Umuminsoniy ma‘naviyat tushunchasi, umuminsoniy va milliy madaniyatlar.
Milliy ma‘naviyat ayni paytda umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarning o’zviy ajralmas kismi sifatida mavjud bo’ladi. Umuminsoniy ma‘naviyat tushunchasi deganda, milliy va mintakaviy qadriyatlardan mazmuni jixatidan chukur va keng bo’lgan, umumbashariy ahamiyat kasb etadigan, irkidan, millatidan, jinsidan, kasbi-koridan, egallab turgan lavozimi va kaerda yashashidan kat‘iy nazar, butun kishlik jamiyati uchun xizmat kiladigan ma‘naviy-axlokiy boyliklar umuminsoniy ma‘naviyat xisoblanadi. Umuminsoniy ma‘naviyat kupgina yoki barcha millatlar, elatlar va Xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofik bo’ladi.
Yer yuzidagi bironta millat yoki Xalq o’zidan boshka millatlar yoki jaxon tsivilizatsiyasidan ajralib yashay olmaydi va mutlako aloxida madaniyatga ega ham bula olmaydi. Biron bir millat boshka Xalqlarning madaniy yutuqlaridan foydalanmay turib yashay olmaydi. Shu sababli barcha yoki kupgina Xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma‘naviy rivojlanishi bir-biri bilan chambarchas boglanib ketgan.
Umuminsoniy ma‘naviyat turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan boglik bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Ulardan yer yo’zida ilm-fanni tarakkiy ettirish, tinchlik va totuvlik, yashash xoxishi, inson huquqlari ximoyasi, adolat, tenglik, bilim olish, hamma yoki kupchilik millat va elatlar uchun taallukli ba‘zi bayramlar, inson ozodligi, salomatligini saklash, diniy e’tiqodlar umumiyligi, (xususan, islom, xristian, buddaviylik, dinlari, insonlardagi ijobiy axlokiy xususiyatlar, tabiatni muxofaza qilish, koinotni o’zlashtirishga oid kabi ma‘naviy qadriyatlar kiradi. Mana shu ma‘naviy tushunchalarning milliy chegarasi yo’q, hamma millatlarga xosdir. Shu sababli ular umuminsoniy ma‘naviyat xisoblanadi.
Mustaqil O’zbekiston rivojining ma‘naviy-axlokiy negizlarini ta‘kidlar ekan, I.Karimov eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga sodiklikni adolat, tenglik, axil ko’shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar osha avaylab–asrab kelayotgan O’zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an‘analarni kayta tiklash, ularga yangi mazmun bagishlash, tinchlik, demokratiya, madaniyat, vijdon erkinligi asosida xar bir kishini kamolga yetkazish uchun sharoit yaratishdir, deb xisoblaydi. O’zbekiston Sharq madaniyatining eng yaxshi an‘analari yo’lidan borib mexmondustlik va axil dustlik sifatlaridan kelib chikib, urush yillarida o’z vatanidan badarga kilinganlarga ham boshpana berdi va ular Xalqimizning mexribonligidan baxramand buldi. (G.Gulomning «Sen yetim emassan» she‘ri misolida ham tushuntirish kerak). Demak, bugungi sharoitda milliylikni umuminsoniylik bilan boyitib, milliy o’ziga xoslikni milliy gurur, iftixor tuygusi va o’z-o’zini anglashni mustaxkamlash va rivojlantirish umumjaxon taraqqiyoti okimida o’z o’rnini tasavvur etishidan iboratdir.
Milliy o’ziga xoslikni rivojlantiririshga jaxon hamjamiyatidan yo’z ugirish emas, balki jaxondagi ilgor yutuqlarni o’zlashtirgan xolda, madaniy meros til, adabiyot, san‘atni rivojlantirish orkali erishiladi. Bozor iqtisodiyotiga utgan bir sharoitda o’zbek milliy-tarixiy turmush tarzimizni, Xalqimiz urf-odatlarini, an‘analarimizni, kishilarning fikrlash tarzi xisobga olinmokda. Aniqrok aytganda bozor iqtisodiyoti deb inson ma‘naviyatini unutib bulmasligi lozimgini xisobga olib, «Nukul pul va foyda ketidan kuvsakda, ammo odamlarimiz ruhan kashshok bulib kolishsa, bunday jamiyatning xech kimga keragi yo’q» 1 - deb yozadi Prezident I.Karimov.
Sobik mustamlaka davrida istilochi Xalq itoat kildirilgan millatning madaniyat va ma‘anaviyatiga shikast yetkazib, boz-boz o’ziga singdirib (assimilyatsiya qilib), yuborish milliy til va madaniyatini rivojiga yul bermaslik maqsadida qaramlik, siyosiy karaxtlik, ruxiy kashshoklik xolatida ushlab turishni maqsad qilib kuygan edi. Chor Rossiyaning Urta Osiyoni bosib olishi arafasida ulkamizni chukur urgangan rus olimi V. Bartold Peterburg fanlar akademiyasi ilmiy kengashida ma’ruza qilib, unda shunday deydi: «Biz shu paytgacha madaniy saviyasi o’zimizdan past bo’lgan Xalqlarning yerlarini bosib olgandik, endi bulsa, Turkiston misolida tamom teskari xolatga duch kelib turibmiz. Turkistonliklar bizning xarbiy ustunligimizga tan berishsada, ammo ma‘naviy ustunligimizni tan olishgani yo’q. To shuni tan olishmas ekan, biz o’zil-kesil galaba kozondik, deb ayta olmaymiz», degan edi. Shu muljaldan kelib chikib, qaramlik yillarida bizning ming yillik madaniy-ma‘naviy boyliklarimiz, tariximizdan, urf-odatlarimizdan judo qilib, yerli Xalqni ruhan mayib qilish, milliy o’zligimizni anglashdan butkul maxrum qilib, milliy gurur, milliy iftixor tuygularini, millatlar dunyokarashini chegaralab kuyish uchun harakat kilindi. Vatanparvarlik tuygusidan judo bo’lgan kishilar tudasiga aylantirish maqsadida, milliy tili, madaniyati, tarixi rivojlanishiga yul bermaslik edi. Ma‘rifatli Xalq shijoatli bo’lishni xisobga olib, o’zbek ma‘rifati, madaniyati, milliy ongi, milliy tilidan ajratib, bu millatni ma‘rifatsiz qilib, milliy jixatdan o’zligini bila olmaslikka olib borib, o’z milliy qadriyatlarini butunlay yo’qotishni maqsad qilib kuygan edilar. Yerli mexnatkash ommani jaholatda saklashni taklif kilgan konxur rus generali M.D.Skobelev «Millatni yo’q qilish uchun uni kirish shart emas, madaniyatini, tilini yo’q kilsang bas, tez orada adoyi tamom bo’ladi» deb bashorat kilgan edi.
Shu maqsadda ruslashtirish siyosati olib borildi. Tarixni o’qitishda faqat Rossiya tarixini urgatishga zur berildi. Shaharlarimizdagi noyob yodgorliklar vayron etildi. Kiskasi, o’z oldiga kuygan maqsadiga erishish uchun kulidan kelgan barcha girrom ishlarni kildilar. Minglab noyob kitoblar, diniy manbalar yoktirildi, yo’q kilindi, olib ketildi. Natijada millatimizda Vatanga, qadriyatlarimizga ma‘naviy beparvolik (mankurtlik) vujudga kela boshlagan edi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar ma‘anaviyat doirasida bir-biri bilan bevosita boglik bulib, ular bir-birining mazmunini boyitib boradi. Umuminsoniy qadriyatlar mazmun jixatidan milliy qadriyatlardan boy bo’ladi. Ma‘lumki, bironta aloxida elat yoki millat boshka Xalqlarning iqtisodiy-ijtimoiy va ma‘naviy yutuqlaridan foydalanmasdan haqikiy taraqqiyotga erisha olmaydi. Shu jixatdan Prezident I.Karimov fikricha, «Milliy o’z-o’zini anglashning tiklanishi, jaxon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan ajralib kolishi mumkin emas. Shu sababli Xalqlarning ulugvorligi milliy maxdudlikda emas, balki umuminsoniy xususiyatlariga ega ekanligida va jaxon taraqqiyotiga kushadigan xissasi bilan belgilanadi. Ayni chogda milliy xudbinlik, ayirmachilik bir millatning manfaatlari boshkalariga qarshi kuyilmasligi lozim 1, - deb ta‘kidlaydi.
Umuminsoniy qadriyatlarni nazar pisand kilmaslik yoki o’z navbatida milliy manfaatlarini kamsitish, insoniyat jamiyati ma‘naviy taraqqiyotiga salbiy ta‘sir kiladi. Bugungi Mustaqillik sharoitida umuminsoniy va milliylikdagi o’zaro bogliklik dialektikasini tugri tushunib, mustamlaka yillaridagi noxak unutilgan, kamsitilgan milliy jixatlarni tiklab umuminsoniylik bilan uygunlashtirish lozim. Shu sababli insonlarga xos ijobiy fazilatlar bir millatdan boshka elatlarga utkazilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi va kengligi bo’lish bilan birga, ayni vaktda xar qanday millat va elatlarning milliy qadriyatlarini mustaxkamlash zarur. Bu esa shu millatning mavjudligi va taraqqiyoti garovidir. Xozirgi sharoitda umumjaxon maqsadlaridan kelib chikib iqtisodiy, siyosiy, ma‘naviy taraqqiyotni ta‘minlashda turli ijtimoiy to’zumda davlat va millatlar hamkorligini ko’zda tutmok lozim. Bunda o’zining milliy manfaatlari bilan birga boshkalarni ham xurmat qilish takozo etiladi.
Shunday qilib bugungi kunda umuminsoniy va milliy ma‘naviyatning o’zaro munosabatini dialektik bogliklikda tushunishni, mamlakat ichida va uning tashkarisida ham o’zaro ma‘naviy boglik bo’lish, taraqqiyot garovi bulib xizmat qilishini anglab yetmok lozim bo’ladi.
Demak, umuminsoniy ma‘naviyat butunjaxon Xalqlarining milliy ma‘naviyatidagi umumiy, ijobiy-axlokiy munosabatlarni o’zida mujassamlab, o’z navbatida ayrim millatlar ham umumjaxon ma‘naviy boyliklaridan foydalanish zarur bulib, milliy cheklanish doirasidan chikishi demakdir. Bu esa olamni kengrok fikrlashga olib keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |