Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari



Download 23 Kb.
Sana17.07.2022
Hajmi23 Kb.
#815489
Bog'liq
bilet-19


Millatning rivojlanishida milliy g„oya beqiyos ahamiyatga ega. Shu boisdan, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g„oya asosida yoshlarning ongi, qalbi va ichki dunyosiga milliy g„oyani innovatsion texnologiyalar asosida singdirish, ularni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni yanada shakllantirish – o„ta sharafli vazifaga aylanmog„i lozim. Shundagina biz istiqbolda ma‟naviy barkamol insonni, sog„lom avlodni tarbiyalashga erishamiz. Jamiyatimizning ustuvor vazifalaridan biri ham barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, ma‟naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar.O‘quvchi-talabalar qalbi va ongiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni shu asosda tashkil etish bugungi dolzarb vazifadir. Chunki chetdan bo‘layotgan yot mafkuraviy tajovuzlar natijasida ba'zi yoshlar ongi va tafakkurida cheklanishlar, zararli ta'sirlar sezilmoqda, boqibeg‘amlik, loqaydlik alomatlari paydo bo‘lib, ularning boshqa oqimlarga og‘ib ketish holatlari ham uchramoqda. Bularning barchasi ayrim yoshlar qalbida mustahkam e'tiqod, ongida yuksak dunyoqarash shakllanmaganligi sababli sodir bo‘lmoqda. Bunday noxush holatlarning oldini olish, yoshlarni ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish ishiga safarbar etish uchun ularning qalbi va ongiga milliy g‘oya va mafkurani singdirishda ma'naviy-ma'rifiy ish usullaridan keng foydalanishni talab etmoqda.Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda o‘quvchi-talabalarda mustaqil fikrlay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan bahs, munozaralarga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiq. Mavzularni iloji boricha hayot bilan bog‘lab tashkil qilish yaxshi samara beradi.Yoshlarni milliy g‘oya va mafkura ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda Konstitutsiya va qonunlar targ‘ibotini amalga oshirish usullaridan keng foydalanish zarur.
2 Insoniyat ijtimoiy taraqqiyoti uzoq davom etgan tarixiy jarayon bo’lib, unda kishilarning erishgan moddiy va madaniy merosi o’z aksini topgan. Tarixiy taraqqiyot jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, g’oyaviy-mafkuraviy rivojlanishi bilan uzviy bog’liq holda yuz beradi.Har bir davlat va jamiyat qurilishi bir-biridan shakl va mazmun jihatdan farq qilib, bu ularning rivojlanish xususiyatlaridagi o’ziga xoslikni belgilaydi. Ayni paytda, dunyodagi barcha davlatlar va jamiyatlarning paydo bo’lishi va rivojlanishida umumiylik ham mavjud bo’ladi. Bunday umumiylik real ijtimoiy asoslarga ega bo’lib, u insoniyatning umumiy manfaat va maqsadlarini ifoda qiluvchi g’oyalarda yaqqol ko’rinadi. Xususan, ijtimoiy - tarixiy taraqqiyotdagi umumiylik, mutanosiblik tamoyillari insoniyatni birlashtirish, uyushtirish, jipslashtirish, yagona ezgu maqsadga safarbar etish jarayonida namoyon bo’ladi. SHunday qilib, har bir davlat va jamiyat rivojlanishida umumiylik, mutanosiblik bilan birga o’ziga xoslik ham bor. Bunday o’ziga xoslikning yuzaga kelishiga o’sha davrdagi siyosiy tuzum, iqtisodiy hayot, madaniy turmush, g’oyaviy-mafkuraviy muhit ta’sir ko’rsatadi. «Sodda qilib aytganda, - degan edi Prezident I.Karimov, - muayyan davlat va jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi hayotning o’zi o’rtaga qo’yayotgan shart va talablarning hisobga olinishini taqozo etadi.Har qanday mafkura, milliy g’oya tarixiy, madaniy ma’naviy meros, tarixiy xotira asosida shakllantiriladi va ularga suyanadi. «Milliy g’oya oldiga qo’yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo’lsak, avvalo, uning ikki suyangan togi-tayanchi xakida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruxiyatiga, bir suz bilan aytganada, milliy kadriyatlarimiz, xalkimizninig dunyokarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan ozuqlangan, ularni o’ziga qamrab olgan tarzda YUrt tinchligi, Vatan ravnaki, Xalk manfaatlari va farovonligi yo’lida xizmat qilmog’i darkor»[1].
3 Yurt tinchligi g’oyasi. Tinchlik tushunchasi nihoyatda kеng va boy ma'no-mazmunga ega va uni yoritish uchun bitta risola yozilsa ham kamlik qilishi mumkin. Biz bu tushunchaning tom ma'nosi ustida emas, balki milliy g’oyaning tarkibiga kirgan bir muhim g’oya sifatida fikr yuritamiz.Har qanday jamiyatda tinchlik tabiiy holda, o’z-o’zidan mavjud bo’lmaydi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, har bir mamlakatning o’zida va uning tashqarisida doimo jamiyatning tinchligini buzishi mumkin bo’lgan kuchlar mavjud bo’ladi. Shuning uchun ham jamiyat a'zolari tinch va osuda hayot kеchirishi uchun tinimsiz kurashishi va shu bilan birga davlatda tеgishli huquqiy qonunlar qabul qilinishi zarur. Hozir O’zbеkistonda mustahkam tinchlik qaror topishi uchun zarur bo’lgan barcha qonunlar kеtma-kеt qabul qilinmoqda. Xususan, 1992 yilda qabul qilingan va 2011 yilda tuzatishlar kiritilgan Konstitutsiyamizning butun mazmun-mohiyati jamiyatimizda mustahkam tinchlik va osoyishtalik qaror topishiga qaratilgan. Masalan, Konstitutsiyamizning “Muqaddimasida” O’zbеkiston xalqi nomidan “...fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida” mazkur Konstitutsiya qabul qilindi, dеb yozib qo’yilgan. Umuman olganda, jamiyatning tinchligi ko’pdan-ko’p omillar va shart-sharoitlarga bog’liq bo’ladi. Shu asos va omillar e'tiborga olingan holda Konstitutsiyamizning ayrim moddalarida qo’yidagi huquqiy qonunlar bayon etilgan, ya'ni “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega” (25-modda), “Fuqarolar ...boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar” (48-modda), “Urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi, xalqning sog’ligi va ma'naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdеk harbiylashtirilgan birlashmalarning tuzilishi va faoliyati ta'qiqlanadi” (57-modda), “Har kim o’z sha'ni va obro’siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanishi va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega” (27-modda) va boshqalar1.
Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish