O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCh DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________dos. S.U.Xodjaniyazov
___________________________
«____» _________ 2021 y.
MILLIY TURIZM MAHSULOTLARI VA BRENDLARI
FANINING
O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi:
|
600000
|
Xizmatlar sohasi
|
Ta’lim sohasi:
|
610000
|
Xizmat ko‘rsatish sohasi
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5610300
|
Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
|
|
|
|
Urganch – 2021
Fanning o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti tomonidan ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: o‘q.B.Ro‘zmetov
Taqrizchi:
Turizm va mehmonxona xo‘jaligini boshqarish
kafedrasi mudiri: dos. Xudayberganov D.
Kadrlar iste’molchisi:
Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish
departamenti direktori v.b.: Shamuratov J.
Fanning o‘quv dasturi Urganch davlat universiteti kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2021 yil “__”_________ dagi “__” -sonli bayonnoma).
KIRISH
Hozirgi vaqtda turizm rivojining asosiy yo‘nalishi bo‘lib, ular turistik mahsulot tayyorlash, ya’ni uni xalqaro bozorlarga yo‘naltirish, realizatsiya qilish va ularni jahon standartlariga moslashtirish hisoblanadi. Milliy turistik tashkilotlar tomonidan taklif qilinayotgan turistik mahsulot o‘lkaning turistik resurslari asosida yaratiladi va asosan madaniy, tabiat va tarixiy qiymatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning xozirgi turistik mahsuloti xalqaro bozorda yagona “Buyuk ipak yo‘li” nomi bilan taklif etiladi. Ammo, ushbu turistik mahsulot har bir hududlarning turistik imkoniyatlarni ko‘rsatib bera olmaydi hamda faqat tor iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi.
Turistik mahsulot turoperatorlar tomonidan yaratiladi va imkoniyatga bog‘liq bo‘ladi. Xususan, ichki va xalqaro turizmni rivojlanishi, uni kelajakdagi istiqbollari bevosita milliy turmahsulotlarni yaratishga bog‘liq. Turizmni tashkil etishda turoperatorning ahamiyati juda katta bo‘lib, bu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash g‘oyat muhim masala bo‘lib turibdi. Shu bois turizm sohasidagi har bir mutaxassis “Milliy turizm mahsulotlari va brendlari” fanini o‘zlashtirishi lozim.
Mazkur fan yaqin istiqboldagi eng muhim vazifa hisoblangan iste’mol talabini kengaytirish maqsadida ijtimoiy sohani rivojlantirish, mehnatga haq to‘lashni yanada oshirish, xizmat ko‘rsatish sektori, infratuzilma ob’ektlarini rivojlantirish, transport va kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e’tibor berishdan iborat. Shunga asosan, keltirilgan ma’lumotlar, qoidalar va xulosalarni puxta o‘zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni o‘rganish oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |