimon-kvarts, zirapchasimon - tolali gips, asbest; tuproqsimon - kaolin, limonit.
Minerallarning ulanish tekisligi. Minerallarning ma’lum yo’nalish bo’yicha ulanish joyidan ajralish natijasida hosil bo’lgan tekis yuzalarga ulanish tekisligi deyiladi.
Ulanish tekisligi turlari
1-jadval
Ulanish tekisligi tiplari
|
Hosil bo’lishi
|
Misollar
|
O’ta mukammal
|
Mineral juda osonlik bilan ayrim plastinkalarga ajraladi
|
Slyuda, talk, xloritlar
|
Mukammal
|
Mineral ulanish tekisligi va boshqa tomonlar bo’ylab ajraladi
|
Kalsit, galit, dala shpatlari
|
O’rtacha
|
Mineral kamdan-kam ulanish yuzasi bo’ylab parchalanadi
|
Avgit, rogovaya obmanka
|
Nomukkal
|
|
Kvarts, nefelin, apatit
|
Minerallarning solishtirma og'irligiga qarab og'ir va yengil minerallarga bo'linadi. Solishtirma og'irligi 2,9 g/sm3dan ortiq bo'lganlari og'ir minerallar, kam bo'lgani yengil minerallarga kiradi
Minerallarning shaffofligi. Minerallarning o'zidan nur o'tkazish хususiyatiga uning shaffofligi deb ataladi. Minerallar shaffofligiga ko'ra shaffof (tog' billuri, kal'tsit, flyuorit, osh tuzi) yarim shaffof (хal'tsedon, opal, berill, kinovar, kvartsning ba'zi хillari) va shaffof emas (soхta mug'uz, grafit, magnetit, pirit) turlarga bo'linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |