Turistlarning ko‘rgazma ob’ektlariga tashrifi
Turistik ko‘rgazma ob’ekti tuzulmasi xalq ijodi, xalqlar tarixi va madaniyati ob’ektlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. BTT tavsiyasiga ko‘ra barcha turistik kurgazma ob’ektlari quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
1. Asrlar davomida turli xududlarda quriladigan va xalqning boyligi sifatida davlat tomonidan muxofaza qilinadigan tarixiy va arxiologik ob’ektlar. O‘zbekistonda ularning soni 7 mingdan oshik va tarixiy ob’ektlarning o‘zi 2,5 mingtani tashkil etadi.
Xalqning tarixi va madaniyati bo‘yicha kurgazma va muzeylar yoki xalq xo‘jaligi tarmoqlari yutuklari kurgazmalari. Ular o‘zbekistonda turli xil tarixiy va madaniy yo‘nalishlari bo‘yicha 100 dan ortiq.
O‘z ichiga tur bazalar, pansionatlar, dam olish maskanlari va boshqalar shu guruxgakiruvchi profilaktoriylar, kurortlar, davolash ob’ektlarini oluvchi kurgazma ob’ektlari. Ular O‘zbekiston xududida 300 dan ortiq.
4.Turistlarga ko‘rsatiladigan sanoat ob’ektlari. Bular yirik sanoat, zavod va fabrikalari.
5.Xalq ijodi ob’ektlari – bular metall, oltin, chinni buyumlar ishlab chikaruvchi xususiy tashkilotlar. Faqatgina Farg‘ona vodiysida xalq ijodiy buyumlarini ishlab chikaruvchilar soni 2,5 mingdan ortiqni tashkil qiladi.
6.Tabiat –o‘rmon, tog‘ landshaftlari, milliy parklar, tog‘ yon bag‘irlari, daryo o‘zanlari va boshqa diqqatga sazovor joylar. Ba’zi bir davlatlarda dengiz turistlardan keluvchi valyuta tushumining asosiy vositasidir.
7.Temir yo‘llar shaharlar bo‘ylab, turistlarning ekskursiyasi, dam olishi va ovqatlanishining optimal uyg‘unlashuvidir.
Aksariyat kishi mamlakat bo‘ylab, shaharlararo ekskursiya marshrutlari uchun temir yo‘l xizmatlaridan foydalanadilar.
Turistlarning ko‘rgazma ob’ektlari talabi bo‘yicha hisoblar natijalari tarkibi bilan xarakterlanadi. Ularning Angliyaning Uels shtati bilan taqqoslasa bo‘ladi.
3-jadval.
CHet elliklar uchun turistik ko‘rgazma ob’ektlari, % da
№
|
Ob’ektlarning turi
|
Uels Angliya
|
O‘zbekiston
|
1.1.
|
Tarixiy ob’ektlar
|
27,0
|
33,0
|
22.
|
Muzeylar va ko‘rgazmalar
|
37,0
|
14,0
|
33.
|
Qishloq ob’ektlari
|
15,0
|
18,0
|
44.
|
Dam olish ob’ektlari
|
3,0
|
11,0
|
55.
|
Sanoat ob’ektlari
|
2,0
|
1,0
|
66.
|
Xalq ijodi ob’ektlari
|
5,0
|
18,0
|
77.
|
Tabiatga boqish
|
4,0
|
3,5
|
88.
|
Temir yo‘l
|
8,0
|
1,5
|
|
JAMI:
|
100,0
|
100,0
|
Angliyadagi turli xil muzeylar keluvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Turistlarning 37,0% muzey va ko‘rgazmalarga tashrif buyurishadi. Deyarli turistlarning 3 dan 1 qismi Angliyadagi tarixiy ob’ektlarini ziyorat qilishadi. O‘zbekistonda esa 33,0%. O‘zbekistonda ko‘pchilik turistlar tarixiy ob’ektlar va xalq amaliy san’ati ob’ektlari (18,0%) ga tashrif buyurishadi. Bular gilam, chinni – sopol korxonalari. O‘zbekistonda turistlarni jalb qiluvchi istiqboli yo‘nalishlari quyidagilar:
- O‘zbekistonning yirik shaharlardagi tarixiy va arxitektura ob’ektlari 2,5 mingdan ortiq.
- Turistlarni jalb qiluvchi manbai sifatida xalq amaliy san’ati ob’ektlariga tashrif 2-o‘rinda turadi.
- Respublika aholisining 60% dan ortig‘i qishloq joylarida yashaydi va haqiqiy arxitekturaga ega.
- Turistlarni jalb qilish maqsadidagi rivojlantirish kuchiga ega bo‘lgan muzey va ko‘rgazmalar (14,0%).
- Respublikada turistlarning tashrifini kuchaytiruvchi omillardan biri dam olish infratuzilmalari hisoblanadi.
Ko‘rgazma ob’ektlari talabi oshmoqda natijada ularning mavqei ko‘tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |