Milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish



Download 6,83 Mb.
bet13/44
Sana01.08.2022
Hajmi6,83 Mb.
#846256
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
5-sinf Sinf soati (4)

Asosiy qism:
B iz yashab turgan hozirgi 0‘zbekiston, 0‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari — daryo va an- horlar bo‘yida yashab kelgan. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan, tabiati, iqlimi juda murakkab, tez o‘zgarib turadigan bu hududdagi sharoitning o‘zi bu yerdagi millat va elatlarning ming yillar davomida bir-biriga yaqin yelkadosh bo‘lib, bir- birining og‘irini yengil qilib yashashini taqozo etgan, ya’ni bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashash- ga imkoni bo‘lmagan. Tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni jamoa bo‘lib istiqomat qilishini zaruratga aylantirgan. Bunday yashash tarzi tabiiy ravishda odamlami bir-birining holidan xabardor bo‘lib, dard-u quvonchlarini o‘zaro baham ko‘rib, to‘y- da ham, azada ham bu hayot yukini barobar tortishga o‘rgatgan, insonlar qalbida jamoa fikriga hurmat ruhini kuchaytirgan.
Jamoaviylik belgilari bugungi kunga qadar hayotimizda katta o‘rin egallab kelmoqda. Ayniqsa, mustaqillik yillarida mahalla tashkilotining qayta tiklanib, unga fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idorasi maqomi berilgani jamoaviylik bilan bog‘liq an’ana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning tumiush tarzi- mizdan yanada keng o‘rin olishida aloliida ahamiyat kasb etmoq- da. Masalan, hashar, to‘y-u tomoshalarni mahalla alili bilan bamaslahat o‘tkazish, Navro‘z bayrami kunlarida halim, sumalak kabi bahor taomlarini tayyorlash, turli o‘yin va tomoshalar uyushtirish, ko‘makka muhtoj, qarovcliisiz kishilaming holidan xabar olish, ularga beg‘araz yordam ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning axloqiy-ma’naviy tarbiyasiga, mahalladagi tozalik, obodoncliilikka e’tibor berish bilan bog‘liq qadriyatlarimiz shular jumlasidandir. Masalan, hashar haqiqiy jamoaviy melinatning, jamoa irodasining yorqin ko‘rinisliidir. Bu tadbir orqali ko‘pcliilikka birdek daxldor bo‘lgan ishlar amalga oshiriladi. Deylik, mahalla, qisliloq yoki shahar ko‘chalari tozalanadi, obod qilinadi, jamoat maskanlari — mahalla guzari, choyxona, do‘kon yoki oslixonalar tartibga keltiriladi. Hashar yo‘li bilan yordamga muhtoj insonlaming kam-u ko‘sti to‘g‘rilanadi, ularga moddiy va amaliy ko‘mak beriladi.
Jamoaviy hayot insonni yon-atrofdagi odamlarning dard-u quvonchlariga e’tiborsiz boimaslikka, boshqalar uchun kuyinib, faqat o‘zini emas, o‘zgalarni ham o‘ylab yashashga o‘rgatadi. Bu esa haqiqiy insonparvarlikdir.
Jamoaviylik va insonparvarlik o ‘zaro yaqin va mushtarak tushunchalardir. Mehr-oqibat, or-nomus, boshqalarning oldida 0‘zini tutish, shafqat, muruvvat, xayr-u saxovat, hamdardUk, hamkorlik kabi inson uchun eng zarur va noyob tuyg ‘u - tush unchalar aynan jamoaviy hayot asosida pay do bo‘ladi va rivojlanadi.
Bizda jamoaviylik an’analari kuclili bo‘lgani uchun biron-bir ishga qo‘l urishdan oldin ko‘pcliilikdan maslahat so‘raladi. Ko‘p- cliilik ma’qullagan ish albatta oxiriga yetkaziladi. Jamoaning hur- matini qozongan inson obro‘-e’tiborli inson hisoblanadi. Albatta, bu darajaga yetish oson emas. Buning uchun halol mehnat qilish, ko‘pcliilikning manfaati bilan shaxsiy manfaatni uyg‘unlashtirib yashash, boshqalarning ko‘ngliga qarab ish qilish talab etiladi. Inson tabiatan doimo kim bilandir muloqot qurib, fikr alma- shib, hamkorlik qilib yashashga moyil. Ingliz yozuvchisi Daniyel Defoning «Robinzon Kruzo» romani qaliramoni kimsasiz orolga tusliib qolganida ko‘nglini yoradigan, o‘tirib dardlashadigan biror- bir hamsuhbat yo‘qligidan qanchalik qiynalganini bir ko‘z oldin- gizga keltiring. Boyoqish, nima qilisliini bilmasdan, hayvonlar, o‘simliklar bilan «suhbat qurgani» odamzot hayotida jamoaning o‘mi naqadar beqiyos ekanidan dalolat beradi. O‘zaro ham fikr insonlaming ahil jamoa bo‘lib harakat qilishi kundalik hayotda ham, ishda, mehnatda ham katta yutuqlarga asos bo‘ladi. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, nufuzli sport muso- baqalarida qaysi jamoa jips va hamjihat bo‘lsa, yagona maqsad yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, o‘sha jamoa g‘o- lib bo‘ladi. Bunda, hech shubhasiz, har bir odamning o‘ziga xos qobiliyat va iste’dodi, jismoniy, ma’naviy imkoniyatlari borligini ham hisobga olish lozim. Har bir odam o‘zining shaxsiy, indivi¬dual xususiyatlarini, qiyofasini saqlab qolgan holda, ayni paytda jamoada o‘z o‘mini topishi va o‘ziga munosib vazifani bajarishi kerak. Shundagina bunday jamoa eng kuchli jamoa bo‘ladi.
Ijfar Indmduallik faqat bir insonga xos xususiyat va belgilar ifodasi bo‘lib, inson uchun bu ham eng zarur fazilatdir. Lekin indmduallik o'ziga bino qo‘yish, o'zini boshqalardan ustun deb bilish, faqat shaxsiy manfaatni o‘ylab yashashga aylanib ketadigan bo ‘Isa, insonning o ‘zi uchun ham, jamiyat uchun ham zararlidir.
Jamoaning noyob xususiyati shundaki, betakror, bir-biriga o‘xshamaydigan odamlami ulami qiziqtiradigan, shaxsiy man- faatlariga daxldor bo‘lgan maqsadlar asosida birlashtiradi, insonni kamtar, halol, boshqalarga hamdard bo‘lishga o‘rgatadi. Bunda, ayniqsa, yetakchilaming o‘mi beqiyos bo‘ladi. Ular jamoaning birgalikda harakat qilishi, irodasini namoyon etislii, umumiy kayfiyati va intilishini belgilab beradi. Yetakchi qanchalik kuchli, azm-u sliijoatli, qat’iyatli va irodali bo‘lsa, jamoa ham shunchalik kucili bo‘ladi.

Download 6,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish