Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif
Reja
Milliy turizm mahsulotiga talabning shakllanishi.
Jamiyatning yosh va ijtimoiy tarkibi. Oila tarkibi. Jamiyat qatlamining foydasi.
Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab.
Milliy turizmda kishilarga xizmat ko‘rsatish. Milliy turizm takliflarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan boshqarilishi.
Milliy turizm industriyasi va uning rivojlanish jarayoni. Tashkil etiladigan ommaviy turizm va unga qo‘shimcha milliy turizm mahsulotlarining rivojlanishi.
Mehnat qonunlarining mukammallashuvi.
1980 yillarning II yarmi Mamlakatimizning iqtisоdiy оliy o`quv muassasalarida markеting kursi o`qitila bоshladi. 1990 yillarning охirlarida Mamlakatimizda markеting bo`yicha хоrijiy adabiyotlar tarjima qilingan hоlda va O`zbеkistоnlik mualliflar tоmоnidan ko`plab chоp etilmоqda edi. Mustaqillikdan keyin marketing bo’yicha ko’p izlanishlar olib borildi. Kollej va oliy o’quv yurtlarda maxsus fan sifatida o’qitilyapdi.
2000- yildan boshlab respublikamiz turizm sohasi yuqori sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Turizm sohasidan olinayotgan daromadlar yiliga 30% va undan ko‘p miqdorda o‘sdi. Turistlarni jalb qilishda turistik firma va tashkilotlarda muommalar mavjud, marketing tadqiqotlariga qaraganda ular internet marketing oniule shartnomalarda muommoga duch kelmoqda.
O‘zbekistonga 2004- yilda tashrif buyurgan turistlar oqimi Sharqiy Osiyo, Tinch Okeani mintaqasidan va Yevropadan kelishgan. Butunjahon Turistik Tashkiloti (BTT) tomonidan o‘rnatilgan tasnif bo‘yicha, barcha MDH mamlakatlari Yevropa mintaqasiga kiradi. Shuning uchun O‘zbekistonga qo‘shni hamdo‘stlik mamlakatlaridan keluvchi turistlar ham Yevropa mamlakatlaridan kelgan hisoblanadi.
2004- yilda jami keluvchi turistlarning soniga nisbatan dam olish va sog‘lomlashtirish maqsadida kelganlar 13,1% ni, tadbirqorlik va kasbiy maqsadlarda kelganlar 21,9% ni, boshqa va shaxsiy maqsadlarda keluvchilar soni 65% ni tashkil etdi.
O‘zbekistonda 2005- yil holatiga doir ma’lumotlarga qaraganda, jami turistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning soni 351 tani tashkil etgan. Shundan 290 tasi xususiy turistik firmalar bo‘lib (83%), ularning xizmat ko‘rsatish sohasidagi ulushi 90% ni tashkil etgan.
Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda Xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid – tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsiatsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishiga yordam beradi.
Butunjahon Turistik Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, har yili turistlar sonining 7% ga o‘sishini hisobga olganda, 2010- yilda sayyohlar soni bir milliardga yetishi belgilangan edi. Ammo 2008- yilda boshlangan jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli rivojlangan xorijiy mamlakatlarda keyingi yillar mobaynida turistlar sonining kamayishi kuzatilmoqda. Shunday bo‘lishiga qaramasdan O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlik va taraqqiyotning o‘zbek modeli afzalligi tufayli hozirgi paytda xizmat ko‘rsatilgan turistlar soni ham o‘sib bormoqda. O‘zbekistonda turizm sohasining 2001–2010- yillar davomidagi rivojlanish dinamikasini «O‘zbekturizm» MKning ma’lumotlari ko‘rsatib turibdi
Do'stlaringiz bilan baham: |