Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Guruh normalarining shaxs individual



Download 2,11 Mb.
bet55/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

Guruh normalarining shaxs individual xususiyatlariga ta’siri.15
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yokiturli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. Chunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q. Kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh — bu umumiy belgilar umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Umuman odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta, qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p (o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin, yoshlar, ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo). Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor — bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlarga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlarni boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. V.M.Karimovaning ''Ijtimoiy psixologiya asoslari" o‘quv qo‘llanmasida guruhlarning asosiy turlari keltirilgan. Guruhlar avvalo shartli va real guruhlarga bo‘linadi.
Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat va odamlarning tabiiy ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlarnga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbatida, endi shakllanayotgan - diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi.
Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa, muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga o‘tamiz.
Ijtimoiy psixologiyada katta guruxlar ichida etnik guruxlar psixologiyasi, ya`ni etnopsixologiya buyicha ko`prok tadkiqotlar utkazildi. Ayniksa, xozirgi davrda xar bir jumxuriyatlar aloxida. mustakil davlat mavkeini olgan, lekin boshka tomondan karaganda, hamdustlik mamlakatlari ittifoki sharoitida millatlar urtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chikib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muxim masala sifatida kuyilmokda. SHuning uchun ham katta guruxlar ichida milliy gurux larga ko`prok e`tibor berishni lozim topdik, bunday etiborning yana bir boisi O`zbyokistonda bu soxada ayrim tadkiqotlarning utkazilganligi. lekin ular ko`p xollarda milliy psixologiya darajasiga olib chikilmaganligidadir.
Milliy psixologiya nima va uni kanday kilib o`rganish mumkin? Bu xozirda, ya`ni mustakil O`zbyokiston sharoitida. ko`pgina tadkiqotlarni kiziktiraetgan masaladir. Chunki, davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma`lu­motlar kutmokdaki, u fakatgina milliy ongga taallukli bo`lgan xozirgi va utmishdagi xolatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi kaysi tomonga o`zgarishini. millatlararo sodir bo`ladigan jarayonlarni bashorat kilmogi lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak. O`zbyokiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e`tibor bermokdalar. Chunki sobik Ittifok sharoitining o`zi ana shunday kuchli nazariyaning bo`lishi uchun anchagina tutanok bo`lgan. empirik tadkiqotlar esa, avval ta`kidlaganidek, tor guruxlar doirasidan. avvalo, oilalar doirasidan chikmagan edi.
Etnopsixologiya bu psixologiyaning shunday tarmogiki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashkari, turli xalklar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarni ham o`rganadi. Ma`lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tad­kiqotlarni V. Vundt boshlab bergan edi. Uning tadkiqotlaridagi "xalk" tushunchasi aslida etnik uyushma ma`nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha. etnik guruxlar psixologiyasini o`rganish uchun ularning tilini. odatlarini va ana shu xalitarda kyong tarkalgan afsonalar za boshka ong tizimlarini o`rganish kerak. SHunisi dikkatga sozovorki, Vundtdan keyingi davrda utkazilgan muxim tadkiqotlardan biri bizning ulkamizda utkazilgan bo`lib, uni psixolog A. R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadkiqot bo`lib uni utkazishdan asosiy maksad L. S. Vigotskiyning madaniytarixiy yondashuv goyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruxi revolyutsiya galaba qozongan O`zbyokiston sharoitida turmush tarzining o`zgarishi bilan o`zbek xalki psixologiyasining ham o`zgarganligini isbot kildilar. Asosiy maksad bilish jarayonlarining o`zgarganligini isbot kilish bo`lsa ham tadkiqotchilar o`zo`zini anglash va o`z xulkatvorini analiz kilish 6opasida ham uyda utiradigan aellar, endigina savod olish maksadida savodxondik kurslarida ukietgan aellar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta`lim olaetgan kizlar urtasidagi fark boryo`kligini tekshirishdi. Tadkiqot asosan o`zo`zini analiz kilish metodi erdamida utkazilgan bo`lib. aellarga turli savollar orkali o`z shaxsiga xos xususiyatlarni, o`zidagi etakchi sifatlarni aniklash va ba`zi psixologik xolatlarga baxo berish topshirigi berildi. Lekin javoblarning sifati, tulikligi aellarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan urniga boglik bo`lib chikdi. Uyda utirgan aellar ko`p xollarda kuyilgan savolni ham anglamasliklari ma`lum bo`ldi. Luriya shu narsaga ikror bo`ldiki, o`zbeklardagi ong asosan boshka odamlar fikriga boglik ekanligi, tobelik psixologiyasi ko`pchiligini anikladi. Masalan, aellarga o`zidagi emon sifatlarni aytish topshirigi berilganda, ular emon kushnilarni kursatishar va umuman
o`zo`zini baxolashdan kura boshkalarni baxolash, ularga sifat xarakteristikalari berish ancha yongil tuyuladi.
Yuqorida ta`kidlaganimizdek. A. R. Luriyaning asosiy maksadi milliy psixologik xususiyatlarni o`rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning xaet tarziga. shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan urniga bevosita boglikligini isbot kilish edi. Lekin tadkiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o`rganishga erdam beruvchi metodlar va metodologik printsiplar sanab kurildi. To`g’ri, bu tadkiqotda tuplangan ma`lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo`lmaydi. Qolaversa, bu qontseptsiyaning o`zi necha bor kayta ishlovni talab kildi, lekin milliy psixologiya buyicha utkazilgan krosstadkiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Kullangan piktogramma "so`z portretlarini". o`zo`zini analiz kilish metodlarini xozirgi zamonaviy tadkiqotlarda ham fakat yangicha metodologik printsiplarda kullash mumkin.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish