Milodiy 7 asrgacha


Mustaqillik davri adabiyoti (20 asrning 90-yillaridan)



Download 166,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana26.04.2022
Hajmi166,66 Kb.
#582429
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Oʻzbek adabiyoti - Vikipediya

Mustaqillik davri adabiyoti (20 asrning 90-yillaridan)
Rauf Parfi (1943-2005)
Rauf Parfi (taxallusi — Oʻzturk) 1943 yil 27 sentabrda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l
tumaniga qarashli Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Parfi Muhammadamin savodli
bo‘lib, Farg‘onaning Vodil qishlog‘idan sho‘rolar quvg‘ini tufayli Sho‘ralisoyga kelib qolgan.
Onasi — Sakinaxonim Isabek qizi ham asli Farg‘onadan edi. Rauf 1958 yilda 8-sinfni
tugatgach, o‘qishni Yangiyo‘l shahridagi kechki maktabda davom ettiradi, mehnat faoliyatini
boshlaydi. Shoir 1960-1965 yillarda ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (diplom
ololmagan). Rauf Parfi gazetalarda, Kinematografiya davlat qo‘mitasida, Gʻafur Gʻulom
nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, shu uyushmadagi Targ‘ibot markazida,
„Jahon adabiyoti“ jurnalida (1997-1999) ishladi. Rauf Parfi „Oʻzbekiston xalq shoiri“ dir
(1999). U 1992 yilda xalqaro Mahmud Qoshg‘ariy sovriniga sazovor bo‘lgan.
Rauf Parfi Bayronning „Manfred“, Nozim Hikmatning „Inson manzaralari“, Mahmud
Hodiyning „Ozodlik lavhalari“ („Alvohi intiboh“), Karlo Kaladzening „Dengiz xayoli“, A.
Dyumaning „Uch sarboz“ va boshqa asarlarni o‘zbek tiliga o‘girgan.
Asarlari: „Karvon yo‘li“ (1969, birinchi sheʼriy kitobi), „Aks — sado“ (1970), „Tasvir“ (1973),
„Xotirot“ (1974), „Ko‘zlar“ (1976), „Qaytish“ (1981), „Sabr daraxti“ (1986), „Sukunat“ (1989),
„Tavba“ (2000) kabi to‘plamlari, „Sukunat“ (1991), „Adashgan ruh“ dostoni, „Hijrat“, „Men


yolg‘izman“, „Pag‘a-pag‘a oppoq qor yog‘ar“, „Ona Turkiston“ (1992), „Turkiston ruhi“ (1993),
„Saylanma“ (1993), „Tong otmoqda“, „Shoir“, „Xato qildim“, „Cho‘lpon“, „Yomg‘ir yog‘ar“
(bunda yomg‘ir ilhomning ramzi) kabi sheʼrlari, „Abdullajon“ marsiyasi va boshq.
Ahmad A'zam
Ahmad Aʼzam — yozuvchi, munaqqid, ssenarist, telejurnalist
1949 yili Samarqand viloyati, Jomboy tumanidagi Gʻazira qishlogʻida tugʻilgan.
1971 yili Samarqand davlat universitetining oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.
Shu yili Alisher Navoiy nomidagi muzeyda ish boshlagan. Keyin „Guliston“ jurnali,
„Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi, „Sovet Oʻzbekistoni sanʼati“ jurnali
redaksiyalarida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ishlagan, siyosiy faoliyat bilan
shugʻullangan, „Birlik“ xalq harakati hamraisi, „Erk“ demokratik partiyasi bosh kotibi boʻlgan.
Oliy Majlis deputatligiga saylangan (1999-2004 yillar).
1995 yildan Oʻzbekiston televideniesida bosh muharrir, „Oʻzbekiston“ telekanali bosh
direktori, „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh direktori lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston televideniyesida yuzlab koʻrsatuvlar va hujjatli filmlar qilgan, ulardan eng
mashhurlari: „Oʻzlik“, „Xalqning koʻngli“, Toʻrtinchi hokimiyat" .
„Oyning gardishi“, „Bu kunning davomi“, „Asqartogʻ tomonlarda“, „Soyasini yoʻqotgan
odam“, „Oʻzi uylanmagan sovchi“ degan nasriy asarlar, „Mas’ul soʻz“ degan adabiy-tanqidiy
maqolalar toʻplamidan iborat kitoblari bosilgan.
Xurshid Davron
Xurshid Davron(1952-yil 20-yanvarda Samarqandda tugʻilgan) — oʻzbek shoiri, jurnalisti,
tarixchisi, tasavvufshunosi, yozuvchisi va tarjimoni.
Xurshid Davronning butun ijodi ona Turkiston va Samarqand tarixi bilan yoʻgʻrilgan. Uning
„Samarqand xayoli“, „Sohibqiron nabirasi“, „Shahidlar shohi yohud Shayx Kubro tushlari“
asarlari Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek, Mirzo Bobur hayoti va faoliyaning ayrim bosqichlariga,
Turkiston tasavvuf maktablari tarixiga bagʻishlangan.
Xurshid Davron dramaturgiya sohasida ham ijod qiladi. „Bobur sogʻinchi“, „Algʻul yulduzi“
(Mirzo Ulugʻbek) pʼyesalarining muallifi. „Bobur sogʻinchi“ asari 2003-yilda Muqimiy
nomidagi musiqiy-drama teatri va 2004-yilda Oʻzbekiston sanʼat institutining talabalar teatri
sahnasida qoʻyilgan.
Chop etilgan kitoblari:
„Qadrdon quyosh“ — Sheʼrlar toʻplami,1979 "Shahardagi olma daraxti — "Sheʼrlar
toʻplami,1979 „Tungi bogʻlar“ — Sheʼrlar toʻplami,1981 „Uchib boraman qushlar bilan“ —
Sheʼrlar toʻplami,1983 „Toʻmarisning koʻzlari“ — Sheʼrlar toʻplami,1984 „Bolalikning ovozi“ —
Sheʼrlar toʻplami,1986 „Qaqnus“ — Sheʼrlar toʻplami,1987 „Polet odinokoy ptitsi“ — Sbornik
stixov,1989 „Samarqand xayoli“ — Maʼrifiy maqolalar, esselar va tarixiy qissalar,1991
„Sohibqiron nabirasi“ — Tarixiy hikoylar va qissalar,1995 „Shahidlar shohi“ (Shayx Kubro
tushlari" — Tarixiy-maʼrifiy qissa,1998 „Bahordan bir kun oldin“ — Sheʼrlar toʻplami,1997


„Bibixonim qissasi“ — Tarixiy hikoyalar va qissalar,2007 „Shayx Kubro tushlari“ — Tarixiy-
maʼrifiy qissa, ikkinchi nasr,2008
Shuningdek,Xurshid Davronning oʻndan ortiq jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari ham
nashr etilgan.
Shavkat Rahmon
(1950-1996)
XX asr o‘zbek sheʼriyatining o‘ziga xos vakili, millatparvar shoir Shavkat Rahmon 1950 yil 12
sentabrda Oʻsh shahrida tug‘ilgan. Otasi Rahmonberdi va onasi Oftobxon asli shahrixonlik
edilar. 1966 yil o‘rta maktabni bitirgach, ikki yil ketma-ket ToshDUning filologiya fakultetiga
o‘kishga hujjat topshiradi, lekin tanlovdan o‘ta olmaydi.
Matbuotda Moskvadagi Adabiyot institutiga tanlov eʼlon qilingach, o‘z sheʼrlarini yuboradi
va tanlovdan o‘tadi. U yerda tengdoshlari Halima Xudoyberdieva, Murod Muxammad Do‘st,
Sobit Madaliev kabi adiblar bilan yonma-yon saboq oladi. 1975 yilda o‘qishni tugatib,
Toshkentga keladi va bir qator nashriyotlarda muharrirlik qiladi. Shavkat Rahmon 1996 yil 2
oktabrda uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.
1996 yilda shoirga „Oʻzbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“ unvoni berildi,
vafotidan so‘ng „Saylanma“ si (1997) nashr qilindi.
Asarlari: „Rangin lahzalar“ (1978), „Yurak qirralari“ (1981), „Ochiq kunlar“ (1984),
„Gullayotgan tosh“ (1985), „Uyg‘oq tog‘lar“ (1986), „Xulvo“ (1987) kabi sheʼriy kitoblari,
Federiko Garsia Lorka sheʼrlari tarjimalari va boshq.
Husniddin Sharipov
1933 yil 10 fevralda Namanganning Pop shahrida tugʻildi. Namangan qishloq xoʻjalik
texnikumini (1949) va Toshkent qishloq xoʻjalik institutini (1954) tugatgan. Oʻrmon-
melioratsiya injeneri.
Omon Muxtor
Omon Muxtor (Omonov Muxtor Sulaymonovich) 1941 yil 16 iyulda Buxoro shahrida
tugʻilgan. 1958 yil maktabni, 1964 yil Toshkent Davlat Universiteti jurnalistika boʻlimini
tugatgan. Bolalar gazetasi, Oʻzbekiston radiosi, Kino qoʻmitasida ishlagan. Adabiyot
nashriyotida muharrirlik qilgan. 1983 yildan „Sharq yulduzi“ jurnalida ishlab keladi. Hozirgi
kunda jurnalning Bosh muharriri.
Usmon Azim
Shoir, dramaturg, kinodramaturg va nosir. 1950 yil Surxondaryo viloyatining Boysun
tumanida tugʻilgan. 1972 yil Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini
tugatgan.
Halima Xudoyberdiyeva
Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947 yil 17 mayda Boyovutdagi „Taraqqiyot“ jamoa
xoʻjaligida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini
tugatgan (1972). Mehnat faoliyatini „Saodat“ jurnalida boʻlim boshligʻiligidan boshlagan
(1972). Talabalik yillarida „Ilk muhabbat“ (1968) sheʼriy toʻplami chop etildi. Shoiraning „Oq
olmalar“ (1973), „Chaman“ (1974) toʻplamlari izma-iz bosildi. Halima birdan oʻziga xos


shoira sifatida tanildi. 1975—1977 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot
kursida oʻqidi. Shu yillarda shoiraning „Beliye yabloki“ (Sovetskiy pisatel, 1977), „Suyanch
togʻlarim“ (1976), „Bobo quyosh“ (1977) toʻplamlari bosildi.
Ozod Sharafiddinov
Adabiyotshunos, adabiy tanqidchi O.Sharafiddinov 1929 yil 1 martda Qoʻqon yaqinidagi
Oxunqaynar qishlogʻida tugʻildi. Toshkentdagi 14-oʻrta maktabni, Oʻrta Osiyo Davlat
universiteti (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tugatdi (1951). Moskvada aspiranturani
tugatdi, fan nomzodi ilmiy darajasini oldi (1955). Ozod Sharafiddinov poeziya muammolari
bilan shugʻullandi, oʻzbek sheʼriyati va uning holati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi.
Oʻsha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari „Zamon. Qalb. Poeziya“ (1962)
asarida oʻz aksini topgan. XX asrning 60-80 yillarida u Choʻlpon hayoti va ijodini targʻib
qilishga intildi. O. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotining Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor,
Shayxzoda, Mirtemir, Zulfiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi:
„Isteʼdod jilolari“ (1976), „Adabiy etyudlar“ (1968), „Abdulla Qahhor“ (1988), „Birinchi
moʻjiza“ (1979). Olim ijodida oʻzga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan
„Yalovbardorlar“ (1974)
Umarali Normatov
Adabiyotshunos, tanqidchi Umarali Normatov 1931 yil 3 yanvarda Fargʻona viloyatining
Rapqon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgu OʻzMU) filologiya
fakultetini tugatgan (1952—1957), aspiranturasida taʼlim olgan (1959—1962).
Naim Karimov
Oʻzbek adabiyotshunosi Naim Fatihovich Karimov 1932 yil 12 dekabrda Toshkentda ziyoli
oilada tugʻuldi. U 1955 yilda SAGU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) filologiya
fakultetini tamomlagan.
Yo'ldosh Sulaymon
Yoʻldosh Sulaymon (Yoʻldoshali Sulaymonov)1935 yli 12 avgustda Fargʻona viloyatining
Oʻzbekiston tumanidagi Mingtosh Qishlogʻida dehqon oilasida tavallud topgan. Uning
hayotga, adabiyotga qiziqishi odamlarga muhabbati oʻquvchilik chogʻlarida (1944—1954)
shakllangan edi. Fargʻona institutida oʻqigan yillarida (1955—1960) ilk sheʼrlari, hikoyalari,
maqolalari matbuotda chop etila boshladi. Institutni tugatgach, u 27 yil „Fargʻona
haqiqati“(sobiq „Kommuna“) gazetasi tahririyatida mehnat qildi.
Erkin Vohidov
Taniqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. 1936 yilning 28 dekabrida Oltiariq tumanida
oʻqituvchi oilasida tugʻilgan. Toʻqqiz yoshida otasidan, bir yildan soʻng onasidan ajralgan.
Toshkentlik togʻasi Karimboy Sohiboev qoʻlida tarbiyalangan. ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning
oʻzbek filologiyasi fakultetida (1955—1960) tahsil olgan. Soʻng turli nashriyot va gazeta-
jurnallarda ishladi. Respublikamiz yoshlarining birinchi jurnali „Yoshlik“ning asoschisi
(1982).
Tursunboy Adashboyev


Shoir Tursunboy Adashboev 1939 yil 1 yanvarda Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatiga
qarashli Olabuqa tumanidagi Safed Bulon qishlogʻida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach,
ToshDU (hozirgi OʻzMU) ning jurnalistika fakultetida (1962—1968) oʻqigan. Moskvadagi
Adabiyot institutida ham tahsil olgan.
Shukur Holmirzaev
Isteʼdodli oʻzbek yozuvchisi. 194O yilning 24 martida Surxondaryo viloyatining Boysun
tumanidagi Shahidlar qishlogʻida tugʻilgan. 1957—1962 yillarda ToshDU (hozirgi
OʻzMU)ning filologiya fakultetiga oʻqigan. Soʻng Toshkentdagi bir qator nashriyot va gazeta-
jurnallarning tahririyatlarida ishladi.
Abdulla Oripov
Atoqli oʻzbek shoiri va jamoat arbobi. U hozirgi oʻzbek sheʼriyatida inson qalbidagi
murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy oʻziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkordir.
Abdula Oripov hozirgi oʻzbek sheʼriyatiga yangicha badiiy tafakkur yoʻsinlarini olib kirdi. U
tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Choʻlpon, Gʻ. Gʻulom singari ijodkorlar badiiy
anʼanalarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi milliylik ruhi bilan sugʻorilgan.
Oʻtkir Hoshimov
Taniqli oʻzbek yozuvchisi va jamoat arbobi. 1941 yili 4 avgustda Toshkentda Doʻmbirobod
mahallasida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetida oʻqigan. Turli
tahririyat va nashriyotlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
qoʻmita raisi.
Oydin Hojieva
1942 yil 22 aprelda Buxoroning Qiziltepa tumanidagi Hojayi Boʻston qishlogʻida tugʻildi.
1965 yilda ToshDU (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetini bitirdi.
Begali Qosimov
Adabiyotshunos Begali Qosimov 1942 yil 19 dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi
tumani Devov qishlogʻida tugʻilgan. Ilmiy-pedagogik faoliyati Oʻzbekiston Milliy umiversiteti
oʻzbek filologiyasi fakulteti bilan bogʻliq: 1958—1963 yillarda talaba, 1963—1968 yillarda
aspirant, 1966 yildan oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida ishlab
kelmoqda.
Muhammad Ali
Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov)1942 yil 13 martda Andijonning Boʻz tumanida
tugʻlgan. U shoir, yozuvchi, olim va jamoat arbobi. Bekoboddagi oʻrta maktabni (1959),
Moskvadagi Gorkiy nomidagi adabiyot institutini (1996) tamomlagan. Qisqa muddat
Andijon va Fargʻona viloyatlari maktablarida oʻqituvchilik qilgan. Adabiyot va sanʼat
nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, professor (1993—1994), Halqaro oltin meʼros hayriya
jamgʻarmasi boshqaruvi raisi (1992—2002) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003 yildan u halqaro
Amir Temur hayriya jamgʻarmasi boshqaruvi raisi.
Tohir Malik


Tohir Malik Abdumalik oʻgʻli Habilovning adabiy taxallusi, Toshkentda tugʻilgan, Toshkent
Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakulteti kechki
boʻlimida oʻqidi, kunduzi qurilishda ishladi. 1966 yildan beri Oʻzbekiston radiosida, gazeta
va jurnallar tahririyatida, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida, nashriyotlarda ishladi. Hozir
„Sharq“ NMAK Bosh tahririyatida muharrir.
Anvar Obidjon
Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Pologʻon qishlogʻida
dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida „Gʻuncha“ jurnalida „Shkafjon“ nomli
birinchi sheʼri bosilgan (1960). Anvar 1946—1966 yillarida Samarqand moliya texnikumida,
1973—1979 yillarda ToshDUning jurnalistika fakutetida sirtdan oʻqigan.
Togʻay Murod
Togʻay Murod — Togʻaymurod Mengnorovning taxallusi. U 1948 yili Surxondaryoning Denov
tumanidagi Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Qishlogʻidagi 43-maktabni bitirgach (1966),
Toshkent Dablat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida oʻqigan (1966—
1972). U respublika radiosida muharrir (1972—1976), „Oʻzbekiston fizkulturachsi“
gazetasida tarjmon (1976—1978), „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim muharriri (1982—1984)
boʻlgan. 1985—1987 yillarda Moskvadagi Adabiyot institutida oʻqigan.
Azim Suyun
Azim Suyun (Azimboy Alimovich Suyunov) 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt
qishlogʻida tugʻilgan. Oliy maʼlumotli. 1977 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi
OʻzMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. I chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
deputati.
Rahimjon Otaev (Otauli)
Oʻzbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan taniqli adib, tarjimon, publitsist
va munaqqid. U 
1949
yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlogʻida
tugʻilgan. 
1973
yilda hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini
tamomlagan. Oʻrta maktabda oʻqituvchi, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida uslubchi,
Respublika Matbuot va axborot agentligida maslahatchi muharrir boʻlib ishlagan. 
1983
yildan buyon Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.
Erkin Aʼzam
1950 yil 10 avgustda togʻli Boysunda tugʻildi 1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Xozir
Oʻzbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida
muharrir, „Guliston“ va „Yoshlik“ jurnallarida boʻlim muharriri, Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri boʻldi. 1992—1994 yillarda Oʻzbekiston
milliy axborot agentligida bosh direktori oʻrinbosari. 1995 yildan „Tafakkur“ jurnali bosh
muharriri I, II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi derutati.
Sharof Boshbekov
Samarqand viloyati Bulungʻur tumanidagi Gʻubir qishlogʻida 1951 yil 4 yanvarda tugʻildi.
1974 yili Sanʼat institutining musiqali aktyorlik boʻlimini tugatdi. Toshkentdagi „Muqimiy“



Download 166,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish