Shu bilan birga, mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish davri – 2001 yildan bugungi kungacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan navbatdagi bosqich esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil isloh qilish, aholi hayot darajasining muttasil o‘sib borishini ta’minlash borasida yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Bu xususda so‘z borganda, mustaqillik yillarida erishilgan barcha yutuq va marralar – avvalambor, mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o‘ylangan, uzoq istiqbolga mo‘ljallangan siyosatning natijasi ekaniga takror-takror ishonch hosil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |