Tabiatdan Foydalanish Iqtisodiyoti faning tadqiqot obekti
Tabiatdan Foydalanish Iqtisodiyoti faning tadqiqot obekti tabiiy resurslar bilan jamiyat hayoti va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi oʼrtasida oʼzaro aloqadorlikdir. Ushbu aloqalarni optimallashtirish, inson hayot faoliyati muhitini saqlash va tiklashga intilish fan predmetini tashkil etadi.
Haqiqatdan ham –TFI-tabiatdagi modda almashinuvining barqaror, tadrijiy muvozanatini taʼminlash sharoitida tabiatga zararli taʼsirning oldini olish va kamaytirishning yoʼllari va usullarini oʼrganadi. Masalan:1.Er bagʼridan dunyo boʼyicha mineral xom ashyo qazib olish 1900 yil-12 mlrd .t, 1950-60, 2000-390-400 va hokazo; 2. Mineral yoqilgʼining jahondagi umumiy geologik zaxirasi-12,5 trillion.t.shartli yoqilgʼidan iborat. Shartli yoqilgʼi deganda-issiqlik berish quvvati 7000 k kal kg ga teng deb qabul qilingan yoqilgʼi-masalan qoʼgʼir koʼmir 5-6 ga teng. 3.Jahonda koʼmirni umumiy geologik zaxirasi-14800 mlrd t, neftь-400 mlrd t, tabiiy gaz-320 trlion m kub, temir rudasi-400 mlrd t, 4. Jahondagi yer fondi-13,4 mlrd gektar, ishlov beriladigan yerlar-11%(1450 mln gektar); Chuchuk suv-gidrosferani-2,5% tashkil qiladi va hokazo.
TFIning fan sifatidagi asosiy maqsadi tabiiy muhitga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholining hayotiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida majmuali taʼsir koʼrsatishdan iboratdir.
Tabiatdan foydalanish koʼp tomonlama masala boʼlib, xilma-xil maqsadlarni koʼzda tutadi. Iqtisodiy maqsad-inson oʼziga kerakli barcha narsani tabiatdan oladi. Аholi soni ortib borgan sari bu narsalar miqdori ortib boradi. Аholi jon boshiga hisoblaganda –tabiat xom ashyosi har 12-14 yilda ikki baravardan ortib boradi; 2.Sogʼlikni saqlash va gigienik maqsad ishlab chiqarish. Transport rivojlanmagan bir davrda tabiat musaffo boʼlgan, hozir aksi-bu inson organizmiga salbiy taʼsir qiladi; 3. Tarbiyaviy maqsad-tabiat insonni tarbiyalaydi, musaffo joyda inson asabiylashmaydi, unga nisbatan muhabbat uygʼonadi; 4. Estetik maqsad-tabiat insonga goʼzallik inʼom etadi, zavq beradi.5. Ilmiy tadqiqot maqsadi-tabiat qonunlari oʼrganiladi.
Umuman olganda TMQ va TF chambarchas aloqada.1273 yili Аngliya qiroli Eduard 1 elon qilgan edikt (qonun)ni tabiatni muhofaza qilish haqidagi birinchi qonun deb hisoblash mumkin. Bu qonunda Londonda turar joylarda toshkoʼmirdan foydalanish man etilgan edi.
TFI asosiy vazifalari jamiyatning tabiiy resurslarga boʼlgan va uzluksiz ortib borayotgan ehtiyojlarini qondirish, tabiiy resurslarni qayta tiklash, tabiiy muhitning mahsuldorligini oshirish uchun sharoit yaratish, tiklanmaydigan tabiiy resurslardan tejamkorona, oqilona foydalanish, atrof muhitni ifloslanishdan saqlash, tabiatni maqsadli oʼzgartirishkabilar hisoblanadi.
TFI tabiiy resurslarni ularning murakkab oʼzaro aloqadagi inson xoʼjalik faoliyati taʼsirida oʼzgarish qonuniyatlarini, inson uchun bu oʼzgarishning ahamiyatini aniqlaydi, tabiiy resurslardan foydalanishni asoslaydi, ulardan kishilarning hozirgi va kelgusi avlodlari uchun zarur boʼlgan miqdor va sifat xususiyatlarini saqlash va tiklash usullarini ishlab chiqodi. TFI, shuningdek, nafaqat tabiiy muhitning sifat hihatdan yomonlashib, miqdor jihatdan qashshoqlashib borishining oldini olishni emas, balki uni maqsadli ravishda uzluksiz yaxshilashni taʼminlash ham lozim. TFIning ilmiy yoʼnalishi tabiiy resurslardan foydalanish, ularni tiklash, muhofaza qilish, insoniyatning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini qondirishh uchun tabiiy muhitni ifloslanish va buzilishdan saqlash, tabiatni oʼzgartirishga qaratilgan tadbirlar majmuasidan iboratdir. TFI kishilik jamiyati va tabiiy muhit oʼrtasidagi oʼzaro taʼsirni optimallashtirishni taʼminlaydigan tadbirlar majmuasidir.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, yaʼni tabiat bilan jamiyat oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning keskinlashganligi tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Аyniqsa, bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratishda alohida eʼtibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholining sogʼlomligi, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning holati bilan chambarchas bogʼliqdir.
TFIning umumiy nazariyasini ishlab chiqish fanlararo vazifa boʼlib, uning yechimida koʼpgina fanlar qatnashmoqda. Аmmo bu fanlar orasida tabiatdan foydalanishni ilmiy asosdatashkil etishga majmuali yondashadigan geografiya va iqtisodiyot fanlari tarmoqlari alohida mavqega ega. Zero, bu fanlar tabiatdan foydalani masalalarini oʼrganish va bu masalalar boʼyicha amaliy tadbirlar tizimini ishlab chiqishda katta imkoniyatlarga egadir. Shu sababli «Tabiat-aholi-xoʼjalik» yagona uchlikni oʼrganadigan geografiya va iqtisodiyot fanlari tabiatdan foydalanish iqtisodiyotining muhim muammolari boʼyicha fanlar tadqiqotlarining asosi boʼlib xizmat qiladi. Chunki, TFIning geografiya fanlari tizimidagi asosiy vazifasi tabiatdan foydalanishning hududiy tashkil etishni tabiiy, geografik ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan atroflicha oʼrganish boʼlsa, ehtiyojlarning cheksizligi bilan resurslarning cheklanganligi oʼrtasidagi nomutanosiblik iqtisodiyotning azaliy muammosidir.
XULOSA
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, yaʼni tabiat bilan jamiyat oʼrtasidagi oʼzaro munosabatlarning keskinlashganligi tabiat va uning resurslaridan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Аyniqsa, bozor iqtisodiyotiga oʼtish davrida tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan samarali foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini yaratishda alohida eʼtibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, aholining sogʼlomligi, atrof muhit muhofazasi va tabiatdan foydalanishning holati bilan chambarchas bogʼliqdir.
Tabiatda yuz berayotgan ijobiy va salbiy oʼzgarishlarni turli sohalarda oʼrganiladi, lekin ular orasida iqtisodiy jihatdan oʼrganish jiddiy ahamiyat kasb etadi. Chunki, iqtisodiy nuqtai nazardan oʼrganish natijalari aniq, miqdoriy koʼrsatkichlar asosiad insonning xoʼjalik faoliyatiga baho beradi. Аtrof muhitda sodir boʼlayotgan antropogen oʼzgarishlarni turli hisob-kitob yoʼllari bilan taʼlil qilish natijasida ishlab chiqarishning naqadar rentabelligi, daromad miqdori aniqlanadi, shuningdek tabiiy muhit buzilishi va ifloslanishi natijasida korxonaning havo, suv, tuproq, umuman landshaftlar, aholi sogʼligiga yetkazayotgan zararining hajmi toʼgʼrisida maʼlumotga ega boʼlinadi. Аslida inson xoʼjalik faoliyatining oqibatlarini iqtisodiy tahlil qilish natijalari korxonalarning qanchalik rentabel ishlayotganining mezoni boʼlishi kerak. Korxona koʼplab yuqori sifatli tayyor mahsulot berayotgan boʼlishi mumkin, bu kerak, chunki korxona egalariga moʼmay daromad keltiradi. Lekin atrof-muhitga yetkazayotgan zararli oqibatlarning hisob-kitob yoʼli bilan soʼm hisobida aniqlangan maʼlumotlarini olinayotgan daromad bilan solishtirish natijasida ishlab chiqarish korxonalarining qancha samara bilan ishlayotgani toʼgʼrisida majmuali xulosa chiqarsa boʼladi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Tursunov.X (Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish)
Гирусов Э.В. и др (Экология и экономика природопользования)
Шилов И.А.( Экология)
www.fayllar.org
https://Arxiv.uz
https://hozir.org
https://Llibrary.ziyonet.uz
https://fayllar.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |