Milliy ruh – buyuk mezon


Oy fonusin koʻtardi osmon



Download 18,83 Kb.
bet2/5
Sana28.12.2022
Hajmi18,83 Kb.
#896709
1   2   3   4   5
Bog'liq
milliy ruh buyuk mezon

Oy fonusin koʻtardi osmon,
Yulduzchalar boʻldi parvona.
Oyni qorongʻi tunda yongan fonusga va yulduzlarni uning atrofida aylangan parvonalarga qiyoslash – milliy ruhga yoʻgʻrilgan bu ohorli tashbeh Erkin Vohidovgacha boshqa biror shoir asarlarida uchramagani bilan qimmatli. Shoir ijodidan bunday misollarni koʻplab keltirish mumkin.
“Uchi tuguk dastroʻmol” – sarlavhaga olib chiqilgan bu poetik timsol oʻzbek xarakteri, oʻzbek ruhiyatini taʼsirchan va yorqin ifodalagani bilan alohida ajralib turadi. Muhimi, shoir bu kichik timsol vositasida yirik badiiy umumlashmalar chiqaradi. Uningcha, gʻunchalar – olamga sep yozgan bahorning bayramga yasanishni unutmaslik uchun roʻmolchasiga solgan tuguni. Inson miyasi – oʻn toʻrt milliard uchi tugik dastroʻmol. Odamzod koʻkragidagi betinch qalb bamisoli umr mohiyatini eslatib turuvchi roʻmolcha tuguni.
Shoir chiqargan badiiy xulosa oʻquvchini inson hayotining asl mohiyati haqida chuqurroq mushohada yuritishga undaydi:
Oʻyla, doʻstim, kelmay turib oʻsha dam,
Isrof qilma yosh yurakning kuchini.
Mana bu gap hech chiqmasin yodingdan,
Tugib qoʻygin roʻmolchaning uchini.
Erkin Vohidov koʻp mamlakatlarda xizmat safarlarida boʻlgan. Qayerga bormasin, shoir qalbini Vatan va millat muhabbati, bir nafas boʻlsin, tark etmagani rost. “Ararat choʻqqisiga” sheʼrida moviy samoga tutashgan, tong eng avval otib, quyosh eng keyin tark etadigan bu zamin haqida yozar ekan, dengizdan naridagi – oq dalalari harir koʻylak kiygan, Amu, Sir atalgan daryolari bor oʻz ona diyori, sevikli yori haqida oʻy suradi. Arman qizi Azganushni vasf etar ekan, togʻlar ortidagi ona yurtini bir lahza boʻlsin unutmaydi. Bokuda Fuzuliy haykali qoshida turar ekan, sheʼrsevar xalqini yod etadi. Kanada safarida yurar ekan, soat milini hamma sursa ham, shoir oʻzgartirmaydi: “Yer sharining ters tomonida ham Toshkent vaqti bilan yashaydi”. Bular hammasi millat ruhi, oʻzi mansub ona xalqi yodi shoir bilan bir umr hamnafas, hamqadam boʻlganini koʻrsatadi.
Ikkinchidan, milliy qadriyatlar talqini sheʼriyatda milliy ruh ifodasining eng muhim shartlaridan. Millat mavjudligi va milliy ruh asosi boʻlgan ona tiliga muhabbat gʻoyasi Erkin Vohidov sheʼriyatida oʻziga xos talqin etilgan. “Ona tilim oʻlmaydi” (1976) sheʼrida shoʻrolarning milliy tillar yoʻqolib, faqat bir til qolishi haqidagi safsatasiga javoban Navoiy, Pushkin, Dante, Shiller, Bayron, Firdavsiy, Balzak, Tagor, Xayyom, Beranje, Lorka va Fuzuliy kabi buyuk mutafakkirlar tilidan mana bunday badiiy hukm chiqaradi:

Download 18,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish