Ana shunday huquqiy poydevor asosida mamlakatimizda tub ma’muriy islohotlar amalga oshirildi, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tarkibiy tuzilishi modernizatsiya qilindi va yangilandi, joylarda hokimlik instituti joriy etilib, mahalliy hokimiyat organlari qayta tashkil qilindi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi – mahalla instituti rivojlandi va mustahkamlandi. Yana bir tarixiy yutug’imiz – diyorimizda bozor iqtisodiyoti asoslari yaratilib, yangicha iqtisodiy munosabatlar mexanizmlari joriy etildi, tegishli infratuzilma institutlari tashkil etildi, bugungi talablarga javob beradigan mutlaqo yangi moliya va ikki bosqichli zamonaviy bank tizimlari shakllantirilib, iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida chuqur islohotlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |