Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi



Download 2,11 Mb.
bet70/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

Keys topshirig‘i.
Siz jamoat transportidasiz. Avtobusga yoshi katta ayol chiqdi. U qo‘lida og‘ir yuk bilan bir yosh o‘smir bolaning oldiga keldi. Bola esa ayolni ko‘ra turib unga joy bermadi.
Bunday holda Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
Tarqatma materiallar
12.1.Sotsializatsiya


Sotsializatsiya - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayonidir


12.2. Shaxs ijtimoiylashuvi
B osqichlari
Mehnat faoliyatigachabosqich Mehnat faoliyati davri
Mehnat faoliyatidankeyingi davr


13.3.Shaxs ijtimoiylashuvi
Sohalari

Faoliyat sohasi Muloqot sohasi O‘z-o‘zini anglash




15-mavzu: GURUHLARARO MUNOSABATLAR
Reja:
1.Sotsial rol. Status va rol.
2.Individ sotsiallashishining asosiy bosqichlari.
Ijtimoiy rol tushunchasi 20
Shaxsning jamiyatdagi xatti-harakatlarini nazorat qilib turishga yordam beruvchi yana bir mexanizm – ijtimoiy roldir.
Ijtimoiy rol – jamoatchilik munosabatlari tizimida u yoki bu individ egallovchi ma’lum holatning fiksatsiyasidir. Ijtimoiy rol – o‘zida jamoatchilik munosabatini aks ettiruvchi shaxsning ijtimoiy faoliyati va xulq-atvorining muhim ko‘rinishidir. Ilk marotaba ijtimoiy rol tushunchasi amerikalik sotsiologlar R.Linton va Dj.Mid tomonidan ilmiy atama sifatida taklif etilgan. Har bir individ bir emas, bir nechta ijtimoiy rollarni bajaradi. Ijtimoiy rol uni bajaruvchi shaxsning har bir harakati va faoliyatini mayda-chuydasigacha belgilab bermaydi, balki bu shaxs o‘z rolini qanchalik qabul qilganligiga qarab o‘z rolini bekamu-ko‘st bajarishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy rolning asosiy tavsiflari amerikalik sotsiolog T.Parsons tomonidan ajratib ko‘rsatilgan. Bular masshtab, qabul qilish usuli, emotsionallik, shakllantirish, motivatsiya.
Rolning masshtabi - shaxslararo munosabatlar orlig‘iga bog‘liq. Masalan, er va xotin roli ularning munosabatlarining kengligi yoki torligiga bog‘liq.
Rolni qabul qilish usuli - shaxs uchun ushbu rolning qanchalik muhimligiga bog‘liq. Kampir, chol, erkak, ayol kabi rollar shaxsning yoshi va jinsi bilan bog‘liq ravishda egallanadi va uni egallashda hech qanday murakkablik kuzatilmaydi. Ba’zi rollar esa hayot davomida egallanadi va hatto maxsus choralar orqali egallanadi, bular shaxsning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq rollar hisoblanadi.
Ijtimoiy rollar emotsionallik darajasiga ko‘ra ham farqlanadi. Har bir rol uning sub’ekti namoyon qiluvchi emotsionallikni o‘zida aks ettirish imkoniyatiga ega.
Ijtimoiy rolni shakllantirish ayni rolni bajaruvchining shaxslararo munosabatdagi o‘ziga xosligi bilan aniqlanadi. Ba’zi rollar faqat hulq-atvorning qat’iy reglamenti bilan rasmiy munosabat o‘rnatishni talab etsa; ba’zilari – faqat norasmiy; boshqasi esa o‘zida rasmiy va norasmiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishi mumkin. Masalan, birga ishlaydigan hamkasblar rasmiy munosabatlardan so‘ng yaqin munosabatlarda ham bo‘lishlari mumkin.
Rollar motivatsiyasi esa shaxsning ehtiyoj va motivlariga bog‘liqdir. Turli xil rol o‘ziga xos motivatsiya bilan shartlashgandir. Ota-onalik roli bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, rahbar shu tashkilotning yutug‘u uchun qayg‘uradi.
Ijtimoiy rollarning turi shaxsning qaysi munosabat va faoliyat turiga taalluqli ekanligiga ko‘ra ajratiladi. Jamoatchilik munosabatlariga ko‘ra ijtimoiy va shaxslararo ijtimoiy rollar mavjud. Ijtimoiy rollar ijtimoiy maqom, kasb yoki faoliyat turiga bog‘liq. Bu shaxsi noaniq bo‘lgan standartlashtirilgan rollar uni kim bajarayotganligidan qat’iy nazar shu rolning huquq va majburiyatlari asosiga quriladi. Ijtimoiy demografik rollar: er, xotin, o‘g‘il, qiz, va h.k. kirsa, shaxslararo rollarga emotsional darajada boshqariluvchi shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan lider, arazlagan shaxs, xafa yoki xursan shaxs kabi rollar kiradi.
Namoyon qilinishiga qarab faol va yashirin rollarga ajratiladi. Faol rol aniq bir vaziyat yoki vaqtda bajariladi, yashirin rol esa dolzarb vaqtda namoyon bo‘lmaydi, lekin ushbu jarayonda u mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari taqdirga bitilgan (ayol, yosh bola, o‘zbek) va hayot davomida o‘zlashtirilgan (ona, rahbar, o‘qituvchi) rollarga bo‘linadi.
Nazorat savollari
1.Chet el sotsial psixologiyasida guruhlararo munosabatlarning o‘rganilishi.
2.Shaxs sotsiallashishi.
3.Sotsiallashish omillari.
4.Sotsial rol. Status va rol.
5.Individ sotsiallashishining asosiy bosqichlari.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish