Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,11 Mb.
bet35/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Liderlik va boshqaruv?
2.Rahbarlik sifatlari haqida nimalarni bilasiz?
3.Liderning superliderga aylanish bosqichlari?
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro'yxati:
1. Mayers D.G. Social psychology. 11 edition. - McGraw-Hill Education,2012
2 G‘oziev E.G‘ . Ijtimoiy psixologiya.-Toshkent, 2010.
3. Karimova V.M. Sotsial psixologiya. - Toshkent, 2012.
Mavzu yuzasidan internet tarmog'i bo'yicha veb-saytlar ro'yxati:
1. http://www.book.ru
2. Материалы по психологии, http://www.psychology-online.net
3.Психологическая библиотека «Самопознание и саморазвитие».
http://nsviib.kiev.ua/
4.Сайт «Психология на русском языке»:
http7/www. nsvcholo2v.ru/Library
5. «Мир психологии»: http://psvchologv.net.ru/articles
6. link.springer.com
22-mavzu. Ijtimoiy psixologiyada ziddiyatlar muammosi (2soat)
Reja:
1. Ijtimoiy ziddiyatlarda ijtimoiy me’yorlar tushunchasi
2. Ijtimoiy me’yorlar ziddiyatiga qollaniladigan sanksiyalar
Shaxs tomonidan qo‘llaniluvchi barcha me’yorlar 2 guruhga bo‘linadi:
1. Ijtimoiy texnik (noijtimoiy) me’yorlar.
2. Ijtimoiy me’yorlar.
Ular orasidagi farq nazorat predmetiga ko‘ra aniqlanadi. Aytaylik, ijtimoiy me’yorlar insonlar va ular o‘rtasidagi munosabatni nazorat qilsa, texnik me’yorlar inson va tashqi dunyo, tabiat, texnika vositalari o‘rtasidagi munosabatni nazorat qiladi. Bular: «inson — mashina», «inson — mehnat quroli», «inson — ishlab chiqarish» kabi munosabatlar.
1. Noijtimoiy me’yorlarni bajarish odamga o‘z faoliyatida texnika yutuqlaridan, tabiiy va sun’iy obyektlardan foydalanishga imkon yaratadi va shu bilan birga buni nazorat qiladi. Ularga
texnika, qishloq xo‘jaligi, iqlim bilan bog‘liq, fiziologik, biologik,
fizik, ximik, sanitar-gigiyenik kabi me’yorlar taalluqli. Texnik va
boshqa noijtimoiy me’yorlarga rioya etmaslik tabiat kuchi yoki
moddiy obyektlar tomonidan odamlarning aniq qilmishlari uchun
negativ, ya’ni yomon oqibatlarga olib keladi. Masaian, agrotexnik
qoidalarini buzish hosildorlikning tushib ketishiga sabab bo‘ladi.
Agar texnikaviy me’yorlar bajarilmasa, Chernobl atom elektr stansiyasidagi kabi falokat sodir bo‘lishi mumkin.
2. IJTIMOIY ME’YORLAR insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaruvchi harakatlar qoidasidir. Bu o‘z navbatida shunday tusdagi barcha vaziyatlarda keng qo‘llaniladigan va
ta’riflangan vaziyatga tushib qolganlarning hammasi bo‘ysunishi
shart bo‘lgan, bir odamning boshqa odamga nisbatan o‘zini tutish qoidalarining masshtab, namuna va standartidir. Me’yorlarning turlari. Ijtimoiy me’yorlarni 3 asosga ko‘ra tasniflash mumkin:
1) jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘- yicha;
2) kelib chiqish usuliga ko‘ra;
3) mustahkamlanish usuliga ko'ra. Jamoatchilik munosabatlarini nazorat qilish sohasi bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar quyidagi turlarga bo‘linadi: udum, marosim, odat, urf-odat, huquqiy, axloqiy me’yorlar, koorporativ me’yorlar, siyosiy me’yorlar, diniy tashkilot me’yorlari, talabalar yotoqxonasi me’yorlari, estetik me’yorlar, etiket me’yorlari kabilar.
Odatiy meyorlar bu muhrlanib qolgan, ma’lum faoliyat jarayonida ko‘p va takroran qo‘llanilishi natijasida shakllangan o‘zini tutish qoidalaridir. Odatga aylanayotgan u yoki bu me’yor o‘zining
baholovchilik xarakterini yo‘qotadi, uning bajarilishi asosida yotuvchi darajalar esa uning mavjudligi va odatiyligi oldida 2-darajali boiib qoladi.
Urf-odat me’yorlari odat me’yorlarining bir qismi boiib, bu
oilaviy, milliy va shu kabi qoidalarni saqlab qolish bilan bog‘liq
boigan, tarixan rivojlangan va nasldan naslga o‘tuvchi umumlashgan qoidalardir.
Diniy me’yorlar — dindorlarning xudoga, machitga, cherkovga, bir-biriga munosabatini, diniy birlashmalarni tashkil qilish va ularga amal qilishini tartibga soluvchi xulq-atvor qoidalaridir.
Siyosiy me’yorlar — qoiga olish, ushlab turish va ommaviy siyosiy boshqarishni qoilash bilan siyosiy guruhlardagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy me’yorlardir. Siyosiy me’yorlar xalq
va ijtimoiy guruhlarning davlat boshqaruvida, davlat tashkilotlari
hamda jamiyatning boshqa siyosiy tizimidagi tashkilotlar bilan munosabatlaridagi ishtirokini nazorat qiladi.
Iqtisodiy me’yorlar — ishlab chiqarish, moddiy boylik taqsimoti
va iste’moli bilan bogiiq boigan ommaviy munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoidalar.
Huquqiy me’yorlar (ichki va xalqaro) — barchaga majburiy
boigan, maxsus davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan, shakllanadigan, tasdiqlanadigan va davlat tomonidan nazorat qilinadigan shaxslarning o‘zini tutish qoidalari. Ular qonunlar,
farmoyishlar, ustavlarda e’tirof etiladi va me’yoriy aktlarda aks etadi.
Koorporativ me’yorlar — turli tashkilotlar o‘rtasidagi, tashkilot
a’zolari o'rtasidagi munosabatlarni nazorat qiluvchi axloqiy qoidalar.
Axloqiy me’yorlar — jamoatchilikda odamlarning yaxshihk va
yomonlik, adolat va adolatsizlik, majburiyat, g‘urur, qadr-qimmat kabi axloqiy tushunchalarga muvofiqlikda o‘rnatiluvchi odob me’yorlaridir. Axloqiy me’yorlarni buzishdagi sanksiyalar vijdonning qiynalishi va qilgan ishidan afsuslanishi. Lekin jamoatchilik tomonidan qabul qilingan axloqiy me’yorlarni buzganlarga ular tomonidan jazo berilishi mumkin. Axloqda me’yor va qarash o‘rtasida aniq farq mavjud emas. Bir odam uchun xatti-harakatlar qoidasi hisoblangan hodisa — boshqasi uchun majburiy bo‘lmagan, ammo imkoniyat darajasida bajarish mumkin bo'lgan qarashdir. Shunday
bo‘lsa ham, jamoatchilikka xos axloq qoidalari ham mavjud. U keng tarqalgan va butun jamiyat uchun zarur bo‘lgan me’yorlarni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy sanksiya tushunchasi ostida jamiyat uchun ahamiyatga ega vaziyatda shaxsning xatti-harakatlariga nisbatan ijtimoiy guruh yoki jamoatchilikning munosabati tushuniladi. Yana ham aniqroq qilib aytganda, ijtimoiy sanksiya — bu jamiyatdagi me’yorlarni jamiyat a’zolari tomonidan bajarilishi yoki bajarilmasligiga nisbatan boshqa bir kishilar tomonidan bildiriladigan jazolash yoki rag‘batlantirish yo‘llaridir. Sanksiyalarni bu ma’noda ijobiy yoki salbiy sanksiyalarga ajratish mumkin. Masalan, ijtimoiy me’yorlar bajarilgan holatda ijobiy sanksiyalar qo‘llanilsa, me’yorga amal qilinmaganda salbiy sanksiyalar qo‘llaniladi. Shaxs jamiyatdagi mavjud biror turdagi me’yorni buzganda o‘ta qattiq sanksiyalar — davlatdan quvg‘in qilish, o‘lim jazosi,
qamoq jazosi kabilar qo‘llaniladi. Sanksiyalarning eng og‘iri tabu
(axloqiy me’yorlarga qaraganda ancha jiddiy taqiq) va yuridik qonunlarni (masalan: odam o‘ldirish, davlat sirlarini sotish) buzishga nisbatan qollanilsa, eng yumshog‘i — guruhiy me’yorlarning, shu jumladan oilaviy me’yorlarning (ro‘mol o‘ramaslik) alohida ko‘rinishlarini buzish kiradi. Ammo shunday guruhiy odat yoki udumlar yoki me’yorlar mavjudki, ular juda qadrlanadi va ularning buzilishiga yoki ularga amal qilmaslikka qarshi ham qattiq choralar, sanksiyalar qo‘llaniladi. Ba’zan bir vaziyatda bir necha ijtimoiy me’yor qoidalari va ularni nazorat qiluvchi sanksiyalar mavjud bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida shaxsning ko‘p qirrali, har tomonlama tartibli bo‘lib rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Olimlar tomonidan sanksiyaning verbal va noverbal turlari ajratilgan. Bundan tashqari yana to‘rt turi ajratilgan bo‘lib, ular: pozitiv, negativ, formal, noformal. Ular yana to‘rt tipdagi uyg‘unlikni namoyon etadi. Sanksiyalarning mavjudligi kishilarni ijtimoiy me’yorlarga amal qilishga chorlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy me’yorlarga amal qilgan yoki qilmagan shaxs jamiyat a’zolari tomonidan turli xil sanksiyalarga duch kelishini bilgani va anglagani holda mavjud me’yorlarni qabul qilib, ularga amal qiladi. Pozitiv (ijobiy) Negativ (salbiy) Rasmiy Rasmiy-pozitiv sanksiyalar (R+) jamoatchilik oldida shaxsning rasmiy tashkilotlar tomonidan ragtbatlantirilishi — hukumat sovrinlari, davlat medallari, stipendivalar. Rasmiy-negativ sanksiya R — yuridik qonunlar, hukumat qarorlari, buyriiq va rmoyishla rid a ko'rsatilgan jazolashlar — qamoq jazosi, fuqarolik huquqidan mahrum etish, ishdan bo'shatish, jarima solish, mulkni musodara qilish kabi jazolar. Norasmiy Norasmiy-pozitiv sanksiya (N+) — rasmiy tashkilotdan chetdaboim aganjam oatchilik oldida rag'batlantirish: kompliment, olqishlash. Norasmiy-negati v sanksiyalar (N) — rasmiy bosqich va yoi-yo4riqiar bilan ko'rib chiqilmagan jazolar: tanbeh, ustidan kulish. Tadqiqotchilar ijtimoiy me’yorlarning buzilishiga nisbatan bee’tiborlik yoki me’yorga amal qilinmaganda sanksiya qo‘llanilishi yoki qo‘llanilmasligi holatini o‘rganish maqsadida odamlarga so'rovnoma bilan murojaat qilganlar. So‘rovnomaga kiritilgan quyidagi savolga nisbatan bildirilgan munosabatlar orqali ma’lum bir vaziyatda jamiyat a’zolari tomonidan sanksiya qanchalik tez-tez qo‘llanilishi o‘rganilgan. Savol va unga beriladigan javob variantlari quyidagicha: Siz jamoat transportidasiz. Avtobusga yoshi katta ayol chiqdi. U qo‘Jida og‘ir yuk bilan bir yosh
o'smir bolaning oldiga keldi. Bola esa ayolni ko‘ra turib unga joy
bermadi. Bunday holda Siz: a) E 'tibor bermayman (bu holatga aralashmayman)
b) Bolaga o‘qrayaman yoki ichimda uni yoqlamay o‘tiraveraman
d) Bolaga tanbeh beraman (so‘zlar orqali)
Yoshi, millati va jinsi turlicha bo‘lgan 25 ta odamga ushbu
so'rovnoma bilan murojaat qilingan. Uning natijalari quyidagi diagramma orqali ko‘rsatiladi:

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish