Ijtimoiy-iqtisodiy belgilar – iste’molchilar segmentlarini ijtimoiy va professional mansublik, ma’lumotning umumiyligi hamda daromadlar darajasiga qarab ajratish (belgilash)ni ko‘zda tutadi. SHunday qilib, iqtisodiy faol va faol bo‘lmagan kishilarning turistik xulq-atvori (xatti-harakatlari)da katta farq mavjud.
Professional mansublik bo‘yicha segmentlash turistlarni mutaxassisliklarga bog‘liq holda ko‘plab segmentlarga belgilash (ajratish)ni ko‘zda to‘tadi. Bu professional tarzda ixtisoslashgan turizmni (masalan, bank xodimlari uchun, qishloq xo‘jaligi mehnatkashlari uchun, sanoatning turli xodimlari uchun turlar) tashkil etishda muhim o‘rin egallaydi.
Turistik xulq-atvorga (oila, oila boshlig‘i, oila biror a’zosining) daromadlar darajasining ahamiyati (kuchli) ta’sir etadi. Iste’molchilar daromadi darajalarining standart tasnifi mavjud emas. Biroq shuni ham inobatga olish lozimki, turistik talab borgan sayin o‘rtacha yoki nisbatan past darajadagi daromadlarning ham turizmga jalb etilib borishlari hisobiga kengayib borayapti, chunki muhitni o‘zgartirish, sayohat qilishga bog‘liq bo‘lgan ehtiyoj – eng asosiy ehtiyojlardan biriga aylanib bormoqda.
Psixografik segmentlash iste’molchilarni tavsiflashning butun bir majmuini birlashtiradi. Umuman olganda u "hayot tarzi" tushunchasi bilan aks ettiriladi. Bu shaxsning qiziqishlari, xatti-harakatlari, fikr-mulohazalari (dunyoqarashlari, g‘oyalari) boshqa insonlar bilan bo‘lgan munosabatlari va shu kabi modellarni aks ettiradi.
Xulq-atvor, xatti-harakat belgilari psixografik belgilar bilan bog‘langan bo‘lib, ko‘pgina hollarda mazkur belgilar asosida kelib chiqadi. Bunday belgilardan foydalanish asosida iste’molchilarning turli xatti-harakatlari: safar motivlari, ko‘zlayotgan manfaatlar, firmaga nisbatan bog‘lanib qolganlik, turistik mahsulotni xarid etishga tayyorligi, xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan sezgirlik, mavsumiylik, sayohat shakli, foydalaniladigan transport vositalari, sayohatning davomiyligi va shu kabi turli jihatlarni hisobga olish yotadi.
Eng keng tarqalgan turistik bozor mijozlarini undovchi motivlarga sayohat mahsulotlari va tavsiflanishi bo‘yicha segmentlash kiradi. Turizm turlari ham sayohat mahsulotlariga qarab tavsiflanadi. SHunday jihat turistik tashkilot sayohatlarning quyidagi asosiy maqsadlarini aniqlagan:
bo‘sh vaqt, rekreatsiya va dam olish;
tanish va qarindoshlarni ziyorat qilish;
biznes va mutaxassislik maqsadlariga oid;
davolanish;
diniy ziyorat va boshqalar.
Turizm yaqqol namoyon bo‘luvchi mavsumiy tavsifga ega. Bu turistik oqimlarni asosiy mavsum, mavsumlar oralig‘i, oylar va fasllar bo‘yicha tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
"Sayohatning davomiyligi" belgisi bo‘yicha segmentlash turistik korxonalar uchun katta ahamiyatga ega. Jumladan, qisqa turlarni amalga oshiruvchi turistlar katta xarajatlar qilishga tayyor bo‘ladilar va tezkor sayohat dasturlarini talab qiladilar. Bunday segmentlashga yondashuvlar katta farqlarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, shveysariyalik tadqiqotchilar segmentni ikkiga ajratadilar:
- uzoq (5 kundan ortiq) va qisqa turlar. Jahon turistik tashkiloti ekspertlari turistlarning sayohat qilish muddatlari bo‘yicha quyidagi segmentlarga ajratishni maslahat beradilar: 1-3 kun;
- 4-7 kun;
-8-28 kun;
- 29-31 kun
- 32-91 kun;
- 92-365 kun.
Segmentlashning yagona belgilari barcha narsani qamrab oluvchi bo‘lib, ular keng va to‘liq emas. Turistik bozorning segmentlanishi cheksizlikka intilish tendensiyasiga ega. Bu mijoz ehtiyojlari tarkibining murakkablashishi hamda dam olish va turizmning jamiyat hayotida o‘sib borayotgan ahamiyati kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ko‘rib chiqilgan belgilar dastlabki boshlang‘ich segmentlash uchun asos yaratib beradi. Marketingning vazifasi shundan iborat: aniq bir korxonaga segmentlashning shunday kombinatsiyasini tanlab berish lozimki, bu kombinatsiya bozorning segmenti firmaning maqsadi va imkoniyatlariga maksimal darajada mos kelishi lozim.
Bunda turistik bozor segmentlarining kombinatsiyalangan parametrlarini shakllantirish hamda turli belgilarning yig‘indisidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |