Mineral o‘G‘itlar va tuzlar kimyoviy texnologiyasi 140 14,15–mavzular: ekstraksion fosfat kislota ishlab chiqarish


MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana10.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#773509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
МУ ва ТКТ УУМ 6-семестр 2021-140-156

MINERAL O‘G‘ITLAR VA TUZLAR KIMYOVIY TEXNOLOGIYASI 
144 
Ekstraktorlar, aralashtirgichlar, o’tkazuvchi quvurlar, nasoslar va boshqa 
jihozlar qaynoq fosfat kislota ta’siri (korroziyasi) dan va suspenziyani aralashishi 
hisobiga yuzaga keladigan ishqalanish ta’sirida yemirilish (eroziya) dan himoya 
qilingan bo’lishi lozim. 
Fosfatli xomashyo, sulfat va aylanma fosfat kislota me’yorlashtiruvchi 
qurilmalar va nasoslar yordamida ekstraktorning birinchi bo’linmasiga uzatiladi. 
Dastlabki aralashmada fosfat kislota ham bo’lganligi sababli: 
Ca
5
(PO
4
)
3
F + 7H
3
PO
4
+ 5H
2
O = 5Ca(H
2
PO
4
)
2
∙H
2
O + HF 
tenglama bilan ifodalanuvchi reaksiya ham sodir bo’lishi mumkin. Hosil bo’ladigan 
monokalsiyfosfat sulfat kislota bilan qayta ishlanib, kalsiy sulfat kristallantiriladi. 
Ekstraktorning birinchi bo’linmasiga, shuningdek, oxirgi yoki undan oldingi 
bo’linmadan suspenziyaning birtalay qismi qaytariladi – bu esa to’yinishning 
kamayishini va kalsiy sulfatning kristallanish sharoti yaxshilanishini ta’minlaydi. 
Ekstraktorning gazli bo’shlig’idan xomashyoni parchalanishi natijasida ajraladigan 
ftorli gazlar absorbsion sistemaga so’rib olinadi, u yerda H
2
SiF
6
ning suvli eritmasi 
bilan tutib qolinadi.
Ekstraktorning oxirgi bo’linmasidan kalsiy sulfatning fosfat kislotali 
suspenziyasidagi komponentlarni ajratish uchun filtrlashga yuboriladi. Fosfogipsni 
reaksion massa suyuq fazasidan ajratish natijasida – asosiy filtrat, fosfogipsni suv 
bilan yuvish natijasida esa – 
yuvindi filtrat
hosil qilinadi. Asosiy filtratning bir qismi 
tayyor mahsulot sifatida chiqariladi, qolgan qismi esa yuvindi filtrat bilan 
aralashtiriladi va 
aylanadigan eritma
tarzida ekstraktorga qaytariladi. Yuvish soniga 
bog’liq holda turli konsentratsiyadagi bir necha filtratlar hosil bo’ladi. Yuvish soni 
bo’yicha filtrlash sxemasi nomlanadi, masalan uch-, to’rtfiltratli va x.o. 
Fosfogipsning ajratilishi va yuvilishi barabanli lentali, aylanuvchi konveyer-
tarnovli (karuselli) va boshqa vakuum-filtrlarda amalga oshiriladi. Filtrlarga 
qo’yiladigan asosiy talab bu fosfat kislotadan cho’kmani yaxshi yuvib olishni 
ta’minlashdir. 
Ko’pincha katta quvvatdagi ekstraksion sistemalarda tarnovli karusel vakuum-
filtrlar qo’llaniladi (14.2 – rasm). U alohida-alohida 24 tarnovdan iborat va ularning 
tag qismiga filtrlovchi to’qima yotqizilgan bo’ladi. Tarnov uzunligi 1,9 m ni, eni - 
ichki bo’lmasida 0,9 m ni, tashqi bo’lmasida esa 1,2 m ni va chuqurligi 0,2 m ni 
tashkil etadi. Tarnovlar aylanma rels bo’yicha harakatlanadigan g’ildirakli 
aravachalarga o’rnatilgan bo’ladi. 



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish