OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI .
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)” yo’nalishi
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan,
Mavzu: O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
Bajardi:Umirzaqov Javohir.
Tekshirdi: Sirojiddin Saidov.
REJA:
O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari
O’zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi
O’Zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgach, ijtimoiy yo’naltirilgan, bozor iqtisodiyotiga
asoslangan, ochiq demokratik davlat barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. «Pirovard maqsadimiz
ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli
demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir»1.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning jahon miqyosidagi tarixiy tajribasi o’rganilib, bozor
iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi2 yaratildi. O’zbekistonning mavjud sharoitlari,
xususiyatlarini hisobga olgan holda o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Ular:
1.O’zbekistonda qadimdan taraqqiyot uzoq yillar evolyutsion tarzda rivojlangan
«Osiyocha ishlab chiqarish usuli» va uning an’analari saqlanib qolishi bilan bog’liq. Bular
dehqonchilikni sug’oriladigan erda olib borilishi, erni hosilbay ijaraga olib ishlov berish,
ko’pgina ishlarni jamoa bilan bajarish (hashar), jamoa bo’lib yashash, mahalla kabi o’z-o’zini
boshqarish tizimining saqlanishi, mahalla mulkining mavjudligi, mayda ishlab chiqarish va
mayda savdo-sotiqqa moyillik, mayda dehqon xo’jaligining yuksak darajada tovar xo’jaligi
bo’lishi va hokazolardan iborat. Tom-orqa xo’jaligining saqlanishi mayda tovar xo’jaligi
an’analari g’oyat kuchli ekanligidan dalolat beradi.
2.O’zbekistonning qator o’ziga xos xususiyatlari bir tomondan, sotsialistik iqtisodiy tizim
asosida, ikkinchi tomondan, Sovet imperiyasi tarkibida rivojlanishi bilan bog’liq.
3.O’ziga xos sotsial-demografik vaziyatning mavjudligi. Respublika aholisi tarkibida
yoshlar juda ko’p. Aholining 60% i qishloqlarda yashaydi. Aholi o’troq, ish kuchining siljishi
(migratsiya-si) g’oyat sust. Aholi milliy urf-odat, an’analarni hurmat qiladi, ular hayot tarziga
kuchli ta’sir ko’rsatadi.
4.Aholining asosiy qismi musulmon bo’lib, diniy dunyoqarash ham aholining turmush
tarziga ta’sir ko’rsatadi. O’zbekistonning mehnatsevar, saxiy, mehmondo’st xalqi — uning
haqiqiy boyligidir.
5.O’zbekiston tuprog’i turli-tuman tabiiy resurslarga boy. Respublikamizda mashhur
Mendeleev davriy sistemasidagi deyarli barcha elementlar bor. Xozirga qadar 2,7 mingdan ortiq
turli foydali qazilma konlari va ma’dan bor istiqbolli joylar aniqlangan bo’lib, ular 100 ga yaqin
mineral xom ashyo turlarini o’z ichiga oladi. Umumiy xom ashyo potentsiali 3,3 trillion AQSh
dollardan ortiq baholangan, 900 dan ortiq topilgan kon zaxiralari esa 970 milliard AQSh
dollariga teng. Bu esa investitsiya uchun juda katta imkoniyat, faoliyat doirasi yaratadi. Bulardan
tashqari, respublikamizning yana bir qancha o’ziga xos jihatlari borki, ular ham albatta uning
o’ziga xos xususiyatlari shakllanishida katta rol o’ynaydi.
O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, uning bozor
iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasi ishlab chiqildi.
Bu kontseptsiya Prezidentimiz I. A. Karimovning qator asarlarida, Oliy Majlis qabul
qilgan qonunlar va qarorlarda o’z ifodasini topgan.
«O’zbekiston modeli»ning o’ziga xos tomoni, boshqa mamlakatlarning bozor
iqtisodiyotiga o’tish modellaridan farqi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillarida o’z aksini
topgan. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Do'stlaringiz bilan baham: |