Korrelyatsion tadqiqotlar: ularning o‘zaro bog‘liqligi.14
Sotsial psixologik tadqiqotlar qaerda o‘tkazilishiga qarab bir-biridan farqlanadi. Tadqiqotlar labaratoriya (vaziyat kuzatiladi) sharoitida yoki dala sharoitida (tabiiy sharoitda) o‘tkaziladi
Sotsial psixologiya tadqiqotlarni o‘tkazish va metodlarni qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi.
1.Korrelyatsion
2.Eksperimental
Nazorat savollari:
1..Sotsial psixologiyaning metodologiyasi nimadan iborat?
2.Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muommolariga nimalar kiradi.
3.Sotsial psixologiya fanining metodini tushunishdagi o‘ziga xosliklar nimalardan iborat?
Adabiyotlar:
1. Andireyeva G.M. Aktualnыe problemы sotsialnoy psixologii. M. 1998.
2. Andreyeva G.M. Sotsialnaya psixologiya M, 1980.
3. Karimova V.M., Akramova F. Psixologiya T 2000.
4. Karimova V.M Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot.T1999
5. Mayers D. Sotsialnaya psixologiya, Sankt-Peterburg, 1997.
6. Sokolova Ye.T. Proyektivnыe metodы issledovaniya lichnosti. M,1980
7. Sotsialnaya psixologiya. A.V.Petrovskiy tarx. M,1987.
6-mavzu. Ijtimoiy psixologiya metodologiyasi
Reja.
Sotsial psixologiya metodlari
Sotsial psixologiya metodlari amaliyoti.
Sotsial psixologiyada qo‘llaniladigan metodlar psixologiya va sotsiologiya fanlarida qo‘llaniladigan metodlarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan xolda ularni ishlatish yo‘llari va ma’lumotlari ilmiy jixatdan taxlil qilishda qiladi. Ijtimoiy psixologiyaning metodlari quyidagilardan iborat.
1.Kuzatish metodi.
2.Ijtimoiy psixologik eksperiment.
3.So‘rov metodi.
4 Kontent – analiz.
5 .Ijtimoiy psixologik testlar.
6.Proektiv metodlar.
Kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy hulq- atvor shakllari qayd etiladi. Kuzatish metodi qo‘llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi kerak.
1.Kuzatish maqsadi aniq bo‘lishi va ilmiy maqsadlarga mos kelishi lozim.
2.Kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish.
3.Ma’lum reja va sxema asosida muttasil kuzatuv oli borish.
4.Olingan natijalarning asosligi va ishonchliligini boshqa uslublar yordamida tekshirib ko‘rish.
Ijtimoiy psixologiyada qo‘llaniladigan kuzatish metodining 3 shakli mavjud.
A.Tashqi kuzatish – kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan xolda ularning hulq – atvorini qayd qilish natijasida ma’lumot to‘plashga asoslanadi. Bunday yo‘l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin,shuning uchun ham bu usul boshqa usullarga qo‘shimcha vosita sifatida ishlatiladi.
B.Qo‘shilib kuzatish – bunda tadqiqotchi kuzatuvchilar faolitiga bevosita aralashib, kerak bo‘lsa ular bilan birga yashaydi, birga ishlaydi Bu usulning qulayligi shundaki, kuzatilayotganlar o‘zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar,kuzatuvchini guruh a’zosi sifatida qabul qiladilar.
V.Muxim vaziyatlarni qayd etish – bunda aloxida shaxs yoki guruh kutilmagan tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga bo‘lgan munosabati, o‘zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo‘llari kuzatiladi.
So‘rov metodi. Bu metod orqali muayyan bir vaziyat yoki muommoni hal qilish jarayonida inson psixologiyasidagi o‘zgarishlar, odamlarning aql – zakovati, xulq – atvori, e’tiqodi, dunyoqarashi to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi. So‘rov metodi ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda keng qo‘llaniladi,ayniqsa, anketa so‘rovi, intervyu shular jumlasiga kiradi.Ushbu so‘rov metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita yoki bilvosita muloqati tufayli birlamchi ma’lumotlar to‘plash usulidir. So‘rovni o‘tkazadigan odamdan talab qilinadigan narsa bu muloqat madaniyatidir. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bevosita erkin fikr almashinuvi sharoitida o‘zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqatdir.Intervyu o‘tkazish uchun odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki u tadqiqotchidan qator muxim sifatlarning bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada rolli o‘yinlar metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o‘tadilar.
Anketa metodi. Bu metod yordamida turli yoshdagi va turli kasbdagi odamlarning psixologik xususiyatlari, narsa va xodisalarga bo‘lgan munosabatlari o‘rganiladi. Anketaga kiritilgan savollar ma’lumotiga ko‘ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Ochiq anketa tekshiriluvchidan o‘z fikrini erkin bayon etishni talab qiladi.Yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari oldindan berilgan bo‘lib tekshiriluvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan , o‘zining qarashlari fikrlari bilan mos kelgan javobni belgilab boradi.
Sotsial psixologik eksperiment. Ijtimoiy psixologik eksperiment – bu ijtioiy hodisalarni o‘rganish maqsadida tekshiruvchi bilan tekshiriluvchi o‘rtasidagi maqsadga qaratilgan muloqatdir. Ijtimoiy psixologiyada ham umumiy psixologiyada bo‘lgani kabi tabiiy va labaratoriya eksperimenti turlari farqlanadi.
Proektiv metodlar. Bu test usullarining bir ko‘rinishi bshlib, unda tekshirluvchiga aniq tizim yoki ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig‘i beriladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga turli xil rasmlar, tugallanmagan hikoyalar,biron aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan buyumlar berilishi mumkin va tekshiriluvchilarning bergan turlicha talqiniga ko‘ra ularning qiziqishlari, hissiy olami, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baho berish mumkin.
Proektiv usullarga mashxur Rorshaxning siyoh dog‘lari testini, S.Rozensveygning rasmli assotsiatsiyalar usulini kiritish mumkin.
Kontent – analiz metodi. . Bu metodning ilmiy mohiyati shuki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajiralib turadi. Uning yordamida biror matnda ma’lum fikr, g‘oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya’ni, ma’lum mazmun miqdor ko‘rinishiga keltiriladi. Kontent – analiz tadqiqotchidan kattagina uquvni talab qiladi, chunki bir tomondan u yoki bu matnni tushunish mahorati bo‘lishi kerak, ikkinchi tomondan esa tadqiqot so‘ngida qo‘lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya’ni tushuntirib berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |