Nazorat savollari:
1. Tektonika tushunchasi nimani anglatadi?
2. Shakl tektonikasiga nima ta’sir etadi?
3. Notektoniklik paydo bo’lishiga nima sabab bo’ladi?
4. Shakl tarkibi va uning elementlari qanday?
5. Qanday xususiyatlar shaklni tavsiflaydi?
6. Shaklning hajmdorlik darajasi, katta-kichikligi, vazni nimalarga bog’liq?
7. Siluetni nima ifodalaydi?
8. Chiziqlar buyum shaklida qanday funksiyani bajaradi?
LABORATORIYA ISHI
Mavzu: Kompozitsion xususiyatlarini qo’llab yangi model eskizlarini ishlab chiqish.
Laboratoriya ishining maqsadi: Kompozitsion xususiyatlarini qo’llab yangi model eskizlarini ishlab chiqishni o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar: Plastik xususiyatli materiallar, turli qalamlar, A4 formatda list, chizg‘ich, lekalo, o‘chirgich, kompyuter, proektor.
Topshiriq
Kompozitsion xususiyatlarini qo’llab eskiz namunalarini ishlab chiqish.
Turli xil model eskizlarini yaratish.
Turli xil uslublarga xos bo’lgan model eskizlarini ishlab chiqish.
Uyda: Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tayyorlang.
Asosiy ma’lumotlar
Kompozitsion markaz qanday quriladi? Inson ko‘zi faqat mo‘ayyan radiusda ko‘radi. Rasmni ko‘zning anatomik tuzilishiga mos qurish lozim. Axir u o‘sha apparatning yordamida ko‘rib chiqiladi, shu sababli uning kompozitsiyasining tuzilishi, albatta, shu qonunlarga bo‘ysunishi kerak. Agar kompozitsiyaning markaziy joyini judayam chetga sursangiz, unda rasmda g‘oyaviy ma’no ahamiyatini kamaytiruvchi oqlanmagan bo‘sh fazo hosil bo‘lishi
mumkin.
Kompozitsiya markazi ortiqcha, aytaylik, chapga siljitilgan bo‘lsa, shunday taassurot paydo bo‘ladiki, rasmning romidan tashqarida chapda ham harakat davom etishi kerak, o‘ng tomon esa – egallanmagan bo‘shliq kompozitsiyasini «suyuqlashtiradi», tomoshabin e’tiborini rasm asosiy fikridan chalg‘itadi. Bunday tuzilishda rassom rasmning tasviriy tekisligidan noto‘g‘ri foydalanadi. Ayni paytda kompozitsiyada g‘oyaviy fikr aynan geometrik markazda juda kamdan kam olinadi. Gap kompozitsiya chizig‘i haqida ketyabdi. Markaz bo‘ylab bunday geometrik muvozanat hayotning bevosita qabul qilinishidagi taassurotlarga zid keladi.
Kompozitsiya markazi bir oz chetga surilishi mumkin, lekin holstning qolgan bo‘sh joyini keraksiz material yoki bo‘sh, hech narsa bilan oqlanmaydigan bo‘shliqqa berish uchun emas. Bunda muvozanat qonunlari, holstning kompozitsiya bilan to‘ldirilganlik hissini ko‘zda tutish lozim. Hech narsani olib tashlash mumkin bo‘lmagan va qo‘shish ham kerak bo‘lmagan kompozitsiya eng qimmatlidir. Buni qonunlashtirmoqchi emasman, biroq rassomda har vaqt kompozitsiya muvozanati va to‘yinganligi hissi bo‘ladi.
Kompozitsion – tashkiliy shakl, albatta boshqa qismlar bo‘ysunadigan o‘z asosiy qism yoki kompozitsion markaziga ega bo‘ladi. Asosiy qism – kompozitsiyaning dominanti bo‘lib, bu qismda elementlar o‘zaro aloqalarining yigiladi. Kompozitsion markaz bo‘lib, shaklning ixtiyoriy elementi yoki maydon bo‘lishi mumkin.
Kostyumda kompozitsion markaz bo‘lib, sumka yoki poyabzal ham bo‘lishi mumkin. Bunda erkaklar kostyumida shim ostki kirkimi va tufli o‘rtasidagi, ayollar kostyumida elka yoki belda turadigan kiyim va etik ustki qirqimi o‘rtasidagi nisbatlar kabi kompozitsiya maydonlarining butun echimini aytib o‘tish joizdir. Erkaklar kostyumida shimlarning poyafzal ustiga tushirib kiyish urf bo‘lishi – ularning poyafzal bilan aniq o‘zaro kompozitsion aloqasi yuzaga keltirdi.
Kompozitsion markaz gavdaning istalgan qismida bo‘lishi mumkin. Masalan, u yuzga yaqin joyda, belda, ko‘krakda, bo‘ksada, oyoq yaqinida, oldinda yoki orqada joylashgan bo‘ladi. Shakl elementlarining o‘zaro tengsizlikni belgilaydigan kompozitsion markazning boshqa qismlardan ustunligini ta’kidlab beradigan xususiyatlarning qonuniyatlari asosida
Miqdor qonuni - bir turli bezakning katta-kichikligi, hajmi, massasi yoki miqdori kattaroq bo‘lgan boshqa qismlaridan ustunrok kelishidir.
Markazda bo‘lish qonuni – bo‘rttirib ko‘rsatiladigan qismning nisbatan markaziy joyda bo‘lishi va boshqa hamma jixatlari teng bo‘lgan holda, shu qismni asosiy kompozitsion markaz qilib ko‘rsatishidir.
Sifat qonuni - xususiyati yoki bir guruh xususiyatlari jixatidan ko‘proq bo‘lgan qism ustun bo‘lib turishidir. Rasmiy xarakterda bo‘lgan har kanday turli bezaklarning har xil aktivligidan va sifatidan foydalanish asosiy qismni bir butundan ajratib ko‘rsatish usullaridan biri bo‘ladi.
Ma’no omili qonuni - bir butunning ma’nosi bor bezakli qismi rasmiy xarakterdagi bezakli qismlardan ustun turishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |