1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi. Bu tamoyilga binoan iqtisodiyotni
mafkuradan batamom xoli qilish, uning siyosatdan yuqori turishi ta’kidlanadi.
Lekin shuni eslatish kerakki, mafkuradan batamom xoli qi-lish, bu umuman mafkuradan
voz kechishni anglatmaydi, chunki birorta ham jamiyat ijtimoiy ongning san’at, din, siyosat,
axloq kabi turli shakllarda mujassamlashgan muayyan g’oyalar, tasavvurlar, tushunchalardan
tashqari rivojlana olmaydi.
1 Karimov I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T., «O’zbekiston» 1995y., 9-bet
2 Kontseptsiya (lotincha conception-tushunish, tizim) bosh g’oya, etakchi fikr, konstruktiv printsipni talqin etish
usuli. Bozor iqtisodiyotiga o’tish kontseptsiyasida bozor iqtisodiyotiga o’tish qonun-qoidalari va uning
O’zbekistondagi xususiyatlariga oid ilmiy qarashlar majmui bayon qilinadi.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustun turishi uning ichki mazmunini tashkil qilmog’i lozim.
Aynan iqtisodiyot uni yanada rivojlantirish, dolzarb muammolarni hal qilishi hozirgi
yuritilayotgan siyo-satning asosiy mazmunidir.
Bu tamoyil iqtisodiy faoliyatning, ijtimoiy hayotning birlamchi asosi ekanligidan kelib
chiqadi. Tarixiy taraqqiyot shuni ko’rsatadiki, iqtisodiyot qanday bo’lsa, jamiyat hayotining
boshqa hamma tomonlari ham shunga qarab tarkib topadi, rivojlanadi.
Ma’lumki, davlatlarning rivojlanish darajasi iqtisodiy ko’rsatkichlarga, eng avvalo, aholi
jon boshiga ishlab chiqarilgan yalpi milliy mahsulot, ishlab chiqarilgan va iste’mol qilingan
milliy daromad asosida aniqlanadi. Bu bejiz emas. Chunki aholining turmush darajasi bevosita
ana shu ko’rsatkichlarga bog’liq. Xalq farovon yashashi uchun yuksak rivojlangan iqtisodiyot
zarur.
Mamlakatimiz milliy mustaqillikni qo’lga kiritdi. Siyosiy mustaqillik iqtisodiy jihatdan
ta’minlanmasa, to’laqonli mustaqillik bo’lolmaydi. Qoloq iqtisodiyot va past turmush darajasi
bilan haqiqiy mustaqillikni ta’minlab bo’lmaydi. Buni nazarda tutgan holda iqtisodiyotni
rivojlantirishga alohida ahamiyat beriladi. O’zbekiston kelajagi buyuk davlat. Buyuk kelajakning
mustahkam poydevori — bu muttasil rivojlanib boruvchi iqtisodiyotdir. Iqtisodiyot barqaror
o’sishi uchun ijtimoiy-siyosiy bar-qarorlik, xalqimizning tili bilan aytganda, tinchlik-totuvlik,
xotirjamlik bo’lishi zarur. Undan tashqari, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi, rag’bat beruvchi kuch
zarur. Ana shunday kuch bozor iqtisodiyotida mavjud bo’lib, buni yuksak darajada rivojlangan
mamlakatlar tajribasi tasdiqlab turibdi.
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi iqtisodiy taraqqiyotda mafkuraning, siyosiy omilning
ahamiyatini, uning maqsadlarini, umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot strategiyasini
belgilashdagi rolini aslo inkor etmaydi. Iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustun ahamiyatga ega
bo’lishi bu iqtisodiyotni ichki taraqqiyot qonunlariga zid bo’lgan o’zboshimchalikdan, siyosiy
boshqaruv usulidan ozod qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |