Milliy valyuta tizimi mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo'lib, valyuta munosabatlarining yig’indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarni faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o'z ichiga oladi.
Milliy valyuta tizimining qonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:
6. Xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari (komponentlari) o'rtasidagi nisbatni aniqlash; 7. Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblarini tartibga solish; 8. Milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyatining rejimi; 9. Valyuta cheklanishlarining o'rnatilish tartibi; 10. Valyuta munosabatlariga xizmat ko'rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.

Milliy valyuta kursining rejimi. Valyuta kursining quyidagi rejimlari mavjud:
- qat'iy belgilangan kurslar rejimi. Davlat o'z iqtisodiy siyosatidan kelib chiqqan holda ma'muriy tarzda milliy valyuta kursini qat'iy belgilab qo'yishi mumkin. Masalan, Bretton-Vuds sharoitidagi qat'iy belgilangan kurslar rejimi;
- kichik chegaralarda tebranadigan kurslar rejimi. Bu holatda davlat o'z iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqib, milliy valyuta kursini ma'lum bir chegaralarda tebranishidan manfaatdor bo'ladi va valyuta siyosatining instrumentlaridan foydalangan holda ushbu maqsadga erishadi; - valyutaga bo'lgan bozor talab va taklifining o'zgarishi asosida erkin suzadigan (tebranadigan) kurslar rejimi hamda ularning turli ko'rinishlari. Bunga Yamayka valyuta tizimi sharoitidagi erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimini misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Valyutalari erkin konvertatsiya qilinadigan iqtisodiy tizimlarda valyuta kurslarining ayirboshlanish darajasi milliy eksport tarmoqlarining muvaffaqiyatini va boshqa mamlakatlardan import qilinadigan tovar hamda xizmatlar baholari darajasining hal qiluvchi omili bo’lib hisoblanadi.

Xalqaro standartlar
Yagona tilda o’zaro munosabatda bo’lish uchun valyuta savdosining barcha ishtirokchilari ma'lum bir davr mobaynida shakllangan Xalqaro standartlar va qoidalarni tan oladi hamda ularga itoat etadi. Masalan, barcha yozma tarzda tuziladigan shartnomalarda valyutalarni belgilash hamda ularni tasdiqlash uchun ISO-kodlardan (ISO-standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot) foydalaniladi. Shu bilan birgalikda ular Xalqaro to’lovlar bilan ham bog’liq.