Bu haqda gapirganda, avvalambor mustaqillikning dastlabki yillarida yurtimizda qanday og’ir vaziyat hukm surganini yodda tutish va tasavvur etishga to‘g’ri keladi. Ma’lumki, sobiq sovet tizimi qat’iy markazlashtirilgan holda rejalashtirish va taqsimlash usuliga asoslangan edi. Ana shu tizimga xos bo‘lgan illatlar bilan bir qatorda respublikamiz iqtisodiyotining biryoqlama rivojlanib, xomashyo tayyorlashga yo‘naltirilgani, iqtisodiyotga, ekologiya va aholi genofondiga halokatli ta’sir o‘tkazadigan paxta yakkahokimligining misli ko‘rilmagan darajaga yetgani o‘sha paytda yurtimizdagi vaziyatni jar yoqasiga olib kelib qo‘ygan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |