(1828-1875) neokantchilikning rivojida muhim rol о‘ynadi. Lange Kantning hamma ta’limotini
Uning asosiy asari «Materializm tarixi va uning tanqidining hozirgi davrdagi ahamiyati»
13
Bu nuqtai nazar jangovor idealizmdan iboratdir. U Kant ta’limoti ahamiyatini cheklab
kо‘rsatadi, ya’ni Lange fikricha, bizning tushunchamiz predmetlar bilan ifodalanmaydi, balki
predmetlar bizning tushunchamizni ifodalaydi. «Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tajriba
predmeti - faqat hodisadir, hech qanday «narsa о‘zida» emas.
Kant bu fikrini aqlni aprior sintetik mulohaza yuritish qobiliyatidan kelib chiqqan holda
isbotlashga harakat qilgan. Lange esa bu masalada yangi nuqtai nazarni ilgari surdi. Fiziologlar
Ioagann Myuller va Gelmgolsning fikrini rivojlantirib, Langening fikriga kо‘ra, Kant
falsafasining mohiyatini a’zolar hissiyotlarining fiziologiyasi tasdiqlaydi.
Lange yozadi: «bizning hamma tajribamiz ruhiy tuzilishimiz bilan asoslanadi, qanday his
qilsak, shunday his qilishimizga, qanday о‘ylasak shunday о‘ylashimizga majbur qiladi,
boshqacha tuzilishda esa xuddi о‘sha predmetlar butunlay о‘zgacha tasavvur qilinadi. Narsa
о‘zida esa hech qanday mavjudot tomonidan tasavvur qilinmaydi».
Shu nuqtai nazardan Lange Kantning kategoriyalar tо‘g‘risidagi ta’limotiga о‘zgartishlar
kiritdi. Demak, kategoriyalar sof aqlning mahsuli emas, balki bizning fiziologik, ruhiy
tuzilishimizga bog‘liq va har qanday tajribadan tashqaridir. Shu ma’noda aprior holatlar
zaruratdir va har qanday tajribadan tashqaridadir va insonning tuzilishiga bog‘liqdir.
Shundan kelib chiqqan holda, tafakkur aprior elementlarning deduksiyasi, «ilmiy
metafizika» mumkin emas. Boshqa tarafdan, Lange metafizikani inkor qilib pozitivizmga
yaqinlashadi. U pozitivistlar kabi «metafizikani» inkor qilib, empirizmni tashviq qiladi va
materializmni ham inkor qiladi. Lange uchun ahamiyatli bо‘lgan narsa moddiylikdan tozalangan
«tajriba»dir.
Zero, aprior kategoriyalarning yagona manbai bizning tuzilishimizga boG‘liq ekan,
tajribadan tashqari ular о‘zining ahamiyatini butunlay yо‘qotadi. Shuning uchun ham biz
hodisalar dunyosida turib «narsa о‘zida» haqida xulosaga kela olmaymiz «Narsa о‘zida»
hodisalarning narigi dunyosida turuvchi transsendent sababdir. «Narsa о‘zida» - faqat «chegara
tushunchasidir».
Langening ta’limoti mantiqan mifologizmga borib taqaladi. Langening gnoseologik
pozitsiyasi materializmga bо‘lgan munosabati bilan asoslanadi. Materializmni mexanik
dunyoqarash sifatida talqin qilib, Lange tabiat haqidagi yangi fanlarni zarurat asosi sifatida
kо‘radi. Lekin bir vaqtning о‘zida materializmning falsafiy dunyoqarash ekanligini tan olmaydi.
Lange fikricha, materializm faqat «hodisalar materializmi» sifatida mumkin, lekin
falsafiy dunyoqarash sifatida butunlay mumkin emas.
Shunday qilib, Lange falsafaga mifologik-irratsional elementlarni kiritadi. Bu bilan u
«ratsional» kantchilikning irratsionalizmdan uzoqda emasligini kо‘rsatadi.
Ijtimoiy hayot tо‘g‘risidagi fikrlarini Lange о‘zining «Ishchi masala» (1865) nomli
asarida bayon qiladi. Bu qarashlarida Lange darvinizm va maltuschilar ta’limotini rivojlantiradi.
Lange butun dunyo tarixiy jarayonini sxematik tarzda aks ettiradi. Butun tarix, Lange fikricha,
Darvinning «yashash uchun kurash» qonunidan iborat. Lekin Langeda bu qonun faqatgina
rasmiy ifodaga aylangan. Ana shu ifodaning mazmuni esa Maltusning «yer yuzida insoniyatning
kо‘payib ketishi» qonunini anglatadi. Langening bu fikrini Marks Kugelmanga yozgan xatida,
(1870 yil 27 iyun) va Langening о‘ziga yozgan xatida (1865 y. 29 mart) tanqid qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: