Milliy universitetining jizzax filiali psixologiya va gumanitar fanlar kafedrasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Download 2,11 Mb.
bet31/98
Sana01.07.2022
Hajmi2,11 Mb.
#728007
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA MA\'RUZA MATNI 2020 1-k 2-sem

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omilllar?
2.Ijtimoiy me’yorning shaxs va guruh shakllanishidagi o’rni?
3. Ustanovka tushunchasi?
4. Ijtimoiy ustanovka?


Mavzu yuzasidan adabiyotlar ro'yxati:
1. Mayers D.G. Social psychology. 11 edition. - McGraw-Hill Education,2012
2 G‘oziev E.G‘ . Ijtimoiy psixologiya.-Toshkent, 2010.
3. Karimova V.M. Sotsial psixologiya. - Toshkent, 2012.
Mavzu yuzasidan internet tarmog'i bo'yicha veb-saytlar ro'yxati:
1. http://www.book.ru
2. Материалы по психологии, http://www.psychology-online.net
3.Психологическая библиотека «Самопознание и саморазвитие».
http://nsviib.kiev.ua/
4.Сайт «Психология на русском языке»:
http7/www. nsvcholo2v.ru/Library
5. «Мир психологии»: http://psvchologv.net.ru/articles
6. link.springer.com


17-Mavzu: Guruh bosimi. Konformlik turlari (2 SOAT)
Reja:
1 Shaxs jamiyat a’zosi sifatida
2. Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
3. Guruh o'z a'zolariga psixologik ta'sir ko'rsatishi
4. Konformlilik, nonkonformlilik
Tayanch tushunchalar: shaxs, individ, individuallik, faoliyat, shaxs shakllanishida faoliyat, konformlilik, nonkonformlilik
Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar
Ma'lumki, guruhda to'plangan kishilar o'rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo'ladiki, ularning mazmuni va yo'nalishiga ko'ra, o'ziga xos sosial psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta'siri kabilar tushuniladi. Guruhning shakllanishi, uning paydo bo'lishi haqida gapiriladigan bo'lsa, avvalo shuni ta'kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo'ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning rivojlanishi va ularning maktablarda ta'lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o'xshash oliy ma'lumotli shaxslar kerak bo'lganligi uchun paydo bo'ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo'lishi bilan bog'liq. Chunki har bir normal insonda muloqotga bo'lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o'zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo'lishini taqozo qiladi. Lekin guruhga a'zo bo'lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo'ladi.
Birinchidan, guruh o'z a'zolariga ma'lum tarzda psixologik ta'sir ko'rsatadi. Bu hodisa psixologiyada konformizm deb ataladi (o'zbek tilida "moslashish" ma'nosini bildiradi). Bu hodisaning mohiyati shundan iboratki, u individning guruhda qabul qilinadigan normalar, fikrlar, xulq-atvor standartlarini qanchalik qabul qilishi yoki qabul qilmasligi bilan bog'liq. Guruh fikrini qanchalik tez qabul qilish uning ta'siriga berilish individ bilan guruhning ziddiyatlarini oldini olishi mumkin. Shuning uchun ham individ ana shunday hatti-harakat qilishga intiladi. Lekin ana shunday guruh fikriga, harakatiga qo'shilish turli shakllarda bo'lishi mumkin: tashqi konformlilik — individ guruh fikriga nomigagina ko'shiladi, aslida ruhan u guruhga qarshi turadi; ichki konformlilik — individ guruh fikriga to'lig'icha qo'shiladi va ruhan qabul qiladi. Ana shunday hollarda individ bilan boshqalar o'rtasida ziddiyat yoki konfliktlar paydo bo'lmaydi. Bu o'rinda yana bir tushuncha ham bor, u ham bo'lsa "negativizm" tushunchasidir, bu individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o'zicha mustaqil fikr, mavqeni namoyon qilishidir. Bu tabiiy individ uchun noqulay, lekin mustaqil fikr, Odil harakatlar doimo hurmat qilinadigan jamoalarda negativizm hodisasi yomon illat sifatida qabul qilinmaydn. Guruhlardan yana bir jarayon-bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a'zolarining bir-birlarini yaxshi bilishlari, bir-birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsiplari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqlikning birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil — bu o'sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo'nalishi va mazmunini bilishdagi g'oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiylik uyushqoqlikka ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhning avtonomligi darajasi ham ma'lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a'zo umumiy maqsad asosida Birlashgan bo'lsa ham, ularning har birining o'z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o'z imkoniyatlarini o'zicha ishga solib, o'zaro munosabatlarga sabab bo'ladi.
Guruhning psixologik tizimga ta'sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, yosh jihatdan, ma'lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi, uyg'unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi.
Konformizmi va nonkonformizm xodisalarining mohiyati
Konformizm - bu Real yoki tasavvurlardagi guruhning shaxs e'tiqodi va xulq-atvoriga ta'sirini tushuntiruvchi xodisadir. U ikki xil namoyon bo'lishi mumkin:
- yon berish - qalban qo'shilmasa-da, tashqi xaraktada ko'pchilik firiga ergashish;
- ma'qullash - e'tiqod va qarashlarning ijtimoiy tayziqqa to'la mos kelishi.
Konformizmning tabiatini tushuntiruvchi eksperimentlar (masalan, Muzafer Sherif, Solomon Ash, Milgram va b.q.) ma'lum ma'noda bizga hayotda yoqmaydigan narsalarning kelib chiqishini, masalan, johillikning, o'g'rilik yoki boshqa illatlarning tabiatini tushunishga imkon beradi, ya'ni, johillik yoki yomonlik, albatta yomon odamlarning borligi uchun kelib chiqmaydi, balki odamlarning turli vaziyatlarda noxaqlikka ko'nikishlari yoki xudbinlik yoki yovuzlikni ko'rib o'tib ketaverish, ularga nisbatan isyonni namoyon qilmaslik oqibatidir. Konformizm xodisasini eksperimental yo'l bilan o'rgangan tadqiqotchilarning fikricha, bu - ma'lum shart-sharoitlarning oqibatidir. Masalan, konformizm guruhning katta yoki kichikligiga, uning hajmiga bog'liq. Odamlar o'zlari uchun biroz bo'lsa-da, obro'li yoki yoqimtoy bo'lgan odamlar soni uch yoki undan ortiq bo'lgan sharoitda ularning gaplariga juda tez ishonib, ergashib ketaveradilar. Bundan tashqari, yuqori darajali konformizm xolati biror masala yuzasidan javoblar ko'pchilik ichida berilganda, yoki oldindan biror javobga sha'ma qilinmagan sharoitda tez sodir bo'ladi. Nima uchun odamlar konformizmni namoyon etadilar, bu aslida inson tabiatiga zid emasmi? degan savol tabiiy. Yoki bo'lmasa, ko'pchilikning ta'siriga o'ylamay-netmay berilaverish yaxshimi? Bu shaxsning o'zligiga, mustaqilligiga putur etkazmaydimi, degan savol o'rinli bo'lib, uning javobini ikki manbadan - jamiyatning insonlar uchun ishlab qo'ygan normalari tizimidan, shunga mos tarzda odamning o'zgalar tomonidan tan olinishiga intilishidan va odamlarning o'zaro kommunikativ ma'lumotlar almashinishlari jarayonida so'zlar va iboralar orqali bir-birlariga etkazadigan ta'sirlari orqali tushuntirishga xarakat qiladi. Kim ko'proq konformli, degan savolga ko'pchilik mualliflar ayollarning erkaklarga, yoshlarning kattalarga nisbatan ancha ishonuvchan va ta'sirlarga beriluvchan ekanliklarini e'tirof etadilar. Bundan tashqari, olimlar bu xodisaning milliy-xududiy o'ziga xosliklarini va bu kabi xulq-atvor ayrim tang, sust vaziyatlarda odam irodasining pastlashi sifatida namoyon bo'lishini aytishgan. Nima bo'lganda ham, bizningcha, shaxsning tashqi tayziqlarga berilishi, tanqidsiz u yoki bu xarakat tiplariga ergashib ketaverishi individual xususiyatlarga ega bo'lib, u odamning dunyoqarashiga, mentalitetiga va ma'lumoti darajasiga bog'liqdir.
Nonkonformizm-chi? Kimlar o'zgalar fikriga ergashmaydi? Shunday insonlar toifasi borki, ular ko'pchilikka, qolaversa, ikkilanuvchilarga ergasholmaydi. Ular hakida ba'zan liderlar termini, ba'zida esa, "qo'shilmaslar" iborasi ishlatiladi. Bu yaxshimi yoki yomonmi? O'zbeklarda "podadan ajraganni bo'ri eydi" degan maqol bo'lishiga qaramay, aynan ana shunday yagonalar, kamchilikni tashkil etuvchi "qo'shilmaslar" tarixiy shaxslar yoki jamiyatda tub islohotlarni boshlovchilar bo'lib chiqadi. Agar bunday qobiliyat tug'ma - xarizmatik bo'lib, buni odamlar qalban xis qilsalar, ular norasmiy liderlarga aylanadi, agar bunday intilish ataylab, boshqalarga ko'rsatib qo'yish uchun namoyish etilsa, ular rasmiy liderlarga - rahbarlarga aylanib qoladilar. Nima bo'lganda ham liderlik va rahbarlik muammolari ham ijtimoiy psixologiyaning ustivor yo'nalishlaridan hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1. Individ tushunchasi va uning guruhdagi o’rni?
2. Guruhlarning rivojlanish muammosi?
3. Faoliyatda shaxs shakllanishi?



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish