Sovet davri adabiyoti (20 asrning 30-80 yillari)
Gʻafur Gʻulom
1903 yilning 10 mayida Toshkent shahrida tugʻilgan. „Shum bola“ (1936) avtobiografik
qissasida ijodkorning bolaligi, asr boshidagi Toshkent hayoti tiniq tasvirlangan.
Oybek
Oybek — 1905 yilda 10 yanvarda Toshkentning Govkush mahallasida tugʻilgan Muso
Toshmuhammadning adabiy taxallusi. „Bolalik xotiralarim“ (1963) asarida bolaligini: ota-
onasi, qarindoshlari, 20 asr boshidagi Toshkent va uning atrofidagi qishloq, kentlarni, ilk
sabogʻi, saboqdoshlarini tasvirlaydi.
Abdulla Qahhor
Talantli oʻzbek yozuvchisi. 1907 yil 17 sentabrda Qoʻqonda tugʻildi. Oldin eski maktabda,
„Istiqbol“ maktab-internatida, soʻngra Qoʻqon pedtexnikumida oʻqidi. 1925 yilda Toshkentga
kelib, turli tahririyatlarda mehnat qildi. 1926—1930 yillarda Oʻrta Osiyo davlat
universitetining pedagogika fakultetida tahsil oldi. Umri mobaynida turli ijodiy
muassasalarda ishladi.
Mirkarim Osim
Toshkentda ziyoli oilasida tugʻildi. „Shamsulurfon“ maktabida, Narimonov nomli
texnikumda (1924) oʻqidi. Sanʼat, adabiyot, milliy tarixga qiziqdi. Maktabda dars berdi,
tadqiqot institutida ilmiy xodim boʻldi, matbuot tahririyatlarida ishladi.
Maqsud Shayxzoda
Taniqli shoir va dramaturg. U aslida ozarbayjon millatiga mansub boʻlib, 1908 yilda Oqtosh
shahrida vrach oilasida tugʻilgan. Oʻrta maʼlumotni Oqtoshda olgan 1921—1925 yillarda
Boku dorulmualliminida oʻqigan. Keyin Dogʻistonning Darband, Boʻynoq shaharlarida
muallimlik qilgan. Shu davrda millatchi sifatida sudlanib, Toshkentga surgun qilinadi. Turli
tahririyatlarda xizmat qiladi. 1938 yildan to umrining oxirigacha Nizomiy nomidagi
pedagogika institutida ishladi. 50-yillarning boshida shoʻrolarga qarshi faoliyatda ayblanib,
25 yilga qamaldi. Shaxsga sigʻinish fosh etilgach, 1956 yilda qamoqdan chiqarildi.
Hamid Olimjon
Isteʼdodli shoir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 1909
yilning 12 dekabrida Jizzaxda tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida
tahsilni Samarqanddagi pedakademiyada davom ettirgan. „Koʻklam“ nomli birinchi sheʼriy
toʻplami 1928 yilda bosilib chiqqan. Sheʼrlarida lirik pafos yetakchilik qiladi. 30-yillarda
shodlik va baxt kuychisi sifatida tanildi.
Mirtemir
Oʻzbek sheʼriyati taraqqiyotida oʻziga xos oʻrin tutgan shoir Mirtemir Tursunov 1910 yilning
10 mayida Turkiston shahri yaqinidagi Iqon qishlogʻida tugʻildi. Oʻn bir yoshida qishlogʻidan
Toshkentga keldi va Almaiy nomidagi maktabda tahsil koʻrdi. 1925 yilda oʻzbek erlar bilim
yurtiga kirib, uni 1929 yilda tugatdi. 1929 yilda Samarqanddagi pedakademiyaga oʻqishga
kirdi. 30-yillar boshida Mirtemir sud qilinib, qamoq muddatini mashhur Belomorkanal
qurilishida oʻtadi. Shoir ozod etilgach, turli oʻquv muassasalarida oʻqituvchi, teatrlarda
emakdosh, radio va nashriyot tahririyatlarida muharrir boʻlib ishladi. 1978 yil 23 yanvar kuni
vafot etdi.
Izzat Sulton
Adabiyotshunos, tanqidchi, dramaturg Izzat Otaxonovich Sultonov 1910 yilda Oʻsh shahrida
tugʻildi. 14 yoshida Toshkentga kelgan oʻspirin „Narimonov“ nomli maktabda oʻqidi, taʼlim-
tarbiya texnikumini bitirdi (1929), maktabda oʻqituvchi boʻldi (1930). 1930 yilda SAGUning
ijtimoiy fakultetiga oʻqishga kirdi. „Batrak“ gazetasida mas`ul kotib boʻldi (1931). 1932 yilda
oʻzining ilk adabiy-tanqidiy maqolasini „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida chop ettirdi.
Aspiranturadagi oʻqishni (1934—1937) jurnalistlik, tanqidchilik faoliyati bilan qoʻshib olib
bordi: „Kambagʻal dehqon“ gazetasi tahririyatida ishladi. 1937 yildan Izzat Sultonovning
qizgʻin ijtimoiy faoliyati boshlandi: Til va adabiyot institutining direktor oʻrinbosari (1937—
1942), Oʻzbekiston respublikasi Xalq komissarlari soyuzi qoshidagi radioeshittirish Davlat
qoʻmitasi raisi muovini (1942—1943), Toshkent badiiy filmlar studiyasi direktori (1943—
1945), Oʻzbekiston Ministrlar Soveti raisining madaniyat ishlari boʻyicha oʻrinbosari (1945-
1948)
Usmon Nosir
20 asr oʻzbek sheʼriyatiga chaqmoqdek kirib kelgan va yashindek qisqa ijodiy umr
kechirgan talantli shoir Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganda tugʻildi.
Otasidan etim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli
oʻspirin u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni
bitirgach, 1931 yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti(OʻzDU)ning filologiya
fakultetida oʻqidi.
Zulfiya
Oʻzbek shoirasi. 1915 yilning 1 martida Toshkentda tugʻilgan. Oʻrta maktabdan soʻng
pedagogika institutida va aspiranturada taʼlim olgan. 1938—1948 yillarda Bolalar
nashriyotida muharrir, keyinchalik Oʻzdavnashrda boʻlim boshligʻi, 1950 yildan 1980 yilga
qadar „Saodat“ jurnalida ishlagan. 1996 yilda vafot etgan.
Nazarmat
Nazarmat (Egamnazarov Nazarmat) 1917 yil Nov qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Oʻrta
maʼlumotni oʻz qishlogʻida, oliy maʼlumotni Samarqand Davlat universiteti filologiya
fakultetida oldi (1936—1941). Urush qatnashchisi, leytenant, vzvod komanderi, moto-oʻqchi
batalon komandiri oʻrinbosari (1942—1944), oʻzbek tilida chop etilfdigan harbiy gazeta
muhbiri (1945). Orden va medallar bilan taqdirlangan.
Matyoqub Qo'shjonov
Oʻzbek adabiyotshunosi va munaqqidi. 1918 yil 5 mayda hozirgi Turkmaniston
Respublikasining Toshhovuz viloyati Hallang qishlogʻida tugʻilgan. Filologiya fanlari doktori
(1972), Oʻzbekiston Respublikasi FAning aʼzosi (1979), Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi
(1978), Hamza nomidagi Davlat mukofoti laureati (1977).
Asqad Muxtor
Shoir va yozuvchi. 1920 yilning 23 dekabrida Fargʻona shahrida tugʻilgan. Bolalar uyida
tarbiyalangan. 1936 yilda maktabni bitirgan. Toshkentda jurnalistika kursida oʻqigan. Soʻng
1938 yilda Samarqanddagi OʻzDU filologiya fakultetiga oʻqishga kiradi. 1943—1945 yillarda
Andijon pedogogika institutida oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida mudir boʻlib ishlagan.
Said Ahmad
Mashhur oʻzbek adibi Said Ahmad (Saidahmad Husanxoʻjaev) 1920 yilning 10 iyunida
Toshkent shahrining „Samarqand darvoza“ mahallasida tugʻilgan.
Shukrullo
Shukrullo (Shukrullo Yusupov) 1921 yil 2 sentabrda Toshkentning Olmazor mahallasida
ziyoli oilada tugʻildi. Otasi — Yusufhoʻja Mahmudhoʻja oʻgʻli emchi boʻlgan. Onasi —
Zaynabxon ham ilmli ayol boʻlgan.
Mirmuhsin
Mirmuhsin (Mirsaidov) 1921 yil 3 mayda Toshkentning Kesakqoʻrgʻon mahallasida kulol
oilasida tugʻildi. Eski shahardagi 1-maktabni, Toshkent pedagogika instituning Til va
adabiyot fakultetini tugatgan. U Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, „Qizil Oʻzbekiston“
gazetasi tahririyatida ishlagan, uzoq muddat „Sharq Yulduzi“, „Mushtum“ va „Guliston“
jurnallarining bosh muharriri boʻlgan.
Odil Yoqubov
Odil Yoqubov 1926 yili Qozogʻistonning Turkiston viloyatida ziyoli oilasida tugʻilgan. Ikkinchi
jahon urushi boshlangach, urushda qatnashish uchun yoshini katta koʻrsatib, Yaponiya
frontiga joʻnagan. 1945 yildan 1950 yilgacha haqiqiy harbiy xizmatda boʻldi. 1951—1956
yillar mobaynida Oʻrta Osiyo Davlat universiiteti (hozirgi Milliy universitet)da taʼlim olgan.
„Literaturnaya gazeta“ning Oʻzbekiston boʻyicha muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar
uyushmasi raisi, „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ gazetasi bosh muharriri va boshqa
mas`ul vazifalarda ishlagan.
Pirimqul Qodirov
Pirimqul Qodirov 1928 yil 25 oktabrda Turkiston tizma togʻi etagidagi Kengqoʻl qishlogʻida
tugʻildi. 1951 yildan Oʻrta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi OʻzMU) sharqshunoslik
fakultetini va 1954 yili Moskvadagi Adabiyot institutining aspiranturasini bitirgan. Filologiya
fanlari nomzodi.
Ibrohim Gʻofurov
Yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim Gʻofurov 1937 yil 27 dekabrda Toshkentda
hunarmand oilasida tugʻildi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956—1961 yillarda SAGU (hozirgi
OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961—1982 yillarda Davlat badiiy adabiyot
nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida
ishladi.
Oʻrinboy Rahmonov
Shoir Oʻrinboy Rahmonov (1910-1980) Oʻsh shahrida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 17 yoshga
toʻlganda, dadasi tashkil etgan
Oʻsh oʻzbek drama teatrida
ijodiy
faoliyatini
1927
yildan
boshladi.
Teatrni
tashkil etish va tuzish birinchi yillarida qoʻshimcha oʻnta vazifalarini
bajargan:
artist
,
rejissyor
yordamchisi, xonanda, sozanda,
dramaturg
,
grimchi
,
rassom
,
suflyor
,
shoir
, kichkina pesalar va
qoʻshiqlar
uchun
sheʼrlar
yozgan. Oʻrinboy Rahmonov
boʻsh vaqtlarida
Oʻsh
va
Sulaymon togʻi
goʻzalligi xaqida koʻplab
sheʼrlar
yozgan. Oʻrinboy
Rahmonovning koʻp urugʻlari sanʼatkor,
shoir
boʻlishiga asosiy sabab
shoir
Xoʻjanazar
Huvaydo
(
1704
-
1780
yillar) qarindoshi boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |