Ikkinchi eng muhim vazifa — ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash ham korxonalar, tarmoqlarning, ham umuman
davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorligiga erishish.
Uchinchi muhim vazifa — milliy valyuta — so’mni yana ham mus-tahkamlashdan
iborat.
To’rtinchi strategik vazifa — iqtisodiyotimiz strukturasini tubdan o’zgartirish, xom
ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
Xozirgi paytda bu qo’yilgan vazifalar muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirilmoqda.
Mulkni chinakam mulkdorlar qo’liga topshirish tezlashtirilib, ularning egalarida haqiqiy
xo’jayinlik tuyg’usi shakllanib bormoqda. Davlat mulkini xususiylashtirish, tadbirkorlik
faoliyatini keng qo’llab-quvvatlash, kichik korxonalar tashkil qilishni rag’batlantirish uchun
zaruriy huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilinib chora-tadbirlar belgilanmoqda. Natijada
davlatga qarashli bo’lmagan sektorning ulushi tobora ortib borib, hozirgi payt-da mamlakat
miqyosida yaratilgan milliy daromadning 70%, sanoat mahsulotining 53,5%, qishloq xo’jalik
mahsulotining 97,7% ini tashkil etmoqda.
Diqqat-e’tibor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni pasaytirishga barham berish,
barqarorlashtirish va yuksaltirish uchun qaratilgani tufayli O’zbekiston iqtisodiyotning barcha
ko’rsatkichlari bo’yicha hamdo’stlik davlatlari orasida eng kam pasayishi yuz berdi. Ular orasida
1 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y., 119-bet
2 O’sha asar 121-122, 175-betlar
3 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.,«O’zbekiston» 1995y., 175-bet
birinchi bo’lib, 1996 yildan boshlab asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha barqaror
o’sish ta’minlanmoqda.
«O’zbekiston modeli»da e’tibor respublikada ishlab chiqarishni tiklamay, iqtisodiyotni
yuksaltirmay, tsivilizatsiyalashgan bozor sari amalda ilgarilab borish, mustaqillikni, suverenitetni
iqtisodiy jihatdan himoya qilish, aholi uchun ishonchli ijtimoiy kafolatlarni vujudga keltirish,
munosib turmush darajasini ta’minlash mumkin emasligiga qaratilgan. Bu jihati bilan
barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda printsip jihatdan bir-biridan farq qiluvchi boshqa
yondashuvlardan ajralib turadi.
Iqtisodiyot barqarorligini o’ziga xos ko’rsatkichi, belgilangan islohotlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishning mezoni bo’lgan milliy valyutani mustahkamlashga qaratilgan to’rtta
yo’nalishda alohida dastur ishlab chiqildi:
1.So’mni tovar bilan barqaror ta’minlashni amalga oshirish.
2.So’mni barqaror amal qilishi, erkin almashinuvini ta’minlash, buning uchun etarli
valyuta zaxirasiga ega bo’lish.
3.Xar bir kishi, har bir tashkilotni ishlab topgan so’mini qadrlashga o’rgatish, milliy
valyutani aniq to’lov vositasiga aylantirish.
4.Milliy valyutani mustahkamlash uchun inflyatsiyaga qarshi baquvvat, puxta o’ylangan
siyosat o’tkazish.
Xozirgi paytda bu dasturlarni izchillik bilan hayotga tatbiq etish, butun milliy
iqtisodiyotda strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirish bilan birgalikda olib borilyapti.
Sobiq Ittifoq davrida sanoat tizimida engil sanoatning, aniqrog’i paxta tozalash
sanoatining mavqei juda yuqori bo’lgan. Ayrim regionlar sanoatida uning salmog’i 70—80 %
gacha etgan. Katta xom ashyo resurslariga ega bo’lgan hududlarda tayyor mahsulotlar ishlab
chiqarish yo’lga qo’yilmagan edi.
Og’ir sanoat korxonalarining hammasi sobiq markazga bo’ysungandi. Ishlab chiqarilgan
sanoat mahsuloti tarkibida xalq iste’mol mollarining hissasi atigi 37,1% bo’lgan.
Shunday og’ir vaziyatda sanoatni tiklash, tarkibiy o’zgarishlari bo’yicha chora-tadbirlar
ko’rilmaganda ishlab chiqarishni keskin tushib ketishi, sanoatda band aholining katta qismi
ishsiz qolishi mumkin edi. O’z navbatida u boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin
edi. Ushbu salbiy jarayonni oldini olish maqsadida chet el sarmoyalarini jalb qilish orqali
raqobatbardosh, import o’rnini bosadigan, eksportga mo’ljallangan mahsulotlar ishlab
chiqariladigan yangi korxonalar tashkil qilish, eskilarini yangi zamonaviy texnologik jihozlar
o’rnatish yo’li bilan xaridorgir mollar ishlab chiqarishga ixtisoslashuviga alohida e’tibor berildi.
Qulay investitsion muhit yaratilganligi xorijiy sarmoyalarning kirib kelishiga keng yo’l
ochilgani iqtisodiyotda tub strukturaviy o’zgarishlar sodir bo’lishining muhim omillaridan biri
bo’ldi.
Islohotlarning dastlabki bosqichidanoq yoqilg’i-energetika majmuasini yuqori sur’atlar
bilan rivojlanishini ta’minlash, neft va tabiiy gaz ishlab chiqarish hamda ularni qayta ishlash
hajmlarini ortib borishi hisobiga energetika mustaqilligiga erishildi. Agarda 80- yillarda har yili
6 mln. tonna atrofida chetdan neft tashib kelingan bo’lsa, endilikda yoqilg’i mahsulotlarini
eksport qilinayapti. Qisqa muddat ichida Buxoro neftni qayta ish-lash zavodi ishga tushirildi.
1998 yilda eksport qilingan mahsulotlarning 7,9% ini elektr-energiya manbalari tashkil qildi.
Mamlakatimiz sanoatida mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmog’ining mavqei
kun sayin ortib boryapti. Ayniqsa, avtomobilsozlikning tashkil topishi jiddiy tarkibiy
o’zgarishlar sodir bo’lishiga olib keldi. U sanoatda barqaror o’sishni ta’minlashning muhim
omili bo’lmoqda. O’zbekiston O’rta Osiyo davlatlari orasida birinchi, dunyoda 28- bo’lib
avtomobil ishlab chiqaradigan mamlakatga aylandi.
Xozir yangi tarmoq tizimida quvvati 200000 engil avtomobil bo’lgan «UzDEUAvto»,
avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «SamKochAvto» qo’shma
korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda.
Xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishga alohida ahamiyat berilib, qator qo’shma
korxonalar vujudga keltirildi. Xozirgi kunda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari ishlab
chiqarish kundan-kunga sifati va miqdori jihatdan aholi talabini qondiradigan darajaga etmoqda.
Xizmat ko’rsatish sohasiga diqqat qaratilishi bu sohaga uzoq yillardan beri e’tibor
berilmagani tufayli rivojlangan mamlakatlardan nihoyatda orqada qolib ketilgani, o’rtadagi katta
farqni borgan sari yo’qotib borishga qaratilgan. Xozirgi paytda iqtisodiy faol aholining bu
sohada band bo’lishi milliy iqtisodiyotdagi muhim o’zgarishlar yuz berayotganidan dalolat
beradi.
Ikkinchi bosqichda narxlarni ustidan davlat nazoratini minimallashtirish, ommaviy
privatizatsiya tufayli davlat mulki hissasi kamayib, bozor sektori ulushi tez o’sib bordi. Qishloq
xo’jaligi isloh qilinib xo’jalik yuritishning turli shakllari vujudga keldi. Fermer xo’jaligi tobora
rivojlanib bormoqda.
Bank tizimida ham katta o’zgarishlar yuz berdi. Markaziy bank
umummilliy rezerv tizimi sifatida davlat ixtiyorida qolib, bosh-qa banklar nodavlat tijorat
banklariga aylantirildi. Buning natijasida davlatning bevosita xo’jalik yuritish vazifasi
iqtisodiyotni tartibga solishga aylanib ketdi.
«O’zbekiston modeli»ning diqqatga sazovor tomoni shundaki, jamiyatni isloh qilish va
yangilash bo’yicha ko’p qirrali faoliyatning markazida inson turadi. Islohotlarning mazmuni
aynan har bir fuqaro o’z qobiliyatini, iste’dodini namoyon etishiga, shaxs sifatida o’zini
ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishiga qaratilgan. Siyosiy, ijtimoiy hayotdagi barcha o’zgarishlar
oliy maqsadga erishish — har bir kishining hayotini yaxshiroq, munosibroq, ma’naviy jihatdan
boyroq qilishga qaratilgan.
Boshqa tomondan qaraganda, isloh qilishning natijasi shu insonlarning o’ziga bog’liq.
Shuni hisobga olib, birinchi navbatda ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratilib
kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklashga qaratildi.
Bir vaqtlar asrimizning buyuk iqtisodchisi J. M. Keyns iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan
paytda ishsizlikni kamaytirish uchun davlat ehrom quradimi, chuqur kavlab ko’mdiradimi, nima
qilsa ham ishsiz aholini band bo’lishini ta’minlashi zarur deb ko’rsatgan edi.
Mamlakatimizning aynan ana shunday o’tish davrining qiyinchiliklari mavjud paytda
ma’naviyat ehromlari barpo qilindi. Qadimiy obidalarni ta’mirlash, Imom at-Termiziy, Imom al-
Buxoriy kabi allomalarimiz, Bobur, al-Farg’oniy, Mashrab va boshqa ajdodlarimiz sharafiga
bunyod qilingan bog’lar, Xotira xiyobonlari yosh avlodni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga
yordam beribgina qolmay, mamlakatimiz tarixi bilan qiziqadigan, obidalarini ko’rmoqchi
bo’lgan sayyohlarni ko’payishiga olib keladi.
Inson omilining kuchi va ta’siri, uning ma’naviyati, jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. U aholining bilimdonlik darajasi, ish bilan bandlikning
kasbiy-malaka tuzilmasi va boshqa ko’pgina shart-sharoitlar orqali shakllanadi.
Shuning uchun ham mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik va iqtisodiy
o’zgarishlarni hisobga olgan holda kadrlar tayyorlashni isloh qilishning «Milliy dasturi» ishlab
chiqildi. U «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to’g’risidagi qonunlarning
qabul qilinishi va amalga oshirilishida xalqimizning qudratli salohiyatini yuzaga
chiqarishga xizmat qiladi.
«O’zbekiston modeli» bozor iqtisodiyotiga o’tishda xorij yordamiga ko’z tikib o’tirmay,
ko’proq mamlakat iqtisodiy potentsialiga tayanishga qaratilgan bo’lib, bu chetdan beriladigan
madadni rad etish emas, balki unga iqtisodiy taraqqiyotning yordamchi manbai sifatida qarashni
ifodalaydi.
Xullas, O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos xususiyatlariga mos yo’lni
tanladi.
Bu modelning yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, boshqa mamlakatlarda bozor
iqtisodiyoti modellari nazariy jihatdan olimlar tomonidan ishlab chiqilib, davlat arboblari
tomonidan hayotga tatbiq qilingan bo’lsa, «O’zbekiston modeli» esa Prezidentimiz
I. A. Karimov olim sifatida nazariy jihatdan ishlab chiqib, davlat arbobi, prezident sifatida
hayotda amalga oshirilishiga rahbarlik qilish, ya’ni ham nazariyotchi, ham amaliyotchining
yagona shaxs bo’lishi jihatidan ham boshqa modellardan ajralib turadi.
Albatta, demokratik islohotlarni amalga oshirishda kamchilik va nuqsonlar ham bor.
Lekin ularni chuqur tahlil qilib, tugatish yo’llari ishlab chiqilib, islohotlarni chuqurlashtirish
orqali ko’zlangan maqsad sari olg’a qadam tashlanadi. Buni Prezidentimizning birinchi chaqiriq
Oliy Majlisning XIVsessiyasida, 1999 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va 2000 yilda iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishni ustuvor
yo’nalishlariga, 2000 yilning birinchi yarim yilligida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari va iqtisodiy islohotlarning borishiga bag’ishlangan majlislaridagi nutqi ham tasdiqlab
turibdi.
Xulosa
*Bozor iqtisodiyotining afzalligi barcha mamlakatlarni bozor iqtisodiyotini tanlashga olib
keldi va unga o’tishni umumiqtisodiy jarayonga aylantirdi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish murakkab
jarayon. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha mamlakatlar uchun umumiy jihatlari bo’lishi
bilan birga har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chikib, o’ziga xos o’tish yo’li
bor.
*Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarga xos bo’lgan ayrim jihatlarni umumiy
ekanligi ni hisobga olib, ularni 3 guruhga bo’linadi:
1. Rivojlangan mamlakatlar yo’li. yoki klassik yo’l.
2. Mustamlakachilikdan ozod bo’lgan, rivojlanayotgan yosh mamlakatlar yo’li.
3. Sobiq sotsialistik mamlakatlar yoki rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish
yo’li.
*Klassik yo’l evolyutsion yo’l bo’lib, aralash iqtisodiyotga transformatsiyalashuvni aks
ettirsa, rivojlanayotgan mamlakatlar mustamlakachilikdan qutilib, qoloq an’anaviy
iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tishdir. Uchinchi yo’l bozor iqtisodiyotiyo’lidan
borayotgan mamlakatlarni revolyutsiya(inqilob) tufayli bu yo’ldan to’xtatib, bozor
munosabatlarini cheklashdan bozor iqtisodiyotiga qaytish yo’li.
*Shu bilan birga bozor iqtisodiyotiga o’tishning har bir mamlakat uchun o’ziga xos
tomonlari borki, ular shu mamlakatga tegishli xususiyatlardan kelib chiqadi va mamlakatning
bozor iqtisodiyotiga o’tishida hisobga olinishi zarur. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar
ekan, yurtimizning o’ziga xos xususiyatlari «O’zbek modeli»da o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |