Milliy toʻlov tizimiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar
Zamonaviy yangi texnologiyalarni jalb etish
Rivojlangan davlatlar to’lov tizimi andozalaridan nusxalar olish
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish
Aholi orasida to’lov madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish
To’lov tizimidagi turli xavf – xatarlarning oldini olish
To’lov xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish
Milliy to’lov tizmining samarasiga quyidagi omillar ta’sir o’tkazadi:
Zamonaviy yangi texnologiyalarni jalb etish
Bugungi globallashayotgan zamonda har bir sohaga raqamli texnologiyalar kirib kelmoqda. Xususan milliy to’lov tizimini samarasini oshirish uchun ham ushbu texnologiyalardan keng foydalanmoq kerak. Hozirda dunyoning ko’pgina davlatlarida ushbu texnologiyadan foydalanilmoqda. So’nggi yillarda qator islohotlar natijasida o’zimizda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko’rsatkichi oshib bormoqda. Bu esa, albatta, o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi.
Albatta, ushbu amaliyot ham kata samara keltiradi. Chunki, bu to’lov tizimi amaliyotda sinalgan va muvaffaqiyat keltirgan hisoblanadi. Ammo yuz foiz ko’cherish kera emas. Chunki har bir ishning kamchiliklar bo’ladi. Biz esa o’sha kamchiliklaridan holi bo’lgan qismini o’zlashtirishimiz kerak deb hisoblayman.
Naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirish
Bizga maʼlumki pul koʻrinish jihatdan koʻplab oʻzgarishlarni boshidan kechirgan. Bu esa deyarli barcha hollarda ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Avvalo qulaylik yaratgan. Shunday ekan hozirgi kunda ham naqd pullar oʻrnini naqdsiz pullar egallayapti. Bu esa yaxshi holat albatta.
Mamlakatimizdaham naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish uchunbri qator islohotlar oʻtkazilmoqda, qaror va farmoyishlar chiqarilmoqda.
Mamlakatimizda olib borilayotgan toʻlov islohotlarini oddiy aholi orasida tashviqot ishlarini amalga oshirish kerak. Chunki aholimiz orasida bu islohotlarni yetarlicha qabul qila olmaydigan qatlam ham yetralicha topiladi. Misol uchun hali ham chekka-chekka tumanlarda plastik kartochkadan foydalanish amaliyoti yoʻq. Bu esa albatta yaxshi holat emas.
Toʻlov tizimidagi turli xavf-xatarlarning oldini olish
Hzoirda texnologiyalar rivojlangani sari undan notoʻgʻri ishlarda foydalanuvchilar ham koʻpayib ketmoqda. Kiber jinoyatlar, turli firibgarlar koʻpaygan bir zamonda toʻlov tizimida bu kabilarga qarshi choralarishlab chiqilishi kerak.
Raqobat bor joyda rivojlanish boʻladi degandek, toʻlov hizmatlarida ham raqobat boʻlsa toʻlov tizimlari rivojiga oʻz Samarasini qoʻshadi.