Nazorat savollari 1. Ijtimoiy psixologiya fanining tarixi.
2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.
3.Xalqlar psixologiyasi
4. Omma psixologiyasi
5.Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi
Keys O‘quvchilar o‘rtasida mojaro chiqdi. Sababini surishtirmasdan ularni jazoladilar. O‘quvchilar o‘qituvchiga so‘z bermadi va D ismli bola darrov onasiga telefon qilib chaqirdi. Oraga maktab direktori ham qo‘shildi. D ismli bolaning onasi hammani oldida o‘qituvchini haqorat qilib uni sudga berishini ta’kidladi. Sizning qaroringiz?
Ushbu masala qanday xal qilinadi? O‘quvchilar to‘g‘ri ish qildimi?
5-mavzu: Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi Reja.
1.Metodologiya tushunchasi.
2. Korrelyatsion tadqiqotlar: ularning o‘zaro bog‘liqligi.
1.Metodologiya tushunchasi.13 Ijtimoiy psixologiya boshqa fanlardan mavzu bahsi bilangina emas , balki u yoki bu g‘oyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari, faktik ma’lumotlar to‘plash bilan ajiralib turadi. Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o‘ziga xoski, ularda metodologik muommolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha sabablari mavjud bo‘lib , ular avvalo jamiyatda ro‘y berayotgan keskin o‘zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan – texnika taraqqiti maqsadlari bilan fan maqsadlarining uyg‘unlashuvi, amaliyotning fan oldiga qo‘yayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish vositalarining murakkablashib borayotganligi va nihoyat har bir fanda ro‘y berayotgan o‘z tadqiqot prinsiplari va tekshirish usullarining qayta ko‘rib chiqishga intilishning yaqqol namoyon bo‘layotganligidir.
Metodologiya – bu fanlar uchun yo‘nalish beradigan ilmiy bilish hisoblanib, u fanda tadbiq etiladigan tadqiqot usullarining majmui hisoblanadi. G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyanining metodologik muommolariga to‘xtalar ekan uning bu boradagi vazifalari ko‘pligini ta’kidlaydi. “Metodologik muommolarga qiziqish – deb ta’kidlaydi u - ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir”. Metodologiya deganda rus olimlari ushbu fanning falsafiy asoslari va nazariy qonuniyatlaridan kelib chiqadtgan bilimlar bilan tekshirishning konkret usullari majmuasini tushunadilar. Ya’ni, “Metodologiya” tushunchasi konkret metodlar .yoki texnik usullar tushunchalaridan kengroqdir.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muommolariga quyidagilar kiradi.
1.Empirik ma’lumotlar muommosi. Har qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jixatlari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Masalan, itimoiy psixologiya bo‘yicha sof eksperimental ish qilinganida ilgari sinalgan usul .rdamida cheklangan miqdordagi kishilar .ki gurhda tadqiqot o‘tkazish mumkin-bu eksperimental ma’lumotlar deyiladi. Ba’zi tadqiqotchilar ko‘p sonli tekshiriluvchilar bilan ish olib boradilar,bunda turli guruhlarni o‘zaro taqqoslash bilan ma’lumotlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrelyatsion tadqiqolar deb ataladi.
2.Ijtimoiy psixologik nazariya asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muommosi. Tadqiqotchi ilmiy tadqiqotini boshlashidan oldin aniq taxminlar yuritadi. Taxminlarning aniq chiqishi o‘sha muommo bo‘yicha pishiq puxta nazariyaning bor – yo‘qligiga bevosita bog‘liq.
3.Ijtimoiy psixologik ma’lumotlarnining sifati masalasi,ya’ni ma’lumotni sifatli , ishonarli deb atash mumkinligi salasidir.Ijtimoiy psixologik ma’lumotlarning sifati uning ishonchliligi bu avvalo tadqiqotchining tadqiqot ob’ektini qanchalik to‘g‘ri tanlagani hamda to‘plagan ma’lumotlarning ishonchliligini qanday usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi.
Ma’lumotlarning sifati tadqiqotchining o‘z ishlari bo‘yicha tuzgan hisobotiga ham bog‘liq. Ijtioiy psixologik tadqiqot to‘g‘risidagi hisobot quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
1.Kirish qism.
2.Dastur qism.
3.Tadqiqot ob’ekti va uslublar.
4.Natijalar.
5.Xulosa va tavsiyalar.
6.Yakun.
7.Ilova.