qiladi. “Dasiyn” tushunchasi insonning moddiy borlig‘ini emas, aksincha, uning ongi borlig‘ini
Xaydegger inson borlig‘ini ta’riflash uchun, “kategoriyalar” tushunchasini kiritdi. Buning
sababi inson borlig‘ining negizi “ekzistensiya”, ya’ni “ichki mohiyat” bо‘lgani uchun bu borliqni
ta’rif etuvchi tushunchalar ham bu ichki mohiyat bilan bog‘liq bо‘lib unga taalluqlidir. Shuning
uchun ular kategoriyalar emas, balki, “ekzistensillar”dir. “Ekzistensiallar“ tushunchasini
Xaydegger “Gumanizm haqidagi xat”ida (1947) ochib beradi. Uni inson ichki borlig‘ini “ekstaz”
holati deb ta’riflagan. ”Ekstaz” bu ilohiy kuch bilan g‘ayritabiiy qо‘shilish jarayonidir.
Xaydegger falsafasida “о‘zlikni anglash” tushunchasi “ekzistensiya“ga bog‘lanadi. U
insonning cheklangan borlig‘ining asosida yotadi. Inson borlig‘ining mohiyati shu tushuncha
orqali ham ochiladi. Boshqa mavjudodlar о‘z-о‘zini anglash qobiliyatiga ega emas. Bu qobiliyat
faqat insonda mavjud bо‘lib, insonning borlig‘iga xos. Shuning uchun u muhim ahamiyatga ega
Insonning hayoti va borlig‘i chegaralangani uchun Xaydeggerda о‘z-о‘zini anglash qobiliyati
59
tushkunlik ruhi bilan sug‘orilgandir. Inson ongi tuzilishini uch bosqichga bо‘ladi: “dunyodagi
borliq“, Xaydegger bunda inson ongini dunyo bilan chambarchas bog‘liqligini kо‘rsatadi.
“Oldinga о‘tish” - inson ruhini borliqdan ajralishi va g‘oyalar sifatida shakllanishi. Bu
shakllanishni Xaydegger “loyiha” deb ataydi. “Borliq ichidagi mohiyat”ni ochish uchun narsalar
va inson ongi orasidagi munosabatni tahlil qilish zarurdir.
Narsalarning borlig‘iga inson ongi katta ta’sir kо‘rsatadi. Inson borlig‘i narsalar borlig‘i
bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, har bir narsada insonning ta’sirini kо‘rishimiz mumkin.
Masalan, muzey eksponatlari hozirgi zamonda mavjud bо‘lgan narsalar bо‘libgina qolmay,
о‘tmishdagi davrni va о‘sha davrdagi egasining ta’sirini ham о‘zida saqlaydi.
“Vaqt” tushunchasi Xaydegger falsafasida katta ahamiyatga egadir. Vaqtning о‘tmishdagi,
hozirdagi va kelajakdagi xususiyatlari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Hozirgi zamonni
о‘tmishsiz tasavvur etib bо‘lmaydi. О‘tmish hozirgi davrni qanday yо‘nalishda о‘zgarishini,
rivojini kо‘p jihatdan belgilaydi. Demak, о‘tmish hozirgi zamon bilan chambarchas bog‘liq.
Kelajakning qanday bо‘lishi ham hozirgi davr о‘zgarishlariga bog‘liq bо‘lib, undan ajralmas
holda shakllanadi va rivojlanadi.
Insonning kelajagi qanday bо‘lishi uning ijobiy hayotiy faoliyatiga boG‘liqdir.
Xaydegger falsafasida katta muammolardan biri - bu yо‘qlik masalasidir. Bu g‘ayritabiiy
“yо‘qlik” xolati insonda ayrim “chegaradosh” vaziyatlarda sodir bо‘ladi. Bu hayot-mamot
masalasi hal qilinadigan hayotiy vaziyatlardir. Inson о‘limga yuz tutgan daqiqalarda uni dahshat
hissiyoti qamrab oladi. Dahshat insondagi his-tuyg‘ularni, uning uchun qachonlardir ahamiyatga
ega bо‘lgan narsa va munosabatlar qadrini yо‘qotadi va ichki bо‘shliqni paydo bо‘lishiga olib
keladi. Bu ichki bо‘shliqda inson о‘zining asl-mohiyati - “ekzistensiya”sini va boshqa
narsalarning sof borlig‘ini his qiladi. Aynan shu vaziyatda insonning asl mohiyati ochiladi va u
iroda va ruh erkinligiga ega bо‘ladi.
I.Kant
va
E.Gusserl
ontologik
metafizikasidan
Xaydeggerning
metafizikasi
“о‘zgaruvchanlik” ichki mohiyati bilan farq qiladi. Insonning borlig‘i, ya’ni “dasiyn” - bu
markaziy ahamiyatga ega bо‘lib, butun e’tibor insonning ichki olamiga qaratilgan.
Insonning bu ichki olamida inson taffakuri tomonidan yaratilgan texnika katta ahamiyatga
egadir. Texnik rivojlanishga о‘tish butun sivilizatsiya va madaniyatni yangi bosqichga
kо‘tarishni anglatadi. Lekin bu bosqich insonning tabiatidan uzoqlashish va begonalashuvga olib
keladi. Hozirgi zamon texnikasi, yaratilgan kashfiyotlar va aloqa vositalari insonni yanada
yolg‘izlanib qolishi va tabiatni his qilmasligiga, natijada esa, о‘z ichki olamida ham yо‘qlik,
bо‘shliqning paydo bо‘lishiga olib keladi.
Xaydegger falsafasidagi sof borliq, bо‘shliq insonning ruhiy bо‘shliG‘iga, parokandalikka
olib keladi. Xaydegger bu parokandalikdan chiqish yо‘li, qachonlardir о‘zi qayd etgan ilohiy
kuch bilan qо‘shilishi bо‘lgan “ekstaz” - ilohiy muhabbat va ezgu tuyg‘ularning xursandchilik
yо‘lini mutloq unutgandek tuyuladi.
Xaydeggerning bо‘shlig‘i ilohiy bо‘shliqqa, ekstaz holatiga olib kelmadi, aksincha, uning
yо‘qolishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: